G‘arb Rossiyani yolg‘on xabar va statistikani yashirishda ayblamoqda

Obuna bo‘lish
G‘arbning Financial Times va The New York Times nashrlari o‘z materiallarida Rossiyani koronavirusdan rasmiy o‘lim statistikasini pasaytirganlikda ayblashdi.

O‘z navbatida Rossiya hukumati ushbu maqolalardagi faktlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilib, raddiya talab qilishdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova buni rejalashtirilgan Rossiyaga qarshi uyushtirilgan axborot hujumi deb atadi.

Koronavirus mavzusida o‘z manfaati uchun foydalanish bilan nafaqat G‘arb matbuoti, hatto Amerika rasmiylari ham shug‘ullanishmoqda. Ular bir necha marta asossiz ayblov yog‘dirgandi.

Ehtimol, AQSh shu yo‘l bilan koronavirusga qarshi kurashda o‘zining kuchsizligini oqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQShda koronavirus bilan bog‘liq 1,4 millionta holat qayd etilgan va 80 mingdan ziyod o‘lim holati kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0