Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbeklar haqida kitob chop etiladi

© Iz lichnogo arxiva Umida XalikovaStend s knigami - Izdatelstvo "Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi" direktor Umid Xalikov
Stend s knigami - Izdatelstvo Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi direktor Umid Xalikov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarusda ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan o‘zbeklar haqida kitobni 9-may kuniga chop etish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus mutaxassislari hamkorlikda ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan "Xatin voqealari" haqida kitob chop etishadi.

XXVI Minsk xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi doirasida "Sharq Ziyokori Kitoblar Markazi" direktori Umid Xalikov va Belarusning yirik kitob savdo tashkiloti - "BELKNIGA" OAJ Bosh direktori A. Vashkevich tomonidan  memorandum imzolandi.

Govorashaya kniga dlya malishey - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etiladi

Unga ko‘ra ikki xalq adabiyot namunalari almashish, kitob savdosini tashkil etish va chet tillarga tarjima qilish ko‘zda tutilgan.

"Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki" nashriyoti bilan mingdan ortiq o‘zbeklar halok bo‘lgan - "Xatin" qishlog‘ida yuz bergan mudhish voqealar haqida kitob nashr qilishga kelishib olindi. Ushbu kitobni 9-may arafasida chop etish rejalashtirildi”, - dedi Xalikov.

Yangiliklar lentasi
0