Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi
Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kreml saytida Vladimir Putinning maqolasi joylashtirilgan. Muallif unda Ikkinchi jahon urushi va 75-yil muqaddam fashizmga qarshi kurash olib borgan sovet xalqi ko‘rsatgan mardonavorlikka nisbatan ehtirom ila munosabatda bo‘lish ahamiyati haqida fikr yuritadi

Ulug‘ Vatan urushi yakun topganiga 75-yil to‘ldi. Bu yillar oralig‘ida bir necha avlod ulg‘aydi. Sayyoraning siyosiy xaritasi o‘zgardi. Natsizm ustidan buyuk, qaqshatgich g‘alaba qozongan va butun dunyoni qutqargan Sovet Ittifoqi yo‘q. Qolaversa, o‘sha urush voqealarining o‘zi hatto uning ishtirokchilari uchun ham uzoq o‘tmish. Lekin Rossiyada 9-may nega asosiy bayram sifatida nishonlanadi-yu, 22-iyun kuni hayot go‘yo to‘xtab qoladi va tomoqqa nimadir qadalgandek bo‘ladi?

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

Urush har bir oila tarixida chuqur iz qoldirgan, deb aytish an’anaga aylanib qolgan. Bu so‘zlar ortida - millionlab insonlarning taqdiri, ular chekkan uqubat va yo‘qotishlar alami yotadi. G‘urur, haqiqat va xotira.

Mening ota-onam uchun urush – bu ikki yashar akam Vitani o‘ldirgan Leningrad blokadasining qo‘rqinchli azoblaridir. U yerda onam mo‘’jiza tufayligina jon saqlab qolganlar. Otam urushga bormaslik huquqi - "bron"ga ega bo‘lsalar-da, ona shahrini himoyalash uchun ko‘ngillilar safida jangga ketganlar - u kishi millionlab sovet fuqarolari singari yo‘l tutganlar. "Neva patachogi" plasdarmida jang qilib, og‘ir jarohatlanganlar. Yillar olislab borgani sari ota-onam bilan ularning harbiy davrdagi hayoti ikir-chikirlari haqida batafsilroq suhbat qurish va ma’lumotga ega bo‘lishga ehtiyoj ortib borardi. Lekin endi savollarimni ularga bera olmayman, shu bois, bu mavzuda otam va onam bilan qurgan suhbatlarimni, ularning deyarli bildirmagan hissiyotlarini avaylab yuragim tubida asrab kelaman.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani o‘zgartirdi

Men va tengdoshlarim uchun farzandlarimiz, nevaralarimiz, evaralarimiz ularning ajdodlari qanday sinov va uqubatlardan o‘tganliklarini anglashlari muhim. Ular qanday qilib bunga bardosh bera oldilar va g‘alaba qozondilar? Butun dunyoni hayratga solgan va lol qoldirgan ulardagi chinakam po‘lat iroda qayerdan keldi? Ha, ular o‘z uylari, farzandlari, yaqinlari, oilasini himoya qildilar. Ammo barchani Vatan, Yurtga bo‘lgan muhabbat birlashtirgandi. Bu o‘ta chuqur va shaxsiy tuyg‘u xalqimizning asliyatida to‘la-to‘kis o‘z aksini topgan va natsistlarga qarshi mardonavor va fidokorona kurashda eng muhimlaridan biriga aylangan edi.

Ko‘pincha hozirgi avlod inqirozli holatda o‘zini qanday tutadi, qanday harakat qiladi, deya savol beradilar. Bugun mening ko‘z oldimda kechagina talaba bo‘lgan shifokor, hamshiralar odamlar hayotini saqlab qolish uchun "qizil zonaga" yo‘l olishmoqda. Shimoliy Kavkazda, Suriyada xalqaro terrorizmga qarshi kurash davomida jonini ayamagan harbiy xizmatchilarimiz - yosh yigitlardir! Afsonaviy, umrboqiy oltinchi desantchilar rotasining ko‘plab jangchilari 19-20 yoshda edi. Lekin ularning barchasi Ulug‘ Vatan urushi vaqtida o‘z Vatanini himoyalagan jangchilarimiz ko‘rsatgan jasoratga loyiqligini namoyon etdilar.

Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi G‘alaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etiladi - Peskov

Vaziyat taqazo etsa, o‘z burchini ado etish va o‘zini ayamaslik Rossiya xalqlarining xarakterida mujassamligiga aminman. Fidokorlik, vatanparvarlik, o‘z xonadoniga, Yurtiga muhabbat – ushbu qadriyatlar bugun ham Rossiya jamiyati uchun fundamental, asosiy sanaladi. Mamlakatimiz suvereniteti ham aksariyat hollarda shu qadriyatlar tufayli mustahkamlanib turibdi.

Hozirda bizda xalqimiz tomonidan yaratilgan "O‘lmas polk" singari yangi an’analar paydo bo‘ldi. Bu bizning avlodlar o‘rtasidagi o‘ta yaqin va jonli aloqalar, minnatdor xotiramiz marshidir. Bunda millionlab insonlar o‘z Vatanini himoya qilgan va natsizmni tor-mor etgan yaqinlari fotosuratlari bilan yurishlarga chiqadilar. Bu ularning hayoti, sinovlar va qurbonlar, ular bizga taqdim etgan G‘alaba hech qachon unutilmaydi, degani.

Bizning o‘tmish va kelajak oldidagi mas’uliyatimiz – o‘sha dahshatli fojialar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni qo‘llash. Shu bois, Ikkinchi jahon va Ulug‘ Vatan urushlari haqidagi maqola bilan chiqish qilishni o‘z burchim deb bildim. Bu g‘oyani jahon yetakchilari bilan suhbatlarda bir necha marotaba muhokama qildim, ular buni tushunishdi. O‘tgan yil oxirida MDH mamlakatlari yetakchilari sammitida biz barchamiz natsizm ustidan g‘alaba, avvalo, sovet xalqi tomonidan qozonilgani, ushbu mardonavor kurashda - front va front ortida Sovet Ittifoqi respublikalarining barcha vakillari yelkama-yelka turganliklari haqidagi xotirani kelgusi avlodga yetkazish muhim degan fikrda edik. O‘sha vaqtda hamkasblar bilan murakkab urush oldi davri haqida suhbatlashgan edim.

Umumiy G‘alaba 9-may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - Sputnik O‘zbekiston
Umumiy G‘alaba: 9 may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - video

Bu muloqot Yevropa va jahonda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Demak-ki, o‘tmish saboqlariga murojaat haqiqatdan ham zarur va dolzarbdir. Shu bilan birga ko‘plab his-tuyg‘ular, ochiq aytilmaganiga qaramay, sezilib turgan komplekslar, shovqin-suronli ayblovlar ko‘p bo‘ldi. Qator siyosatchilar, odatga ko‘ra, Rossiya tarixni qayta ko‘chirishga urinmoqda, deya bayonotlar qilishga shoshilishdi. Ammo shu bilan birga ular keltirilgan birorta fakt, birorta dalilni inkor eta olmadilar. Tabiiyki, asl hujjatlarga qarshi bahslashish qiyin va ilojsiz, aytgancha, ular nafaqat Rossiya, balki xorijiy davlatlar arxivlarida ham saqlanib kelinadi.

Shu bois, bizning davlatimiz va butun dunyo uchun jahon urushiga olib kelgan sabablar tahlilini davom ettirishga, urushning murakkab voqeliklari, fojialari va g‘alabalari, u bergan saboqlar haqida fikr yuritishga ehtiyoj bor. Va bu yerda, takrorlab o‘taman, faqatgina arxiv materiallari, zamondoshlar guvohliklariga tayanish, har qanday mafkuraviy va siyosiylashgan uydirmalarni rad etish o‘ta muhim.

Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Makron umumiy Yevropa armiyasini tuzishni taklif qildi

Barchaga ayon bo‘lib turgan narsani yana bir bor eslatib o‘taman: Ikkinchi jahon urushining chuqur sabablari aksar hollarda Birinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlardan kelib chiqadi. Versal shartnomasi Germaniya uchun o‘ta adolatsizlik timsoli bo‘ldi. Xususan, gap bu yerda g‘arblik sheriklarga o‘z iqtisodini zaiflashtiradigan ulkan reparatsiyalarni to‘lashga majbur bo‘lgan davlatning talon-taroj etilishi ustida borardi. Ittifoq qo‘shinlari bosh qo‘mondoni, fransuz marshali F.Fosh "Versal"ga: "Bu tinchlik emas, yigirma yillik yarashuv", deya dohiyona ta’rif bergandi.

Aynan milliy kamsitilish Germaniyada radikal va revanshistik kayfiyatlar uchun ozuqa muhitni shakllantirdi. Natsistlar ana shu kayfiyatdan uddaburrolik bilan foydalanib, o‘z tashviqotini targ‘ib etar, Germaniyani "Versal merosidan" xalos etish va uning o‘tmishdagi qudratini qayta tiklash va’dasini berar, aslida esa nemis xalqini yangi urushga yetaklardi. Bu paradoks, ammo, bunga g‘arb davlatlari, avvalo, Buyuk Britaniya va AQSh bevosita yoki bilvosita zamin yaratgan. Ularning moliyaviy va sanoat doiralari harbiy ahamiyatga molik bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi nemis fabrika va zavodlarini faol ravishda moliyalashtirib kelgan. Aristokratiya va siyosiy isteblishment orasida esa Germaniya va Yevropada tobora kuch olayotgan radikal, o‘ta o‘ng qanot, milliy harakat tarafdorlari oz emas edi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Makron Yevropani isloh qilish kerak, uni qaytadan yaratish lozim degan taklif bilan chiqdi

Versalcha "dunyo tartiboti" ko‘psonli yashirin ziddiyat va ochiq mojarolarni keltirib chiqardi. Bunga Birinchi jahon urushida g‘oliblar tomonidan ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirilgan yangi Yevropa davlatlari chegaralari ularga asos edi. Xaritada ular paydo bo‘lishi bilan hududiy bahslar va o‘zaro da’volar boshlanib ketdi va ular portlashi keyinga qoldirilgan mina tusini oldi.

Birinchi jahon urushining eng muhim yakunlaridan biri Millatlar Ligasining tashkil topishi bo‘ldi. Ushbu xalqaro tashkilotga uzoq muddatli tinchlik, kollektiv xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha katta umidlar bildirilgandi. Bu ilg‘or g‘oya bo‘lib, uning izchillik bilan amalga oshirilishi hech mubolag‘asiz global urush dahshatlari takrorlanishining oldini olishi mumkin edi.

Ammo g‘olib-derjavalar - Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilik qiladigan Millatlar Ligasi o‘zining samarasizligini namoyon etdi va quruq gap-so‘zlarga g‘arq bo‘ldi. Sovet Ittifoqining teng huquqli kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirishga doir ko‘psonli chaqiriqlariga Millatlar Ligasida va umuman Yevropa mintaqasida quloq tutishmadi. Xususan, tajovuzlardan pana qila oladigan Sharqiy Yevropa va Tinch okeani paktlarini tuzish chaqirig‘i. Bu singari takliflar rad etildi.

Vstrecha sovetskix i amerikanskix voysk na Elbe v rayone Torgau. - Sputnik O‘zbekiston
"Aql bovar qilmas ish": G‘arb Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Uchinchisini qanday boshlamoqchi edi

Millatlar Ligasi jahonning turli burchaklaridagi, xususan, Italiyaning Efiopiyaga tajovuzi, Ispaniyadagi fuqarolar urushi, Yaponiyaning Xitoyga qarshi agressiyasi, Avstriya anshlyusi singari mojarolarning oldini ololmadi. Gitler va Mussolinidan tashqari Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilari ishtirok etgan Munxen til biriktiruvchi voqeasida esa, Millatlar Ligasining to‘liq ma’qullovi bilan Chexoslovakiyaning bo‘laklanishi yuz berdi. Shu munosabat bilan ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Yevropaning o‘sha davrdagi ko‘plab rahbarlaridan farqli o‘laroq Stalin o‘sha vaqtda G‘arb doiralarida baobro‘ siyosatchi sifatida nom qozongan va Yevropa poytaxtlarida kutilgan mehmon bo‘lgan Gitler bilan shaxsan uchrashib, o‘z nomiga dog‘ tushirmadi. Chexoslovakiyani bo‘lishda Germaniya bilan bir qatorda Polsha ham harakat qilgan. Ular avval boshdan va birgalikda Chexoslovakiyaning qaysi yerlari kimga tegishini hal etgan.

1938 yilning 20 sentabrida Polshaning Germaniyadagi elchisi Yu.Lipskiy Polsha tashqi ishlar vaziri Yu.Bekga Gitlerning quyidagi va’dalari haqida xabar qiladi: "…Polshaning Teshindagi manfaatlari yuzasidan Polsha va Chexoslovakiya o‘rtasida mojaro yuz bergudek bo‘lsa, Reyx biz (Polsha) tomonga o‘tadi". Natsistlar boshlig‘i hatto Polsha harakatlari "nemislar Sudet tog‘larini egallagandan so‘ng... ro‘y berishi" kerakligi haqida shipshitgan, maslahat bergan.

Vladimir Putin: Rossiya vistupayet protiv militarizatsii kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Polsha  o‘zining tajovuzkorlik rejasi Gitler qo‘llab-quvvatlovisiz mag‘lubiyatga yuz tutishini yaxshi tushunardi. Shu yerda Varshavadagi Germaniya elchisi G.A.Moltkening Yu.Bek bilan 1938-yilning 1 oktabrida Polsha - Chexiya munosabatlari va bu masalada SSSR pozitsiyasi to‘g‘risidagi yozib olingan suhbatidan iqtibos keltiraman. U yerda shunday yozilgan: "…Janob Bek… Munxen anjumanida Polsha manfaatlarining xolis sharhi, shuningdek, Chexiya mojarosi vaqtidagi samimiy munosabatlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. [Polsha] Hukumati va jamoatchilik furer va reyxskansler pozitsiyasiga to‘liq hurmat bajo keltiradi".

Chexoslovakiyaning taqsimlanishi shafqatsiz va surbetona edi. Munxen mintaqada qolgan rasmiy mo‘rt kafolatlarni ham buzdi, o‘zaro kelishuvlar sariq chaqachalik ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatdi. Aynan Munxen til biriktiruvi Yevropada katta urush muqarrarligiga olib kelgan tepki bo‘lib xizmat qildi.

Bugun yevropalik siyosatchilar, birinchi galda polshalik rahbarlar Munxenni "gapirtirmay qo‘yishni" xohlaydilar. Nega? O‘shanda ularning davlatlari o‘z majburiyatlariga xoinlik qilib, Munxen til biriktiruvini qo‘llab-quvvatlashgani, ba’zilari o‘ljani bo‘lishda ishtirok etishgani uchungina emas, balki o‘sha 1938-yilgi - SSSR Chexoslovakiya yonini olgan dramatik kunlarni yodga olish biroz o‘ng‘aysiz bo‘lgani uchun.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Polsha TIV rahbarining “bahsdagi g‘alaba” haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Sovet Ittifoqi o‘zining xalqaro majburiyatlaridan, shu jumladan, Fransiya va Chexoslovakiya bilan tuzilgan bitimlardan kelib chiqqan holda, fojianing oldini olishga urinardi. Polsha esa o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda, Yevropada kollektiv xavfsizlik tizimi tashkil etilishiga bor kuchi bilan to‘sqinlik qilardi. 1938-yilning 19 sentabrida Polsha tashqi ishlar vaziri Yu.Bek yuqorida nomi tilga olingan elchi Yu.Lipskoyga uning Gitler bilan uchrashuvi oldidan: "…O‘tgan yil davomida Polsha hukumati Chexoslovakiya himoyasiga xalqaro aralashuvga qo‘shilish taklifini to‘rt marotaba rad etdi", deya yozgan.

Britaniya, shuningdek, o‘sha vaqtda chexlar va slovaklarning bosh ittifoqchisi bo‘lgan Fransiya o‘z kafolatlaridan voz kechishni va Sharqiy Yevropa davlatini tor-mor qilishlariga yo‘l qo‘yib berishni afzal ko‘rdi. Shunchaki yo‘l qo‘yib berish emas, balki natsistlarning sharqqa bo‘lgan intilishlarini shunday yo‘naltirishdi-ki, bundan maqsad toki Germaniya va Sovet Ittifoqi bir-biri bilan to‘qnashib, bir-birining tinkasini quritsin.

G‘arbning "tinchlik o‘rnatish" siyosati aynan shundan iborat edi. Nafaqat Uchinchi reyxga nisbatan, balki - fashist Italiyasi va militarist Yaponiya o‘rtasida tuzilgan Antikomintern atalmish paktning boshqa ishtirokchilariga nisbatan ham. Uzoq Sharqda uning kulminatsiyasi 1939-yilning yozida tuzilgan va Tokioga Xitoyda qo‘llar erkinligini bergan ingliz-yapon bitimi bo‘ldi. Yevropaning yetakchi derjavalari Germaniya va uning ittifoqdoshlaridan butun dunyo uchun qanday halokatli xavf taralayotganini tan olishni istamasdilar, urush ularni chetlab o‘tishiga umid qilishardi.

Munxen til biriktiruvi Sovet Ittifoqiga G‘arb davlatlari xavfsizlik masalalarini uning manfaatlarini hisobga olmasdan hal qilishlarini, qulay vaziyatda esa hatto sovetlarga qarshi frontni shakllantirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qo‘ydi

Shu bilan birga, Sovet ittifoqi, takrorlab o‘taman, G‘arb davlatlarining munofiqlarcha pozitsiyasiga qaramay, so‘nggi imkoniyatga qadar Gitlerga qarshi koalitsiya tuzish uchun har qanday imkoniyatni qo‘llashga urinardi.

Shu tariqa, sovet rahbariyati razvedka xizmatlari liniyasi bo‘yicha 1939-yilning yozida inglizlar va nemislar o‘rtasida sahna ortida bo‘lgan aloqalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladi. E’tiborlaringizni shunga qaratmoqchiman: bu aloqalar jadal ravishda, xususan, Fransiya, Buyuk Britaniya va SSSR vakillari bilan uchtomonlama muzokaralar bilan bir vaqtda o‘tkazilardi, o‘z navbatida uch tomonlama muzokaralar g‘arblik sheriklar tomonidan atayin cho‘zilardi. Shu munosabat bilan Britaniya arxivlaridagi hujjatni keltirib o‘taman - bu 1939-yilning avgustida Moskvaga kelgan britaniya harbiy missiyasi instruksiyasidir. Unda delegatsiya "muzokaralarni juda sekin o‘tkazishi kerakligi", "Birlashgan Qirollik hukumati batafsil qayd etilgan va u yoki bu holatlarda bizning erkinligimizni cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyor emasligi" haqida ochiq aytilgan. Shuni ham qayd etamanki: inglizlar va fransuzlardan farqli o‘laroq sovet delegatsiyasiga "Yevropadagi Angliya, Fransiya va SSSRga qarshi tajovuzdan harbiy mudofaa tashkillashtirish masalalari bo‘yicha harbiy konvensiyani imzolash" uchun barcha vakolatlarga ega Qizil Armiya oliy yetakchilari rahbarlik qilgandilar.

Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi G‘alaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etiladi - Peskov

Muzokaralar barbod bo‘lishida sovet tomoni oldida hech qanday majburiyatga ega bo‘lishni istamagan Polsha rol o‘ynadi. Hatto g‘arblik ittifoqdoshlar bosimi ostida ham Polsha rahbariyati Qizil Armiya bilan hamkorlikda vermaxtga qarshi turish uchun hamkorlikdagi harakatlardan bosh tortadi. Faqatgina Ribbentropning Moskvaga uchib kelishi haqida ma’lum bo‘lgach, Yu.Bek xohlamay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham emas, balki fransuz diplomatlari orqali sovet tomonini: "…Germaniya tajovuziga qarshi hamkorlikdagi harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda, Polsha va SSSR o‘rtasida, hali aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan texnik shartlar asosida hamkorlik istisno etilmaydi", deya ogohlantirdi. Bir vaqtning o‘zida u hamkasblarga: "…Men taktikani yengillashtirish maqsadida bu formulirovkaga qarshi emasman va bizning SSSRga qarshi prinsipial nuqtayi nazarimiz yakuniy va o‘zgarishsiz qoladi", deya tushuntiradi.

Yuzaga kelgan bunday vaziyatda Sovet Ittifoqi Germaniya bilan hujum qilmaslik to‘g‘risida bitimni imzoladi va buni Yevropa mamlakatlari ichida eng oxirgi bo‘lib amalga oshirdi. Bu ikkita frontli urushga duch kelish Germaniya bilan g‘arbda va Yaponiya bilan esa jadal janglar kechayotgan sharqda - Xalxin-Gol darosi ustida to‘qnashish real xavfi fonida amalga oshirildi.

Voyennoslujashie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston harbiylari Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etish uchun yetib keldi

Stalin va uning atrofidagilar ko‘plab haqqoniy ayblovlarga loyiq. Rejimning o‘z xalqiga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari ham, ommaviy repressiyalar dahshatlari ham yodimizda. Takror aytaman, sovet rahbarlari yuziga ko‘plab ayblarni solish mumkin, faqat tashqi xavf xarakterini tushunmaslikni emas. Ular Sovet Ittifoqini Germaniya va uning ittifoqdoshlari bilan yakkama-yakka qo‘yishga harakat qilishayotganini ko‘rib turar, ushbu real xavfni tushungan holda, mamlakat mudofaasini mustahkamlash uchun qimmatli vaqtdan yutish uchun harakat qilardilar.

O‘sha vaqtda tuzilgan Hujum qilmaslik haqidagi shartnoma borasida shu bugun, aynan, zamonaviy Rossiya nomiga bildirilayotgan turfa fikrlar va qarshi da’volar ko‘p. Ha, Rossiya – SSSR vorisidir, sovet davri o‘zining barcha g‘alabalari va fojialari bilan - bizning ming yillik tariximizning ajralmas qismidir. Ammo Sovet Ittifoqi Molotov-Ribbentrop paktiga huquqiy va ma’naviy deb atalmish baho berganini eslatib o‘taman. Oliy Kengashning 1989 yil 24-dekabrdagi qarorida "sovet xalqining irodasini aks ettirmagan va sovet xalqi ushbu til biriktiruv uchun javobgar bo‘lmagan" "shaxsiy hukmronlik akti" singari maxfiy dalolatnomalar rasman qoralangan.

Shu bilan birga boshqa davlatlar natsistlar va g‘arb siyosatchilari imzolari turgan bitimlar haqida eslamaslikka harakat qiladilar. Bunday hamkorlikka berilishi lozim bo‘lgan huquqiy yoki siyosiy baho, shu jumladan, ayrim yevropalik arboblar tomonidan natsistlarning varvarlarga xos rejasiga doir jimgina murosachilik qilganliklari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashgani haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Polshaning Germaniyadagi elchisi Yu.Lipskoyning 1938-yilning 20-sentabrida Gitler bilan qilgan muloqoti chog‘ida aytgan jumlasiga e’tibor bering: "…Yevreylar masalasi borasidagi qarori uchun biz [polyaklar] unga Varshavada ajib haykal o‘rnatamiz".

Pamatnik marshalu Konevu v Prage - Sputnik O‘zbekiston
Siyosiy janjal: Chexiya rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

Biz shuningdek, qator davlatlarning natsistlar bilan tuzgan bitimida allaqanday "maxfiy dalolatnomalar" yoki ilovalar bo‘lganmi, bundan bexabarmiz. Faqatgina "aytilgan so‘zlarga ishonish"dan o‘zga chora yo‘q. Xususan, hozirga qadar maxfiy tarzda kechgan ingliz-nemis muzokaralari haqidagi materiallar maxfiylikdan chiqarilmagan. Shu bois biz barcha davlatlarni Rossiya so‘nggi yillarda amalga oshirayotgani kabi - o‘z arxivlarini ochish jarayonini faollashtirishga, urushgacha va urush davridagi ilgari noma’lum bo‘lgan hujjatlarni ommaga e’lon qilishga da’vat qilamiz. Bunda keng hamkorlikka, tarixchi-olimlarning hamkorlikdagi tadqiqotchilik loyihalariga tayyormiz.

Lekin Ikkinchi jahon urushiga bevosita sababchi bo‘lgan voqealarga qaytsak. Gitler Chexoslovakiyani tilka-tilka qilgach, navbatdagi hududiy da’volarni bildirmasligiga ishonish soddalik bo‘lardi. Bu safar da’vo Chexoslovakiyani bo‘lishda yaqindagina ishtirok etgan - Polshaga nisbatan bo‘lardi. Bu yerda sabab bo‘lib Versal merosi - Dansig yo‘lagi taqdiri xizmat qildi. Shundan keyin yuz bergan Polsha fojiasi - o‘sha vaqtdagi polsha rahbarlari vijdoniga havola, axir ular ingliz-fransuz-sovet harbiy ittifoqi tuzilishiga halal berib, g‘arblik sheriklar yordamiga umid qilib, o‘z xalqini Gitlerning yo‘q qilish mashinasi ostiga tashlagandilar.

Uzbekkino snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushida 5 o‘g‘lini yo‘qotgan o‘zbek ayoli haqida film suratga olinmoqda

Nemis bosqini to‘laligicha bliskrig doktrinasiga mos ravishda rivoj topardi. Polsha armiyasining shafqatsiz, mardonavor qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, urush boshlanganidan bir hafta o‘tib, 1939-yilning 8-sentabrida Germaniya qo‘shinlari Varshava ostonasiga yaqinlashib qolgandilar. Polshaning harbiy-siyosiy elitasi esa 17 sentarga kelib, bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirayotgan xalqiga xoinlik qilgan holda, Ruminiya hududiga qarab qochdi.

G‘arblik ittifoqdoshlar Polsha umidlarini oqlamadilar. Germaniyaga urush e’lon qilinganidan so‘ng fransuz qo‘shinlari nemis hududiga bir necha kilometr kirishgagina muvaffaq bo‘ldilar. Bularning barchasi faol harakatlarni namoyish etishdek ko‘rinardi. Ustiga-ustak ilk bor 1939-yilning 12-sentabrida Fransiyaning Abvilida yig‘ilgan ingliz-fransuz Oliy harbiy kengashi Polshadagi voqealar keskin tus olayotgani tufayli bosqinni butkul to‘xtatish qarorini qabul qildi. Shubhali "g‘alati urush" boshlandi. Bu Fransiya va Angliya tomonidan Polsha oldida o‘z majburiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xoinlik qilish edi.

Sal keyin, Nyurnberg jarayoni davomida, nemis generallari sharqdagi o‘zlarining tezkor muvaffaqiyatlarini quyidagicha izohlardilar, Germaniya qurolli kuchlari Oliy boshqo‘mondonligi tezkor rahbarlik shtabi sobiq rahbari general A.Yodl shunday deya tan olgandi: "...Agar biz 1939-yilda mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsak, buning boisi, biz Polsha bilan urushayotgan vaqtda G‘arbda 23ta Germaniya diviziyalariga qarshi turgan  110ta fransuz va ingliz diviziyalarining mutlaq harakatsizlikda turganligidir".

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi

Arxivdan 1939-yilning avgust va sentabridagi dramatik kunlarda SSSR va Germaniya aloqalariga bog‘liq bo‘lgan jamiki hujjatlarni ko‘tarishlarini so‘radim. Hujjatlar dalillaganidek, Germaniya va SSSR o‘rtasida 1939-yil 23-avgustda tuzilgan Tajovuz qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma maxfiy protokolining 2-bandiga ko‘ra, Polsha davlati tarkibiga kiruvchi hududlar territorial va siyosiy jihatdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ikki mamlakatning manfaatlar doiralari chegarasi taxminan

"Nareva, Visla va Sana darolari liniyalarida o‘tishi kerak"ligi belgilangandi.

Boshqacha qilib aytganda, Sovet ta’sir doirasiga nafaqat Ukraina va Belarus aholisi yashagan hududlar, balki Bug va Visla darolari orasidagi tarixiy Polsha yerlari ham kirgan edi. Hozirda bu fakt to‘g‘risida hamma ham bilmaydi.

Xuddi, 1939-yil sentabr oyining ilk kunlarida Polshaga qilingan hujumdan so‘ng darhol Berlin Moskvani astoydil harbiy harakatlarga qo‘shilishga bir necha bor chorlagani singari. Ammo sovet rahbariyati bu turdagi chaqiriqlarni rad etar va so‘nggi imkoniyatga qadar bu singari darmatik rivoj topayotgan hodisalarga aralashmaslikka harakat qilardi.

Veterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovg‘a qilinadi

Faqat Buyuk Britaniya va Fransiya o‘z ittifoqdoshiga yordam berishga intilmayotgani, vermaxt esa butun boshli Polshani qisqa fursatda okkupatsiya qilib, deyarli Minsk ostonasiga yaqinlashib qolishga qodirligi ayon bo‘lgach, 17-sentabr kuni ertalab Qizil Armiya qo‘shinlari birlashmasini sharqiy kres bo‘ylab olib chiqish qarori qabul qilingan edi - hozirda bu Belarus, Ukraina va Litva hududlarining bir qismidir.

Boshqa variantlar qolmagani ayon edi. Aks holda SSSR uchun xatarlar ko‘plab marotaba ortib ketardi, eski sovet-polsha chegarasi Minskdan bir necha o‘n kilometr yaqinda o‘tgan va natsistlar bilan bo‘ladigan muqarrar urush mamlakat uchun o‘ta noqulay strategik pozitsiyalardan boshlanardi. Turli millatga mansub millionlab odamlar esa, shu jumladan, Brest va Grodno, Peremishl, Lvov va Vilno yaqinida yashovchi yahudiylar ham, natsistlar va ularning mahalliy yugurdaklari - antisemit va radikal-millatchilar qo‘liga yo‘q qilinishga tashlangan bo‘lardi.

Stend s knigami - Izdatelstvo Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi direktor Umid Xalikov  - Sputnik O‘zbekiston
Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbeklar haqida kitob chop etiladi

Sovet Ittifoqi so‘nggi imkoniyatga qadar alangalanayotgan mojaroda qatnashmaslikka harakat qilgani va Germaniya tomonida o‘ynashni istamagani sovet va nemis qo‘shinlarining real uchrashuvi maxfiy protokolda ko‘rsatilgan chegaralardan ancha sharqroqda ro‘y berishiga olib keldi.

Visla bo‘ylab emas, balki 1919-yilda Antanta tomonidan Polshaning sharqiy chegarasi sifatida tavsiya etilgan Kerzon liniyasi deb atalmish hududda. 

Ma’lumki, ro‘y bergan hodisalarga bugun real hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagandek ta’rif berish qiyin. Shuni aytishim mumkinki, 1939-yilning sentabrida sovet rahbariyati SSSR g‘arbiy chegaralarini g‘arbga tomon, Varshavaga qadar surish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo buni amalga oshirmaslik qarorini qabul qildi.

Nemislar yangi "urushgacha bo‘lgan maqomni" qayd etishni taklif etdilar. 1939-yilning 28 sentabrida Moskvada I.Ribbentrop va V.Molotov Do‘stlik va SSSR va Germaniya o‘rtasidagi chegara  to‘g‘risida shartnomani, shuningdek, davlat chegarasini o‘zgartirish haqidagi maxfiy dalolatnomani imzoladilar, unga ko‘ra ikki armiya turgan demarkatsiya chizig‘i tan olinardi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xanif Shadaminov - Sputnik O‘zbekiston
Xanif Shadaminov: qanday qilib urushda xalqlar otasi Stalin bilan uchrashganim haqida

1939 yilning kuzida o‘zining harbiy-strategik, mudofaa masalalarini hal eta turib, Sovet ittifoqi Latviya, Litva va Estoniya inkorporatsiyasi jarayonini boshladi. Ularning SSSRga kirishi kelishuv asosida, saslangan hukumat roziligi bilan amalga oshirilgandi. Bu o‘sha vaqtdagi xalqaro huquq normalariga mos edi. Bundan tashqari, 1939-yilning oktabrida Litvaga ilgariroq Polsha tarkibiga kirgan Vilno shahri va uning yaqinidagi hududlar qaytarilgan edi. Boltiqbo‘yi respublikalari SSSR tarkibida o‘z hukumat organlarini, tilini saqlab qolgan va sovet oliy davlat tuzilmalarida o‘z vakolatxonalariga ega edilar.

Shu oylar davomida begona ko‘zlar ilg‘amaydigan diplomatik va harbiy-siyosiy kurash, razvedka ishlari to‘xtamadi. Moskva o‘z oldida murosasiz va shafqatsiz dushman turganini, natsizmga qarshi ko‘rinmas urush allaqachon boshlab yuborilganini tushunardi.

Rasmiy bayonotlarni, o‘sha yillardagi rasmiy bayonnomalarni va formal protokol notalarini SSSR va Germaniya o‘rtasidagi "do‘stlik" isboti sifatida qabul qilish uchun hech qanday sabab yo‘q. SSSR nafaqat Germaniya, balki boshqa davlatlar bilan ham faol savdo va texnik aloqalarga ega edi. 

Shu bilan birga, Gitler SSSRni vaqti-vaqti bilan Buyuk Britaniyaga qarshi ziddiyatlarga tortishga bir necha bor urinib ko‘rdi, ammo sovet rahbariyati bu undashlarga ko‘nmadi.

Iosif Stalin. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Stalin aytganiday bo‘ldi – 50-yil o‘tib dunyoda yangi tafovutlar boshlandi...

Gitler Sovet Ittifoqini hamkorlikdagi harakatlarga so‘nggi bor 1940-yil noyabr oyida Molotovning Berlinga qilgan tashrifi davomida ko‘ndirishga urinib ko‘rdi.

Ammo Molotov Stalinning ko‘rsatmalarini aniq bajarib, nemislarning SSSRning 1940-yil sentabr oyida imzolangan va Buyuk Britaniya va AQShga qarshi qaratilgan Uchlar pakti - Germaniya, Italiya va Yaponiya ittifoqiga qo‘shilishi g‘oyasi haqidagi umumiy suhbatlar bilan cheklandi.

17 sentabr kuni Molotov Londonda sovetlarning doimiy vakili bo‘lgan I.Mayskiyni quyidagi turzda intruktaj qilgani bejizdan emas: "Yo‘riqnomangiz uchun... Berlinda hech qanday bitim imzolanmagan va buni amalga oshirish ko‘zlanmagan. Berlindagi ish faqat ... fikr almashish bilan cheklangan edi... Nemislar va yaponlar ko‘rinib turibdiki, bizni Fors ko‘rfazi va Hindiston tomon itarib yuborishni juda istashadi. Biz bu masala muhokamasini rad etdik, chunki Germaniya tomonidan beriladigan bu kabi maslahatlarni noo‘rin deb bilamiz".

Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voyni. - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari uchrashdi

25 noyabr kuni esa Sovet Ittifoqi rahbariyati bunga bir yo‘la nuqta qo‘ydi: Berlinga natsistlar hech qachon rozi bo‘lmaydigan shartlarni rasman ilgari surdi, jumladan, Germaniya qo‘shinlarining Finlyandiyadan chiqarilishi, SSSR va Bolgariya o‘rtasida o‘zaro yordam to‘g‘risidagi kelishuv va qator boshqa masalalarni hamda bu bilan o‘zi uchun Paktga qo‘shilishning har qanday ehtimolini istisno qildi.

Bu pozitsiya furerda SSSRga qarshi urush boshlash niyatini uzil-kesil kuchaytirdi. Va dekabr oyida o‘z strateglarining ikki frontda urush qilishning ulkan xavfi borasidagi barcha ogohlantirishlarini chetga surgan holda, Gitler "Barbarossa" rejasini tasdiqladi. U bu ishni aynan Sovet Ittifoqi Yevropada unga qarshi turadigan asosiy kuch ekanligini va sharqda yuz beradigan to‘qnashuv jahon urushi natijalarini hal qilishini anglagan holda amalga oshirdi. Moskvaga yurishi qisqa muddatli va muvaffaqiyatli bo‘lishiga esa u aniq amin edi.

Alohida ta’kidlamoqchi bo‘lganim, G‘arb mamlakatlari o‘shanda Sovet harakatlariga deyarli rozi bo‘lgan, Sovet Ittifoqining o‘z xavfsizligini ta’minlash istagini tan olgan edilar. Shunday qilib, 1939-yil 1-oktabrida o‘sha vaqtdagi Britaniya Admiralteystvasi rahbari U.Cherchill radioda chiqishi vaqtida shunday dedi: "Rossiya o‘z manfaatlariga doir sovuq siyosatni yuritmoqda... Rossiyani fashistlar xavfidan himoya qilish uchun rus armiyalari bu chiziqda [yangi g‘arbiy chegarada] turishlari zarur edi". 1939 yilning 4 oktabrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri E.Galifaks Lordlar palatasida shunday deya bayonot qiladi: "…shuni eslatib o‘tish joizki, sovet hukumatining harakatlari chegarani Versal anjumanida lord Kerzon tomonidan tavsiya etilgan chiziqqacha ko‘chirishdan iborat edi... Men faqat tarixiy dalillarni keltirmoqdaman va ularni inkor etib bo‘lmaydi degan fikrdaman".

Vstrecha prezidenta Ukraini V. Zelenskogo s predstavitelyami biznesa v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy SSSRni Ikkinchi jahon urushini boshlashda aybladi

Taniqli britaniyalik siyosatchi va davlat arbobi D.Lloyd Jorj ta’kidlaganidek: "Rossiya qo‘shinlari Polshaga tegishli bo‘lmagan va Polsha tomonidan Birinchi jahon urushidan keyin bosib olingan hududlarni egallab olishdi... Rossiyaning olg‘a siljishini nemislar taraqqiyoti bilan tenglashtirish jinoiy telbalik akti bo‘lur edi".

Sovet Ittifoqining muxtor vakili I. Mayskiy bilan norasmiy suhbatlarda inglizlarning yuqori martabali siyosatchilari va diplomatlari ancha ochiq so‘zlashardilar.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari R.Batler 1939-yil 17-oktabrda shunday degan edi: "...Britaniya hukumati doiralarida Polshaga G‘arbiy Ukraina va Belorussiyani qaytarish masalasi bo‘lishi mumkin emas", deya hisoblaydilar. 

Boyatsya vashey pravdi - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

Agar biz nafaqat SSSR va Germaniya, balki Angliya va Fransiyaning kafolati bilan kamtarona hajmdagi etnografik Polshani yarata olsak, u holda Britaniya hukumati o‘zini to‘liq rozi qilingan deb bilardi".

1939 yil 27-oktabrida N. Chamberlenning bosh maslahatchisi G. Uilson shunday dedi: "Polsha ... o‘z etnografik bazasida mustaqil davlat sifatida tiklanishi kerak, ammo G‘arbiy Ukraina va Belorussiyasiz".

Shuni qayd etish joizki, ushbu suhbatlar davomida sovet-britan munosabatlari yaxshilanishi uchun ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishga harakat qilinar edi. Bu aloqalar bo‘lajak ittifoqdoshlik va Gitlerga qarshi koalitsiya uchun asos yaratdi.

Mas’uliyatli va uzoqni ko‘ra bila oladigan siyosatchilar orasida U.Cherchill ajralib turar, u SSSRga nisbatan hech kimga sir bo‘lmagan antipatiyasiga qaramay, bundan oldin ham u bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanligini bildirgan edi. 1939-yilning may oyida u jamoatchilik palatasida: "Agar biz tajovuzga qarshi buyuk ittifoq tuza olmasak, biz ajal xavfi ostida qolamiz. Agar Sovet Rossiyasi bilan tabiiy hamkorlikni rad qilsak, bu eng buyuk telbalik bo‘lar edi", - deya ta’kidlagandi.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi

Yevropada harbiy harakatlar boshlangach - 1939-yil 6-oktabrida I.Mayskiy bilan uchrashuvda u ishonch bilan: "...Buyuk Britaniya va SSSR o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud emas, demak-ki, keskin va qoniqarsiz munosabatlar uchun asoslar yo‘q. Britaniya hukumati... savdo aloqalarini rivojlantirishni istaydi. U o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishiga asos bo‘ladigan boshqa choralarni ham muhokama qilishga tayyor bo‘lardi", deydi.

Ikkinchi jahon urushi bir kechada, kutilmaganda, favqulodda boshlangan emas. Germaniyaning Polshaga qarshi agressiyasi kutilmagan emas. U – o‘sha davrdagi jahon siyosatining ko‘plab tendensiyalari va omillari natijasidir. Urushgacha bo‘lgan hodisalar bitta mash’um zanjirga ulandilar. Ammo, shubhasizki, insoniyat tarixida buyuk fojiani belgilab bergan asosiy narsa - bu davlat xudbinligi, qo‘rqoqlik, tobora kuch olayotgan agressorga erk berish, siyosiy elitalarning o‘zaro kelishuvlarga bora olishga tayyor emasligi edi.

Voini Krasnoy Armii na Xarbinskom aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haqida kitob-albom yaratiladi

Shunday ekan, natsistlar tashqi ishlar vaziri Ribbentropning Moskvaga amalga oshirgan ikki kunlik tashrifi - Ikkinchi jahon urushini boshlagan asosiy sabab ekanligini ta’kidlash adolatdan emas. Barcha yetakchi davlatlar u yoki bu darajada uning boshlanishi uchun aybdor. Har biri tuzatib bo‘lmas xatoliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘zboshimchalik bilan boshqalarni aldab ketish mumkinligiga ishongan, bu bilan o‘ziga bir tomonlama afzalliklar ta’minlashga yoki jahon miqyosida yopirilib kelayotgan falokatdan chetda qolishga umid qilgan. Va shunday uzoqni ko‘ra bilmaslik, kollektiv xavfsizlik tizimini yaratishdan bosh tortilganlik uchun millionlab hayotlar bilan to‘lov qilindi, ulkan yo‘qotishlarga duch kelindi.

Men bu haqda yozar ekanman, sudya roliga da’vo qilish, kimnidir ayblash yoki uni oqlash uchun va hattoki davlatlar va xalqlarni o‘zaro to‘qnashtirishi mumkin bo‘lgan tarixiy maydonda xalqaro axborot qarama-qarshiligining yangi bosqichini boshlash niyatim yo‘q.

Fikrimcha, yuz bergan voqealarga muvozanatli baho berish yo‘llarini qidirish bilan turli davlatlardagi nufuzli olimlarga ega akademik ilm-fan shug‘ullanmog‘i kerak. Bizlarning barchamizga haqiqat va xolislik kerak. O‘z navbatida, men hamkasblarimni hotirjam, ochiq va ishonchga asoslangan muloqotga, umumiy o‘tmishga nisbatan tanqidiy va xolis qarashga chaqiraman. Bunday yondashuv bizga o‘sha vaqtda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslikka va uzoq yillarga tinchlik va farovon taraqqiyotni ta’minlashga imkon beradi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali topshirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga avtomobillar tantanali ravishda topshirildi

Ammo ko‘plab sheriklarimiz hozircha hamkorlikdagi ishga tayyor emaslar. Aksincha, o‘z maqsadlarini ko‘zlar ekan, ular bizning davlatimizga nisbatan axborot xurujlari soni va ko‘lamini tobora oshirmoqda, bizning uzr so‘rashimizni, o‘zimizni aybdor his qilishimizni xohlashmoqda, ich-ichigacha siyosiylashgan riyokorona deklaratsiyalarni qabul qilishmoqda.

Misol uchun, Yevropa Parlamenti tomonidan 2019-yil 19-sentabrida ma’qullangan "Yevropa kelajagi uchun tarixiy xotirani saqlash ahamiyati to‘g‘risida"gi rezolyutsiya SSSRni - fashistlar Germaniyasi bilan bir qatorda - ochiqchasiga Ikkinchi jahon urushini boshlaganlikda aybladi. Tabiiyki, u yerda Munxen haqida hech narsa aytilmagan.

Bunday "qog‘ozlar", men ushbu rezolyutsiyani hujjat deb atay olmayman, chunki janjal chiqarishga qaratilgan bu qog‘ozlar o‘zida real tahdidni aks ettiradi. Axir uni o‘ta obro‘li organ qabul qilgan. U nimani namoyon etdi? Qanchalik taassufli bo‘lmasin - urushdan keyingi dunyo tartibotini yo‘q qilishga qaratilgan qasddan qilingan siyosatni, aslida bu tartibotni yaratish bugungi kunda ushbu soxta deklaratsiya uchun ovoz bergan davlatlarning qator vakillari uchun or-nomus va majburiyat edi.

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi natijalari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta ko‘rib chiqishni istasa - marhamat!

Shu tariqa, ular, Nyurnberg tribunali xulosalariga, xalqaro hamjamiyat urinishlariga, g‘alabali 1945-yildan keyin tashkil etilgan universal xalqaro institutlarga qo‘l ko‘tardilar. Ushbu munosabat bilan eslatib o‘tmoqchimanki, tegishli tuzilmalarni, jumladan, Yevropa parlamentini vujudga keltirgan Yevropa integratsiyasi jarayoni o‘tmishdan chiqarilgan xulosalar, unga berilgan huquqiy va siyosiy baholar tufayli amalga oshgan edi.

Ushbu konsensusni ongli ravishda shubha ostiga qo‘yayotganlar urushdan keyingi Yevropaning barcha asoslarini barbod qilmoqdalar.

Jahon tartibotining asosiy prinsiplariga tahdiddan tashqari, buning ma’naviy va axloqiy tomoni ham mavjud. Xotira ustidan kulish, masxara qilish - bu pastkashlik. Pastkashlik qasddan, riyokorona va to‘liq ongli bo‘lishi mumkin, qachonki Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75-yilligi munosabati bilan e’lon qilingan bayonotlarda SSSRdan tashqari barcha antifashizm koalitsiyasi ishtirokchilari sanab o‘tilganda.

Pastkashlik qo‘rqoqlarcha bo‘lishi mumkin, qachonki natsizmga qarshi kurashchilar sharafiga bunyod etilgan yodgorliklar go‘yoki istalmagan mafkura va go‘yoki okkupatsiya to‘g‘risidagi yolg‘on shiorlar bilan o‘zini oqlashga urinib, buzib tashlanganda.

Koen: Rossiya atrofida buncha dushman Ikkinchi Jahon urushi vaqtida ham bo‘lmagan

Pastkashlik qonli bo‘lishi mumkin, qachonki neonatsistlar va banderachilar vorislariga qarshi chiqqanlar o‘ldirilsa va yoqib yuborilsa. Takrorlayman, pastkashlik o‘zini turlicha namoyon etadi, ammo bu bilan u o‘zining jirkanchligini yo‘qotmaydi.

Tarix saboqlarini unutish og‘ir to‘lovlarga olib kelishi muqarrar. Biz hujjatlashtirilgan tarixiy dalillarga asoslangan haqiqatni qat’iy himoya qilamiz, Ikkinchi jahon urushi voqealari to‘g‘risida haqqoniy va xolisona gapirishda davom etamiz.

Rossiyadagi Ikkinchi jahon urushi, urushdan oldingi davr tarixiga oid eng katta arxiv hujjatlari, kino va foto materiallar kolleksiyasini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha shu maqsadga qaratilgan. Bunday ish boshlab yuborilgan. Ko‘plab yangi, yaqinda topilgan, maxfiylikdan chiqarilgan materiallardan shu maqolani tayyorlashda foydalandim.

Va shu munosabat bilan mas’uliyat bilan aytishim mumkinki, SSSRning Germaniyaga qarshi preventiv urushni boshlash niyatini tasdiqlovchi arxiv hujjatlari mavjud emas.

Ha, sovet harbiy rahbariyati, agressiya yuz bergan taqdirda Qizil Armiya dushmanga qarshi zarba berishi, xujumga o‘tishi va dushman hududida urush olib borishi to‘g‘risidagi doktrina tarafdori edi. Ammo bu singari strategik rejalar Germaniyaga birinchi bo‘lib tajovuz qilishni anglatmas edi.

Albatta, bugun tarixchilar ixtiyorida harbiy planlashtirish, sovet va nemis shtablari direktivalari bor. Va nihoyat, biz voqealar aslida qanday rivojlangani haqida ma’lumotga egamiz. Ushbu bilim cho‘qqisidan turib ko‘plar mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatining harakatlari, xatoliklari, yangishganliklari haqida fikr yuritadilar. Shu munosabat bilan bir narsani aytaman: turfa dezinformatsiyaning ulkan oqimi bilan bir qatorda sovet yetakchilari natsistlar tomonidan tayyorlanayotgan tajovvuzkorlik haqidagi real ma’lumotlarni ham olganlar. Va urush oldingi oylarda mamlakat jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan qadamlarni qabul qildilar, shu jumladan, harbiy xizmat yoshidagilarning yashirin chaqirilishi, birlashmalar va ichki harbiy okruglarning g‘arbiy chegaralar sari qayta dislokatsiyasi.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Rossiyani yana o‘z tuzog‘iga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

Urush favqulodda sodir bo‘lmagan, uni kutishgan, unga tayyorgarlik ko‘rishgan. Ammo natsistlar zarbasi o‘zining vayron qiluvchi qudrati jihatdan haqiqatda tarixda misli ko‘rilmagan bo‘ldi. 1941-yilning 22 iyunida Sovet Ittifoqi eng kuchli, mobilizatsiya qilingan va dunyoning eng o‘rgatilgan, deyarli butun boshli Yevropaning jamiki sanoat, harbiy, iqtisodiy salohiyati u uchun ishlagan armiyasi bilan to‘qnashdi. Ushbu halokatli bosqinda nafaqat vermaxt, balki Germaniya satellitlari, yevropa mintaqasi davlatlarining ko‘plab harbiy kontingetlari ishtirok etdilar.

1941 yilgi og‘ir harbiy mag‘lubiyatlar mamlakatni falokat jari yoqasiga olib keldi. Jangovar qudrat, boshqaruvchanlikni favqulodda metodlar, umummobilizatsiya, davlat va xalqning barcha kuchlarini zo‘r berib kuchaytirish yordamida qayta tiklashga to‘g‘ri keldi.

1941 yilning yozida dushman o‘qlari ostida millionlab fuqarolar, yuzlab zavodlar va ishlab chiqarishlarning sharqqa evakuatsiyasi boshlandi. Qisqa muddatlarda front ortida qurol va boyepripaslar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, ular birinchi harbiy qishdayoq frontga yetkazilib berila boshladi, 1943-yilga kelib Germaniya va uning ittifoqdoshlari harbiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan o‘zishga muvaffaq bo‘lindi.

Bir yarim yil ichida sovet kishilari front va uning ortida ilojsiz tuyulgan yutuqlarni amalga oshirdilar.

Va hozirga qadar ushbu buyuk yutuqlar misli ko‘rilmagan harakatlar, jasorat va fidoyilikni talab etginligini tushunish, tasavvur etish juda qiyin.

O‘ta qudratli, tishigacha qurollagan tajovuzkor, sovuqqon natsistlar mashinasiga qarshi Sovet jamiyatining o‘z ona yerini himoya qilish, o‘z tinch hayotini, reja va umidlarini toptab tashlagan dushmandan o‘ch olish istagida birlashgan ulkan kuchi bosh ko‘tardi.

Albatta, bu dahshatli, qonli urush paytida ba’zi odamlar qo‘rquv, sarosima va umidsizlikka duchor bo‘lishdi. Xoinlik va dezertirlikka ham o‘rin bo‘lgan. Inqilob va fuqarolik urushi, nigilizm, bolsheviklar ayniqsa, hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki yillarda majburan singdirishga uringan milliy tarixga, urf-odatlarga, e’tiqodga nisbatan masxaraomuz munosabat tufayli vujudga kelgan shafqatsiz sinishlar bo‘yin ko‘rsatardi.

G‘arb Rossiyani yolg‘on xabar va statistikani yashirishda ayblamoqda - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb Rossiyani yolg‘on xabar va statistikani yashirishda ayblamoqda

Ammo chet davlatda bo‘lib qolgan sovet fuqarolari va bizning vatandoshlarimizning umumiy intilishi boshqa edi - Vatanni himoya qilish, qutqarish. Bu chinakam, jilovlab bo‘lmas intilish edi. Odamlar asl vatanparvarlik qadriyatlarida suyanch izlardilar.

Natsistlar "strateglari" ulkan ko‘pmillatli davlatni bo‘ysundirish oson kechishiga amin edilar. Kutilmaganda boshlangan urush, uning shafqatsizligi va chidab bo‘lmas uqubatlari millatlararo munosabatlarni ziddiylashtirishiga, mamlakatni bo‘laklarga ajratish mumkin bo‘lishiga umid qilardilar. Gitler: "Rossiyaning keng hududlarida istiqomat qiladigan xalqlarga nisbatan bizning siyosatimiz har qanday kelishmovchilik va bo‘linishni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lishi kerak", deya ochiq aytardi.

Ammo birinchi kunlardan boshlab fashistlarning bu rejasi barbod bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Brest qal’asini so‘nggi qoni to‘kilguniga qadar o‘ttizdan ortiq millatga mansub jangchilar himoya qildilar. Urush davomida - hal qiluvchi yirik janglarda ham har bir plasdarm, ona yerning har bir qarichi himoyasida ham biz shunday birlik namunalarini ko‘ramiz.

Pisatel Konstantin Simonov v svoyem rabochem kabinete - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti

Evakuatsiya qilingan millionlar uchun Volga viloyati va Ural, Sibir va Uzoq Sharq, O‘rta Osiyo va Kavkaz orti respublikalari jonajon uyga aylandi. Ularning aholisi oxirgi narsasi bilan bo‘lishdi, qo‘llaridan kelganicha yordam berishdi. Xalqlar do‘stligi, ularning o‘zaro yordami dushman uchun haqiqiy buzilmas qal’aga aylandi.

Natsizm tor-mor etilishiga - hozir nimani isbotlashga urinishlaridan qat’iy nazar - asosiy va hal qiluvchi hissa qo‘shganlar bu - Sovet Ittifoqi, Qizil Armiya edi. Qurshov ichida Belostok va Mogilev, Uman va Kiyev, Vazma va Xarkovda oxirigacha kurash olib borgan qahramonlar edi. Ular Moskva va Stalingrad, Sevastopol va Odessa, Kursk va Smolensk shaharlari yaqinida hujumga o‘tardi. Varshava, Belgrad, Vena va Pragani ozod qilishardi. Konigsberg va Berlinni shturm bilan olardi.

Biz urush haqidagi silliqlangan yoki sayqal berilgan emas, balki asl haqiqatni himoya qilmoqdamiz. Bu xalqona, insoniy qo‘pol, achchiq va shafqatsiz haqiqat bizga, asosan, frontning do‘zaxiy olovi va sinovlaridan o‘tgan yozuvchi va shoirlar tomonidan yetkazilgan.

Frontovaya pereklichka - Said-Gani Valiyev - Sputnik O‘zbekiston
Uyida besh bola turib, u ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi - Stalingrad himoyachisi xotirasiga

Mening tengdoshlarim va boshqa avlodlar uchun ularning halol, serma’no hikoyalari, romanlari, dilni titratuvchi "leytenant nasri" va she’rlari qalbda abadiy iz qoldirgan, g‘alaba uchun qo‘lidan kelganini amalga oshirgan veteranlarni ardoqlash, jang maydonlarida qolib ketganlarni yodda tutish haqida o‘ziga xos vasiyatga aylangan.

Va bugungi kunda Aleksandr Tvardovskiyning Ulug‘ Vatan urushining Sovet-Germaniya fronti markaziy qismidagi qonli, shafqatsiz jangi ishtirokchilariga bag‘ishlangan "Men Rjev ostida o‘ldirildim..." she’rining o‘ziga xos sodda va buyuk satrlari qalbni larzaga soladi.

1941 yil oktabridan 1943-yil martgacha Rjev shahri va Rjev do‘ngligi uchun olib borilgan janglarning o‘zida Qizil Armiya 1 million 342 ming 888 kishini yo‘qotdi, yaradorlar va bedarak yo‘qolganlar shular jumlasidan. Urushdan keyingi yillarda turli sabablarga ko‘ra nohaq yoki adolatsiz ravishda kam gapirilgan yoki umuman sukut saqlagan mashhur va nomsiz qahramonlarning jasoratiga hurmat bajo keltirgan holda, men arxiv manbalarida to‘plangan dahshatli va hali to‘liq bo‘lmagan raqamlarni ilk marta keltirmoqdaman.

Yana bir hujjatni misol keltiraman. Bu  1945-yil fevral oyida tayyorlangan I.Mayski boshchiligidagi Germaniyaning reparatsiyalar bo‘yicha Xalqaro komissiyasi hisobotidir.

Jitel Volgograda sobral u sebya v podvale unikalnuyu orujeynuyu kolleksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Volgogradlik fuqaro o‘z uyida Stalingrad urushi muzeyi tashkil qildi

Komissiyaning vazifasiga mag‘lubiyatga uchragan Germaniya g‘olib-derjavalarga yetkazilgan zararni qoplash formulasini aniqlash kirardi. 

Komissiya quyidagi xulosaga keldi: "Germaniya tomonidan Sovet Ittifoqi frontida o‘tkazgan askar-kunlar soni boshqa ittifoqdosh frontlar sonidan kamida 10 baravar ko‘p. Sovet fronti shuningdek, nemis tanklarining beshdan to‘rt qismini va Germaniya samolyotlarining uchdan ikki qismini kechiktirdi". Umuman olganda, Gitlerga qarshi koalitsiyaning barcha harbiy harakatlarining 75 foizi SSSR hissasiga to‘g‘ri keldi. Urush yillarida Qizil Armiya "o‘q" mamlakatlarining 626 ta diviziyasini, shundan 508 tasi nemislarniki edi, "yakson qildi".

1942 yilning 28-aprelida Ruzvelt Amerika millatiga murojaatida shunday dedi: "Rossiya qo‘shinlari boshqa jamiki birlashgan millatlardan ko‘ra bizning umumiy dushmanimizning jonli kuchlari, samolyotlari, tanklari va qurollarini ko‘proq yo‘q qildilar va yo‘q qilmoqdalar".

Cherchill 1944-yil 27-sentabr kuni Stalinga yo‘llagan maktubida "aynan rus armiyasi nemis harbiy mashinasi ichaklarni chiqarib tashladi", - deya yozgan.

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Stalin, Cherchill va Gitler - Zulfiqor Musoqovning yangi filmida

Ushbu baho butun dunyoda o‘z aksini topdi. Chunki bu so‘zlarda - o‘sha, hech kim gumon ostiga olmagan buyuk haqiqat mujassam edi. 27 millionga yaqin sovet fuqarolari frontlarda, nemis asirligida, ochlik va bombardimonlar oqibatida, gettolarda va natsist lagerlaridagi ajal pechlarida halok bo‘ldilar. SSSR har yettinchi fuqarosini yo‘qotdi, Buyuk Britaniya – 127 nafardan bittasini, AQSh esa 320 nafardan birini. Afsuski, Sovet Ittifoqining eng og‘ir, to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishlari aks etgan bu raqamlar batamom emas. Barcha halok bo‘lganlar: jazolovchilar tomonidan yo‘q qilingan Qizil Armiya jangchilari, partizanlar, podpolchi, konslager harbiy asirlari, tinch aholi  ismi va taqdirini qayta tiklash bo‘yicha mashaqqatli ishlarni davom ettirish lozim. Bu bizning burchimiz. Bunda arxiv hujjatlariga asoslangan "Xalq xotirasi" elektron ma’lumotlar bazasi kabi qidiruv harakatining ishtirokchilari, harbiy-vatanparvar va ko‘ngilli birlashmalarning alohida o‘rni bor.

Tabiiyki, bunday umumgumanitar muammoni hal qilishda yaqin xalqaro hamkorlik zarur. Umumiy dushmanga qarshi kurashgan barcha mamlakatlar va xalqlar harakatlari tufayli g‘alabaga erishilgan. Britaniya armiyasi o‘z vatanini bosqinchilikdan himoya qildi, natsistlar va ularning satellitlari bilan O‘rta yer dengizida, Shimoliy Afrikada jang qildi.

Amerika va Britaniya qo‘shinlari Italiyani ozod qildilar, Ikkinchi frontni ochdilar. AQSh agressorga Tinch okeanida kuchli, qaqshatkich zarba berdi. Xitoy xalqining ulkan qurbonliklari va uning yapon militaristlarini tor-mor qilishdagi ulkan rolini xotirlaymiz. Sharmandali kapitulyatsiyani tan olmagan va natsistlarga qarshi kurashni davom ettirgan "Kurashayotgan Fransiya" jangchilarini unutmaymiz.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill, AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzvelt va sobiq Ittifoq marshali Iosif Vissarionovich Stalin - Sputnik O‘zbekiston
Qrim hukumati: Britaniya Rossiyaga "Cherchill ko‘zlari" bilan qarashni bas qilmog‘i lozim

Biz shuningdek, Qizil Armiyani boyepripaslar, xom-ashyo, oziq-ovqat, texnika bilan ta’minlagan ittifoqdoshlar tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun hamisha minnatdor bo‘lamiz. Bu salmoqli yordam edi - Sovet Ittifoqi harbiy ishlab-chiqarishi umumiy hajmining yetti foizga yaqinini tashkil etardi.

Gitlerga qarshi koalitsiyaning yadrosi Sovet Ittifoqiga qilingan hujumdan so‘ng, AQSh va Buyuk Britaniya uni fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashda shartsiz qo‘llab-quvvatlaganidan keyin darhol shakllana boshlagan edi.

1943 yildagi Tehron konferensiyasida Stalin, Ruzvelt va Cherchill buyuk derjavalar alyansini shakllantirdilar, koalitsiya diplomatiyasini ishlab chiqish, umumiy halokatli tahdidga qarshi kurashda birgalikda strategiya ishlab chiqishga kelishdilar.

Katta uchlik rahbarlari SSSR, AQSh, Buyuk Britaniyaning sanoat, resurs va harbiy salohiyatini birlashtirish dushmanga nisbatan shubhasiz ustunlikni yaratishi haqida aniq tushunchaga ega edilar.

Sovet Ittifoqi o‘z ittifoqdoshlari oldidagi majburiyatlarini to‘laqonli bajargan, hamisha yordam qo‘lini cho‘zgan.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ikkinchi Jahon urushidagi MDH xalqlari qahramonligini abadiylashtirmadi - Rossiya

Xususan, Belarusdagi keng ko‘lamli "Bagration" operatsiyasi yordamida Qizil Armiya ingliz-amerika desantining Normandiyaga qo‘nishini qo‘llab-quvvatladi. 1945-yilning yanvarida Oderga yorib kirib, bizning jangchilarimiz vermaxtning Ardennada G‘arbiy frontga katta kuch bilan uyushtirgan xujumiga nuqta qo‘ygan edilar.

Germaniya ustidan g‘alaba qozonganidan uch oy o‘tgach, SSSR Yalta bitimlariga muvofiq ravishda Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi va millionli Kvantung armiyasini mag‘lub etdi.

1941 yil iyul oyida Sovet Ittifoqi rahbariyati "fashist bosqinchilariga qarshi urushning maqsadi nafaqat mamlakatimiz ustiga yopirilayotgan xavfni yo‘q qilish, balki nemis fashizmi zulmi ostida ingrab turgan barcha Yevropa xalqlariga yordam berish" ekanligi to‘g‘risida bayonot qilgan edi.

1944 yilning o‘rtasiga kelib dushman butun boshli sovet hududidan deyarli quvib chiqarildi. Ammo uni o‘z inida oxirigacha bir yoqlik qilish lozim edi. Va Qizil Armiya Yevropada ozodlik missiyasini boshladi, butun boshli xalqlarni yo‘q qilinish, qullik va Xolokost dahshatlaridan qutqardi, u qutqarish ishlarini yuz minglab sovet askarlari hayoti evaziga amalg oshirdi.

Monument Fedoru Poletayevu v poselke Krasnogorsk Tashkentskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida SSSR Qahramoni Poletayev xotirasiga yodgorlik tiklandi

Shuningdek, SSSR ozod bo‘lgan mamlakatlarga ochlik xavfini bartaraf etishda, iqtisodiyot va infratuzilmani tiklashda ko‘rsatgan ulkan moddiy yordamni unutmaslik kerak. U buni Brestdan Moskva va Volgaga qadar minglab kilometrga cho‘zilgan vayronalar sharoitida amalga oshirdi.

Shunday qilib, masalan, 1945-yil may oyida Avstriya hukumati SSSRga oziq-ovqat masalasida yordam qilishni so‘rab murojaat qildi, chunki "yangi hosilga qadar kelgusi yetti hafta davomida o‘z aholisini qanday qilib boqishni bilmasdi". Avstriya Respublikasi Muvaqqat hukumati davlat kansleri K. Renner Sovet rahbariyatining oziq-ovqat yuborishga roziligini "avstriyaliklar hech qachon unutmaydigan" "xaloskorlik akti..." deya ta’rifladi.

Ittifoqchilar hamkorlikda natsistlar siyosiy va harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun mo‘ljallangan Xalqaro harbiy tribunalni tuzdilar. Uning qarorlarida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan genotsid, etnik va diniy tozalash, antisemitizm va ksenofobiya kabi jinoyatlarga aniq huquqiy kvalifikatsiya berilgan. Nyurnberg sudi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shubhaga o‘rin qoldirmaydigan bir tarzda natsistlar va ularning hamtovoqlari, turli guruhga mansub kollaboratsionist ustidan hukm o‘qidi.

Vulkan na poverxnosti Veneri - Sputnik O‘zbekiston
SSSR Zuhra yulduziga qo‘nish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rgan?

Ushbu sharmandali holat Yevropaning barcha davlatlarida sodir bo‘ldi. Peten, Kisling, Vlasov, Bandera kabi "arboblar", ularning malaylari va izdoshlari, garchi milliy mustaqillik yoki kommunizmdan ozodlik kurashchilari liboslariga burkangan bo‘lishlariga qaramay, xoin va jallodlardir. Ular shafqatsizlikda ba’zida o‘z xo‘jayinlarini ortda qoldirardilar.

O‘zlarini ko‘rsatish maqsadida maxsus jazo guruhlari tarkibida kannibalistik topshiriqlarni bajonidil bajarishardi. Babiy Yardagi qatl, Volin qirg‘ini, Yondirilgan Xatin, Litva va Latviyada yahudiylarni yo‘q qilish aksiyalari ularning qonli qo‘llari tomonidan amalga oshirilgan.

Va bugungi kunda ham bizning pozitsiyamiz o‘zgarishsiz qolmoqda: natsistlar sheriklarining jinoiy harakatlari uchun hech qanday oqlov bo‘lishi mumkin emas, bunday jinoyatlar o‘tish muddati bo‘lmaydi. Shu sababli, bir qator mamlakatlarda natsistlar bilan hamkorlik qilish orqali o‘z sha’nini bulg‘aganlar to‘satdan Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan tenglashtirilgani taajjubga soladi. Men xaloskorlar va bosqinchilar o‘rtasida tenglik belgisi qo‘yish mumkin emas, deb hisoblayman. Natsistlar sheriklarining qahramonlashtirilishini esa faqatgina otalarimiz va bobolarimiz xotirasiga xiyonat sifatida ko‘rish mumkin. Natsizmga qarshi kurashda xalqlarni birlashtirgan ideallarga xiyonat sifatida.

O‘shanda SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari oldida hech bir mulolag‘asiz tarixiy vazifa turardi. Stalin, Ruzvelt, Cherchill turli mafkuralar, davlat intilishlari, manfaatlar, madaniyatlarga ega bo‘lgan davlatlarni taqdim etardilar, ammo ulkan siyosiy iroda ko‘rsatib, qarama-qarshilik va xayollardan ustun bo‘lib, dunyoning chin manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ydilar. Natijada, ular kelishuvga keldilar va butun insoniyat bundan yutgan yechimga erishdilar.

Kursantki Voyennogo universiteta ministerstva oboroni RF na voyennom parade, posvashennom 73-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan

G‘olib-derjavalar bizga bir necha asrlar uchun intellektual va siyosiy izlanish kvinessensiyasiga aylangan muhim tizimni qoldirdilar. Tehron, Yalta, San-Fransisko, Potsdam singari qator konferensiyalar shunga asos soldiki, dunyo mana 75-yil davomida keskin  qarama-qarshiliklarga qaramay, global urushsiz yashamoqda.

Biz hozir G‘arbda va ayniqsa Ikkinchi Jahon urushi va uning yakunlari mavzusiga nisbatan kuzatayotgan tarixiy revizionizm shu bilan xavfliki, u 1945-yilda Yalta va San-Fransisko anjumanlari tomonidan asos solingan tinch taraqqiyot tamoyillari tushunchasini qo‘pol ravishda buzib ko‘rsatmoqda.

Yalta va o‘sha davrdagi boshqa qarorlarning asosiy tarixiy yutug‘i yetakchi kuchlarga ular o‘rtasida nizo vujudga keladigan taqdirda uni hal qilishda diplomatiya doirasida qolishga imkon beradigan mexanizmni yaratishga bildirilgan rozilikda edi.

XX asr total va keng qamrovli jahon mojarolarini olib keldi, 1945-yilda esa Yerni jisman yo‘q qilishga qodir bo‘lgan yadro qurollari ham maydonga chiqdi. Boshqacha aytganda, nizolarni kuch bilan hal qilish o‘ta xavfli bo‘lib qoldi. Va Ikkinchi jahon urushidagi g‘oliblar buni tushunishardi. Ular insoniyat oldidagi o‘zlarining shaxsiy mas’uliyatlarini tushunishar va anglardilar.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s rabochey gruppoy po podgotovke popravok v Konstitutsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya sobiq SSSR respublikalarining barcha qarzlarini to‘lagan - Putin

1945 yilda Millatlar ligasining qayg‘uli tajribasi hisobga olindi. BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasi tinchlik kafolatlarini maksimal aniq va ta’sirchanqilish uchun tuzilgan. Shu tariqa Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari instituti va ular javobgarligi sifatida veto huquqi paydo bo‘ldi.

BMT Xavfsizlik Kengashida veto huquqi nima degani? Ochig‘ini aytganda, bu eng yirik mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuviga yagona oqilona alternativa. Bu beshta derjavadan birining u yoki bu qaror u uchun nomaqbul ekani, uning manfaatlari va to‘g‘ri yondashuv haqidagi tasavvurlariga zidligi haqidagi bayonotidir. Va boshqa davlatlar, garchi bunga rozi bo‘lmasalar ham, pozitsiyani qabul qiladilar va o‘zlarining bir tomonlama intilishlarini amalga oshirishga urinishlaridan voz kechadilar. Ya’ni, har qanday holatda murosa qilish kerak.

Yangi global qarama-qarshilik Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng deyarli darhol boshlandi va ba’zan juda shiddatli xarakter kasb etdi. Sovuq urush uchinchi jahon urushiga aylanib ketmaganligi "Katta Uchlik" tomonidan imzolangan shartnomalar samaradorligini ishonchli tasdiqladi. BMTni tuzishda kelishilgan axloq qoidalari, kelajakda xatarlarni imkon qadar kamaytirish va qarama-qarshilikni nazorat ostida ushlashga imkon berdi.

Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
SSSR qulaganidan keyin yo‘qotilgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz – Kupriyanov

Albatta, biz BMT tizimi hozirda zo‘riqish bilan ishlayotgani, kutilgan samarani bermayotganini ko‘rapmiz. Ammo BMT o‘zining asosiy vazifasini avvalgidek bajarishda davom etmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashining tamoyillari - katta urush yoki global mojaroning oldini olishning o‘ziga xos noyob mexanizmidir.

So‘nggi vaqtlarda tez-tez yangrayotgan veto huquqini bekor qilish va Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolarini maxsus imkoniyatlardan mahrum qilish haqidagi chaqiriqlar aslida mas’uliyatsizlikdir. Oxir oqibat, agar bu ro‘y bersa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘sha Millatlar Ligasiga aylanadi - dunyodagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish richaglaridan mahrum, quruq suhbatlar uchun uchrashuv; bu qanday yakunlan topgani hammaga ma’lum. Shuning uchun g‘olib-derjavalar o‘z o‘tmishdoshlari xatolarini takrorlamaslik uchun yangi dunyo tartiboti tizimini shakllantirishga jiddiy yondoshdilar.

Xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimini yaratish - Ikkinchi jahon urushining eng muhim natijalaridan biridir. Hatto eng murosasiz ziddiyatlar - geosiyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy - tinchlik va hamjihatlikda yashash va hamkorlik qilish shakllarini topishga xalaqit bermaydi, agar buning uchun xohish va iroda bo‘lsa. Bugun dunyo notinch davrlarni boshdan kechirmoqda.

Teleekran na kotorom vidni lideri stran G20 - Sputnik O‘zbekiston
Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?

Hammasi o‘zgarmoqda: global kuchlar joylashuvi va ta’siridan muvozanatidan tortib jamiyatlar, davlatlar va butun boshli mintaqalarning ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik asoslariga qadar. O‘tgan davrda bunday ko‘lamdagi siljishlar hech qachon katta harbiy mojarolarsiz, kuchlar to‘qnashuvi va yangi global iyererxiyani qurishsiz kechmagan. Ittifoqdosh derjavalar siyosiy arboblarning donishmandligi va uzoqni ko‘ra bilishi tufayli dunyo miqyosida raqobatning rivojlanishiga xos bo‘lgan bunday obyektivning haddan tashqari namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan tizimni yaratishga muvaffaq bo‘lindi.

Bizning burchimiz - siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olganlarning, birinchi navbatda Ikkinchi jahon urushidagi g‘olib-derjavalar vakillarining - ushbu tizim saqlanib qolishi va takomillashishini kafolatlashdir. Bugungi kunda, 1945-yildagi kabi, siyosiy irodani namoyon etib, birgalikda kelajakni muhokama qilish mumkin. Bizning hamkasblarimiz - Si Szinpin, Makron, Tramp, Jonson janoblari - Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan beshta yadro davlatlari rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazish haqidagi Rossiya tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz va bunday uchrashuv eng qisqa fursatda bo‘lib o‘tadi, deb umid qilamiz.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite liderov Bolshoy dvadsatki po koronavirusu v rejime videokonferensii - Sputnik O‘zbekiston
"Katta yigirmatalik" sammiti: eng muhim takliflar

Kutilayotgan sammit kun tartibini qanday ko‘rmoqdamiz? Avvalo, bizning fikrimizcha, dunyo ishlarida kollektiv boshlanishlarni rivojlantirish bo‘yicha qadamlarni muhokama qilish, tinchlikni saqlab qolish, global va regional xavfsizlik masalalari, strategik qurollar ustidan nazorat, terrorizm, ekstremizm va boshqa dolzarb chaqiriqlar va xatarlar haqida ochiq gaplashib olish maqsadga muvofiqdir.

Uchrashuv kun tartibidagi alohida mavzu - bu global iqtisodiyotdagi vaziyat, birinchi navbatda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozni yengib o‘tishdir. Mamlakatlarimiz odamlarning sog‘lig‘i va hayotini himoya qilish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralarni ko‘rmoqda.

Ammo pandemiya qanday oqibatlarga olib kelishi, global iqtisodiyot retsessiyadan qanchalik tez chiqib ketishi, bizning haqiqiy sheriklar singari birgalikda va kelishgan tarzda ishlash qobiliyatimizga bog‘liq.

Pandemiya va iqtisodiyot - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya sharoitida iqtisodga kim yordam beradi?

Qolaversa, iqtisodiyotni bosim va ziddiyat vositasiga aylantirish mumkin emas. Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, shuningdek global axborot makonining xavfsizligini ta’minlash dolzarb mavzular qatoriga kiradi.

Rossiya tomonidan taklif etilayotgan "beshlik" sammitining kun tartibi bizning mamlakatlarimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham o‘ta muhim va dolzarbdir. Har bir punkt bo‘yicha bizda aniq g‘oyalar va tashabbuslar mavjud.

Shubha yo‘qki, Rossiya, Xitoy, Fransiya, AQSh va Buyuk Britaniya sammiti zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi umumiy javob topishdagi izlanishlarda muhim rol o‘ynaydi va bu bilan umumiy ittifoqdoshlik ruhiga va ota-bobolarimiz kurash olib borgan yuksak insonparvarlik g‘oyalari va qadriyatlarga sodiqligini namoyish etadi.

Umumiy tarixiy xotiraga tayanib, biz bir-birimizga ishonishimiz mumkin va kerak. Bu muvaffaqiyatli muzokaralar va sayyoradagi barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barcha davlatlarning farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida kelishilgan harakatlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Mubolag‘asiz aytish mumkin-ki, bizning butun dunyo, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi umumiy burchimiz aynan shundan iborat.

 

Yangiliklar lentasi
0