Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qo‘ydi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor telekanala RT i MIA "Rossiya segodnya" Margarita Simonyan.
Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Rossiya segodnya” XAA va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Polsha hukumatiga qaratilgan #VamNeStidno (Uyat emasmi) aksiyasini boshlashni taklif qildi.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan polshalik siyosatchilarga Polshani ozod qilishdagi Qizil armiyaning roli haqida eslatuvchi #VamNeStidno (Uyat emasmi) aksiyasini boshlashni taklif qildi.

Jurnalist NTV telekanalining “Svoya pravda” ko‘rsatuvida ushbu g‘oyani o‘rtaga tashladi.

Simonyan Rossiya Mudofaa vazirligining Ikkinchi jahon urushi haqidagi oshkor qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarni “ota-bobolarning xotirasini kamsitishga imkon berayotgan yomon odamlarga” yetkazish zarurligini ta’kidladi

Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston
Rusofobiya va antisemitizm qo‘l ushlashib kelmoqda - ekspert

“Birgina Polshani ozod qilish uchun butun Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan amerikaliklarga qaraganda ko‘proq odamlarimiz halok bo‘lgan. Bu tibbiyot fakti. Shuning uchun men bu ota-bobolarimizning xotirasini kamsitishga, ularning buyuk jon berishini toptashga, ularning buyuk fidoyiliklarini oyoqosti qilishga, ularni qabrlarida tinch qo‘ymaslikka imkon berayotgan razillarga, yomon odamlarga – men odamlardan ularning ijtimoiy tarmoqlariga xabar yo‘llashlarini taklif qilaman va so‘rayman: salom, taqsir, mening bobom Varshava yaqinida sizni, ota-bobongizni ozod qila turib halok bo‘ldi. #VamNeStidno (Uyat emasmi) xeshtegi bilan”, - dedi RT telekanali bosh muharriri.

U  Polsha prezidenti Andjey Duda, bosh vazir Mateush Moraveskiy va TIV rahbari o‘rinbosari Pavel Yablonskiyning ijtimoiy tarmoqlariga Polsha va Osvensimni ozod qilgan kishilar tarixini #VamNeStidno xeshtegi bilan yo‘llashni taklif qildi.

2020 yil boshida Polsha hukumati Varshavaning german fashistidan ozod qilinishining 75-yilligini nishonlashdan bosh tortdi.

Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Rossiya ilgari bir necha marta G‘arbning Ikkinchi jahon urushi va uning natijalarini qayta yozishga urinishlari haqida ma’lum qildi. Rossiya prezidenti Federal kengashga murojaatnoma yo‘llayotib, Rossiya Ulug‘ Vatan urushi haqidagi haqiqatni saqlashga va uning tarixini soxtalashtirishga urinishlarga qarshi kurashishi lozimligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0