Stalin aytganiday bo‘ldi – 50-yil o‘tib dunyoda yangi tafovutlar boshlandi...

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishIosif Stalin. Arxivnoe foto.
Iosif Stalin. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1945 yilda Yaltada bo‘lib o‘tgan tinchlik shartnomasi imzolash marosimida 3ta yetakchi davlatlar rahbarlari uchrashuvida Stalin “Biz tirik ekanmiz urush bo‘lmaydi...”, - degan edi.

75 yil oldin, 1945-yil 4 dan 11-fevralgacha Yaltada Katta Uchlik anjumani bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Stalin, Cherchil va Ruzvelt uchrashib, bundan keyingi yillardan dunyoda qanday tartib hukm surishi haqida kelishib olishgan edi. 

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov - Sputnik O‘zbekiston
Stalin, Cherchill va Gitler - Zulfiqor Musoqovning yangi filmida

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, yangi dunyo tartibini belgilab olish uchun jami uchta uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi - Yaltadan oldin Tehron (1943 yil 28-noyabr - 1-dekabr), keyin Potsdam (1945 yil 17-iyul - 2-avgust), ammo faqat Yalta uchrashuvi dunyo tarixining butun bir davriga nom berdi.

Urushdan keyingi Yalta dunyo tartibi deb atalgan  xalqaro munosabatlar tizimi 44-yil davomida - 1945-yildan 1989-yilgacha amal qildi. Yalta dunyosining tugashi uchun shartli sana 1989-yil 3-dekabr deb hisoblanishi mumkin. So‘ngra, Malta orolidagi kreyserda M.S. Gorbachov shunday dedi: "Dunyo bir davrni tark etib, yangisiga qadam bosmoqda. Biz uzoq safarning boshidamiz. Bu doimiy tinchlik yo‘lidir. Zo‘ravonlik xurujlari, ishonchsizlik, psixologik va mafkuraviy kurash - bularning barchasi endi mangulikda qolishi kerak. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentini (Jorj V. Bush - tahr.) hech qachon Qo‘shma Shtatlarga qarshi urush boshlamasligimga ishontirdim".

Ximicheskaya zashita - Sputnik O‘zbekiston
Uchinchi jahon urushi yoxud Pentagonga rossiyaliklarning to‘qimalari nima uchun kerak?

Sovuq Urushning tugashi haqidagi g‘ayratli xabar Sharqiy Yevropa blokining tezda qulashi bilan teng keldi. Va 1989-yil noyabr-dekabr oylarida ushbu parchalanish Yevropa xaritasini to‘liq o‘zgartirdi: yangi 1990-yilga kelib, Sovet ta’sir doirasi endi yo‘q edi. Ehtimol, Gorbachev yomon o‘yin sharoitida yaxshi mina qo‘ygandir, ehtimol u endi haqiqatdan, xalqlar nizolarni unutib, buyuk oilaga birlashishiga chin dildan ishongan. Qanday bo‘lmasin, Sovuq urushning 44-yillik davri va shu bilan barqaror dunyo haqiqatdan ham tugadi. Bir-biriga tirkagich sifatida o‘rnatilgan ajratuvchi chegaralar endi yo‘q.

Yalta qirq yildan ortiq dunyo tartibiga har hil baholar berilgan baholanib kelmoqda. Salbiy obrazlardan - "Yalta qurbonlari", "Yevropaning yarmini g‘ajib yuborishdi", "Temir parda tushdi", Bulgakovning Pontiy Pilati ruhida juda ijobiy - "Imperator Tiberiyning kuchi kabi odamlar uchun buyukrok va yaxshiroq kuch bu dunyoda bo‘lmagan, yo‘q va bundan buyon bo‘lmaydi!"

Qarama-qarshi bloklarning o‘zaro tiralishi davrini buyuk va chiroyli deb atash – ehtimol, safsatadir, ammo Yalta insoniyatni uchinchi jahon urushi lazzatlaridan qutqardi deb hisoblash mumkin. "Uchlik" ning barcha a’zolari amal qilgan diplomatik ikkiyuzlamachiligi uchun barcha mumkin bo‘lgan tuzatishlar hisobga olgan holda, Stalinning 1945-yil 6-fevraldagi hamkorlarga qilgan murojaatini eslash joiz:

- Toki biz tirik ekanmiz, albatta, qo‘rqadigan hech narsa yo‘q. Biz oramizdagi xavfli tafovutlar vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Hech qaysi davlatga qarshi yangi tajovuzning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz, lekin o‘n yoki undan ham ozroq yillar o‘tgach biz yo‘q bo‘lib ketarmiz ham. Biz o‘z boshimizdan kechirganlarni hech qaysinisini kechirmagan va ko‘pchilik muammolarga bizdan farqli o‘laroq boshqacha fikrda bo‘lgan yangi avlod paydo bo‘ladi. Unda nima bo‘ladi? Biz xuddi keyingi 50-yil davomida dunyoni ta’minlash maqsadini oldin surmoqdamiz, - degan edi dohiy. 

Yangi siyosiy tafakkurni va dunyoning yangi rahbarlari va M. S. Gorbachevni eslab, o‘rtoq Stalin ko‘ngli sezganini va Yaltada tuzilgan tizimning amal qilish muddatlarida ham xato qilmaganligini tan olish kerak.

Suriyadagi ahvol. - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo Uchinchi jahon urushi arafasidami?

Bu "dono, aziz va suyukli" Stalin haqida ajoyib qo‘shiq emas, gunohi ham, xizmati  ham uchchalasiga tegishli - Ruzvelt va Cherchillga ham "aziz va sevikliligi" haqida qo‘shiqlar atash mumkin.

Ehtimol, 1945-yil boshiga kelib yulduzlar shu tarzda joylashishdi. Qizil Armiya o‘sha paytda buzilmas inersiyani qo‘lga kiritdi, g‘arb tomon siljishni to‘xtatishning iloji yo‘q edi va siyosatchilarning vazifasi qandaydir tarzda demarkatsiya chiziqlarini belgilab, SSSR uchun g‘oliblik vokelikni chegaralash liniyalarini belgilar orqali shakllantirish edi. Ya’ni, "bu bizniki, va bu sizniki" formulasini topish.

U topildi. Fukuyamaga ko‘ra tarix oxirigacha - 1989-yilgacha va bu tamoyil saqlanib qolgan. Tashqi ta’sir doirasidagi hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv bo‘lmagan. Stalin inglizlar tomonidan olib borilgan Yunon kontrrevolyutsiyani "yutib yubordi", G‘arb esa Vengriya inqilobini bostirilishini "yutdi" (u ham aksil-inqilobiy qo‘zg‘olon). SSSR Italiya ishlariga, "erkin dunyo" esa Chexoslovakiyaga aralashmadi. Brejnev doktrinasi haqiqatdan ham tan olingan.

Tank M1 Abrams - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bilan "urushda" AQSh qanday to‘siqlarga duch kelishi mumkin - OAV tahlili

Albatta, dinamik o‘zaro tiranishlar aslo yorqin uyg‘unlikni anglatmaydi va bilvosita harakatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri iflos nayranglarni rad etmaydi. Markaziy razvedka boshqarmasi ham, KGB ham nonni bekorga yemaganlar, va Yevropaning tashqarisida to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli bo‘lgan. Shunga qaramay, 1945-yil fevral oyida qurilgan qaltis dunyoga alternativa faqat yomon kelishuvlarni qayta tiklash uchun yangi urinish bo‘lishi mumkinligi Yalta davri mobaynida tan olindi. Ya’ni, uchinchi dunyo yoki shunga o‘xshash hodisa. Va buni, umuman olganda, hech kim hohlamagan - hamma tomonga murosani uzaytirish ma’qul ko‘rindi.

Kompromisning sifati to‘g‘risida nuqtayi nazar har hil bo‘lgan. Sharqiy Yevropaning sotsialistik mamlakatlari (shu jumladan limitrof davlatlar ham: Estoniya, Latviya, Litva va Finlyandiya – tahr.) Yalta dunyosini juda nozik deb hisoblashgan, ammo hech kim ulardan buni so‘ramagan ham. Ehtimol, Yalta tizimi uzoqroq mavjud bo‘lgan bo‘lar edi, lekin Sovet elitasi yoqimli yangi siyosiy tafakkurni kashf etdi va Sovuq Urushni, ya’ni yarim asrlik o‘zaro tiranishlarni to‘xtatishga qaror qildi.

Buning oqibatlari bugun ravshan.

Yangiliklar lentasi
0