Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti

© Sputnik / Aleksandr Nevejin / Mediabankka o‘tishPisatel Konstantin Simonov v svoyem rabochem kabinete
Pisatel Konstantin Simonov v svoyem rabochem kabinete - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulug‘ Vatan urushi davrida O‘rta Osiyoga taniqli san’at va adabiyot arboblarini majburiy evakuatsiya qilinishi munosabati bilan Rossiya va O‘zbekiston madaniy merosining rivojlanish tarixining yangi bosqichi ham keldi.

Toshkentga evakuatsiya qilingan ijodkor-ziyolilarning vakillari orasida A.A.Axmatova, A.N.Tolstoy, K.M.Simonov, K.I.Chukovskiy, F.G.Ranevskaya, V.V.Ivanov, N.Ya.Mandelshtam, E.S.Bulgakova, N.F.Pogodin, E.G.Babayev, M.I.Belkina va O‘zbekiston SSR poytaxtidagi hayot haqida kundaliklarda behisob yozuvlarni qoldirgan M.I.Svetayeva o‘g‘li - G.S.Efron.

Anna Axmatova: "Shundayekansanda, Sharq!"

Anna Andreyevna Axmatovaning harbiy she’rlari Sovet she’riyatida alohida yashirin o‘rinni egallaydi va zamondoshlarimiz uni mashaqqatli kunlarning guvohi bo‘lgan azob-uqubatlarni o‘z ichiga olgan epos sifatida qabul qiladi. Qamaldagi Leningraddan shoira 1941-yil noyabr oyida Toshkentga evakuatsiya qilinib, o‘z vataniga faqat 1944-yil may oyida qaytib keldi. Bu davr Anna Andreyevna uchun samarali bo‘ldi: u ko‘p she’rlar yozdi, o‘zining asosiy asari bo‘lmish  "Qahramoni yo‘q poema" ustida ishladi.

© Sputnik / Yakov Brodskiy / Mediabankka o‘tishFotografiya poetessi Anni Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Fotografiya poetessi Anni Axmatovoy. Tashkent. 1942 god.

Axmatovaning Toshkent haqidagi ilk taassurotlari farqli bo‘lgan. U Sharqning go‘zalligini hali tushunib yetmagani uchun unda anglab yetib bo‘lmas bezovtalik hissi vujudga keldi. "Smolensk qabristonida" she’rida u o‘zining dastlabki hissini shunday izohladi: "Sharq hanuz noma’lum makonday // Va u olisda dahshatli dushman galasi kabi gumburlar". Keyinchalik, sharq mavzusi uning ijodi orqali leytmotiv bo‘lib o‘tib, sherlarida abadiy qoladi: "Shunday ekansanda, Sharq!"

Anna Axmatovaning Toshkentda yozgan deyarli barcha she’rlari sevimli Leningradga bag‘ishlangan, ammo Sharq uning xotirasida va ijodida iz qoldirdi.

Mening pishiq uyim – Osiyo,

Anduh chekma, men hali hanuz

Qaytgum. Gullar, panjara aro

To‘lib tursin eng to‘la hovuz.*

(Oygul Suyundikova tarjimasi)

Leningradga qaytgach, Axmatova shunday deb yozadi: "Men Toshkentda jazirama issiq, daraht soyasi va suvning tovushi birinchi bor nimaligi tushundim. Yana insoniy mehr-oqibat nima ekanligini bildim".

Evakuatsiya yillarida Anna Andreyevna O‘zbekistonning turli yozuvchilar anjumanlarida qatnashdi, ijodiy kechalar va konsertlarda chiqishlar qilgan. 1944-yil may oyida ketishdan oldin shoira o‘zining mashhur "Jasorat", "Toshkent gullab yashnamoqda", "Palmira" she’rlarini, shuningdek, "Yana bir lirik chekinish"ni yozdi va unda shaharga bo‘lgan samimiy hayratini ifoda etdi: "Ammo, eslayman shu onda / / Toshkent qanday gullab-yashnaganin, // Oq olov bilan qoplanganda, // Issiq, xushbo‘y, murakkab, // Ajablanarli ... ".

G‘alaba qanotlari - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yaratilgan G‘alaba qanotlari

Urushdan so‘ng Anna Axmatova evakuatsiya davrida o‘ziga jonajonday bo‘lib qolgan "begona yerlarida" o‘tgan yillarini mehr bilan eslaydi. O‘zining avtobiografik yozuvlarida u shunday ta’kidladi: “O‘zbekistonda, masalan, shundoq ham ko‘p bolali oilalar anchagina, ammo ular ham Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Moldova, Polsha, Gretsiyalik yetimlarni asrab olishdi, qochqinlarga pana berishdi, ularga ohirgi noni va shakarini, palov yoki sutning oxirgi piyolasi bilan ulashishdi. Hech kim hech qachon buni unutmasligiga ishonmoqchiman ... "

Hayotining oxirida Axmatova davomiy kasalligi tufayli juda yomon his qilgan o‘zini va uning tinchligini himoya qilgan yaqin odamlari doim uning oldiga mehmonlarga yoniga kirishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Uning iste’dodining muxlislari esa juda ko‘p edi, ular Kumush asrning tirik afsonasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va u bilan suhbatlashishni istashgan.

Ammo toshkentlik mehmonlar uchun uyining eshiklari doim ochiq edi. Do‘stlarining xotiralariga ko‘ra, Axmatova: "Agar Toshkentdan kelsalar, oldimga darhol qo‘yib yuboringlar", - deyar edi.

2000 yilda Rossiya madaniyat markazi va Rossiya fan va madaniyat markazi ko‘magida Toshkent shahrida Anna Axmatovaning "Mangalochiy hovlisi" klub-muzeyi tashkil etildi. Uning xodimlari shoira yashagan va ishlagan muhitni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi. Hozirgi kunda klub-muzeyda tez-tez konsertlar, adabiy o‘qishlar o‘tkazilmoqda.

Aleksey Tolstoy. "Kambag‘allar uchun Istambul"dagi "Qizil graf"

Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchilar orasida tarixiy, ilmiy-fantastik va ijtimoiy-psixologik romanlarning muallifi graf Aleksey Nikolayevich Tolstoy ham bor edi. Boshqa madaniyat va san’at arboblardan farqli o‘laroq, Tolstoy 1941-yil noyabr oyida O‘zbekiston poytaxtiga bu kabi maqom egalariga xos bo‘lgan dabdaba bilan keldi.

Guvohlarning ta’kidlashicha, graf o‘zuning ixtiyoridagi vagon oziq-ovqat, qimmatbaho vinolar va mebellarga to‘la bo‘lgan va keyinchalik u istiqomat qilgan shinam kvartira shahar markazida joylashgan. Odamlar Aleksey Nikolayevich Iosif Stalinning eng sevimli yozuvchisi bo‘lganini aytishardi va uni yoqtirmaydiganlar esa uni "qizil graf" deb atashgan, chunki u tug‘ilganidan asilzoda bo‘lgan va inqilobiy mafkurani qabul qilmagan, lekin shu bilan birga u jamiyatda yuqori mavqega ega bo‘lgan va qatag‘on qilinganlarning qatoridan qolgan.

Aleksey Nikolayevich keng tabiatga ega bo‘lib, tez-tez xayriya tadbirlarini uyushtirib turgan. Masalan, 1942-yilda u Toshkent opera va balet teatri sahnasida qo‘yilgan konsert uchun ssenariy yozdi. Butun tushuml evakuatsiyadagi bolalarga yordam jamg‘armasiga yo‘naltirilgan.

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishRusskiy sovetskiy pisatel i obshestvenniy deyatel Aleksey Tolstoy (sprava) i sovetskaya uzbekskaya tansovshitsa, narodnaya artistka SSSR Tamara Xanum. Moskva, 1944 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Russkiy sovetskiy pisatel i obshestvenniy deyatel Aleksey Tolstoy (sprava) i sovetskaya uzbekskaya tansovshitsa, narodnaya artistka SSSR Tamara Xanum. Moskva, 1944 god.

O‘zbekiston poytaxtida Aleksey Tolstoy "Burgut va uning urg‘ochisi" pyesasini yozdi - bu taniqli "Ivan Grozniy " ikki qismli dramasining birinchi qismini, shuningdek, toshkent armiya bataloni komandiri hamrohligida frontga safarlar taassurotlari asosida "Ivan Sudarev qissalari"ni ham.

Aleksey Nikolayevich Toshkentni "kambag‘allar uchun Istambul" deb atadi va buni ostida, xuddi Konstantinopol kabi, dovdiragan va boshpanasiz qolgan yevropaliklar tomonidan bosib olingan sharqiy shaharni nazarda tutgan.

Aleksey Tolstoy Toshkentdagi hayoti davomida Sovet xalqining ruhiyatini ko‘tarishga qaratilgan vatanparvarlik maqolalari, insho va hikoyalarini nashr etdi, "Sargardonlik" trilogiyasini "Bulutli tong" romani bilan yakunladi, 1943-yilda esa "Potr Birinchi" tarixiy romanining uchinchi kitobi ustida ish boshladi, bu asarni yakunlab tugatolmaydi.

Konstantin Simonov. Toshkentni sevgan shoir

1943 yil yanvarida Toshkentga birinchi bor rus nasriy yozuvchisi, shoir va dramaturg Konstantin Mixaylovich Simonov keldi. U O‘zbekiston SSR poytaxtida evakuatsiyada oz vaqt o‘tkazdi, ammo o‘z qo‘shnisiga rahmdillik va shafqatda ifodalangan o‘zbek xalqining ma’naviy go‘zalligiga shohid bo‘ldi. Safardan hayratga tushgan Simonov 1942-yil oxirida Stalingrad jangida qatnashgani uchun Toshkentga yigirma kunlik ta’tilga kelgan front jurnalisti Vasiliy Lopatin haqida "Urushsiz yigirma kun" filmining ssenariysini yozdi. Bosh qahramon uchun hamma narsa g‘alati tuyulardi: yog‘ingarchilikdan nam tortgan somondan yasalgan uylar, loy aralash qor qor, non kartochkalari, turmush yomonligi ...

Filmda Konstantin Mixaylovichning frontdagi xizmat safarlarida olib borgan shaxsiy yozuvlaridagi epizodlar mavjud. Film rejissori Aleksey German Simonov bilan urush davrining boshqa tomonini namoyish etdi, unda front chizig‘i emas, balki front ortidagi tinch, og‘ir, quvonchsiz va och hayotni tasvirlagan.

© Sputnik / Yakov Xalip / Mediabankka o‘tishPisatel i voyenniy jurnalist Konstantin Mixaylovich Simonov (1915-1979) v nachale voyni (1941 god). Rossiya.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Pisatel i voyenniy jurnalist Konstantin Mixaylovich Simonov (1915-1979) v nachale voyni (1941 god). Rossiya.

Eng kuchli "Toshkent taassuroti" Konstantin Simonovda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi Usmon Yusupov bilan bo‘lgan uchrashuvdan koldi. Ular uzoq vaqt suhbatlashishdi: evakuatsiyaning qiyin kunlari haqida ochiqcha gaplashishdi. Simonov o‘zining "Urushning turli kunlari" kundaligida shunday yozadi: "Yusupov ular Toshkentda ko‘plab evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilganidan va hozirda harbiy mahsulotlarni ishlab chiqarganidan g‘ururlanar edi, chunki hech kim dastlab ularni bu yerda joylanishiga umid qilmagan edi. Ammo bundan ham katta mag‘rurlik bilan u bolalarni asrab olinishi to‘g‘risida gapirdi. Yetim bolalarning qismi bolalar uylaridan, qabulxonalardan, temir yo‘l vokzallaridagi sanitariya nazorati xonalaridan o‘zbek oilalariga olinganini, hatto juda ko‘p bolali oilalar tomonidan ham olinganini gapirdi. Bu ishda namoyon bo‘lgan halqning ma’naviy go‘zalligi unga ta’sir qildi".

© Sputnik / Yakov Xalip / Mediabankka o‘tishPisatel Konstantin Simonov rabotayet v svoyem kabinete. Moskva, 1965 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Pisatel Konstantin Simonov rabotayet v svoyem kabinete. Moskva, 1965 god.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining ikkinchi kotibi Nikolay Lomakin bilan tanishish ham Simonovda katta taassurot qoldirdi. Konstantin Mixaylovichning o‘sha paytlarda frontning oldingi chizig‘ida emas, aksincha front ortida qolgan ba’zi kasbdoshlariga nisbatan g‘arazli munosabatiga javoban Lomakin yozuvchilar haqida hurmat bilan gapirib, ularning Toshkentda qanday muhim jamoat ishlari bilan shug‘ullanishini batafsil aytib berdi. Keyinchalik Simonov o‘sha paytdagi kayfiyatini "Qirq birinchi yil qishi" she’rida aytib beradi: "Xotiranga yugan ilib qo‘y! // Ammo baribir ba’zida ikkiga bo‘l. // Do‘stlarni Toshkentda yonboshlaganiga // va Moskva yaqinida qorda yiqilganiga".

Urush tugaganidan keyin Konstantin Simonov bir necha yil (1958 yildan 1960-yilgacha) Toshkentda "Pravda" gazetasining muxbiri sifatida ishladi. Vaqt o‘tishi bilan u shunday dedi: "Men O‘rta Osiyoda ikki yil vaqt o‘tkazdim va rejalashtirganimning hammasini amalga oshirdim va Moskvaga bir roman olib keldim, keyinchalik u trilogiyaga nom berdi. Bundan tashqari, men bir yil davomida turli xil qiziqarli joylarga mashinada sayohat qildim va ko‘rgan narsalarim haqida uchta ocherklar kitobini yozdim".

O‘zbekiston Konstantin Mixaylovichning qalbini zabt etdi, bu mamlakatga bo‘lgan samimiy muhabbat rus va o‘zbek madaniyati o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash tarixiga muallif ismini abadiy yozadi.

Korney Chukovskiyning Toshkenti: terak xiyobonlari va rohatbaxsh quyosh

1941 yilda Toshkentga bolalar yozuvchisi, sovet shoiri va publitsisti Korney Ivanovich Chukovskiy evakuatsiya qilindi. Korney Ivanovich shahar haqida Pavel Nilinning hikoyalaridan bilardi. Chukovskiy anchadan beri oilasi bilan to‘q va iliq mintaqaga ko‘chib o‘tishni o‘ylab yurgan edi, ammo Moskvadan chiqib ketish juda muammoli edi. Yo‘lda u ko‘ngilli sifatida frontga ketgan o‘g‘illarining taqdiri haqida qo‘rquv bilan o‘ylardi.

© Sputnik / Maksimov / Mediabankka o‘tishKorney Chukovskiy v svoyem fruktovom sadu na dache. Moskovskaya oblast, 1957 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Korney Chukovskiy v svoyem fruktovom sadu na dache. Moskovskaya oblast, 1957 god.

Korney Ivanovichning Toshkent haqidagi birinchi taassurotlari shu kungacha saqlanib qolgan: "G‘ayrioddiy baland teraklar - shaharga o‘ziga xos she’riyatlilik ohangrabolik bag‘ishlaydi. Teraklar qatorli shunchalar yahshiki - ko‘chalarni kezayotganimda huddi musiqa tinglayotgandayman. Ariqlar va ular uzra minglab turli ko‘prikchalar, bir qavatli uylar baland teraklar oldida yanada past tuyuladi – va ko‘chalardagi janubiy hayot va yoqimli muloyim o‘zbeklar - va mayiz va yong‘oqlarga boy bozorlar - rohatbaxsh quyosh - nega men bu yerda bo‘lmaganman - nega bu yerga oldinroq kelmadim – nimaga bu yerga urushdan oldin kelmadim?"

1942 yil fevralida Korney Chukovskiy "Barmaleyni yengamiz!" asari ustida ish boshladi. Shaxsiy fojiani boshdan kechirgan muallif, ertak janridan voz kechishga harakat qildi va kattalar uchun yozishga qiziqdi, ammo uning evakuatsiya qilingan bolalarga yordam berish bo‘yicha Respublika komissiyasidagi faoliyati shoirni dushman bilan to‘qnashuv haqidagi aynan she’rlardagi harbiy ertakni yozishga qaytardi. U o‘z oldiga yosh o‘quvchilarga yovuzlik ustidan g‘alaba muqarrar ekanligiga ishonchni singdirishni maqsad qilib qo‘ydi: "Ammo g‘alaba endi yaqin. // Odamho‘r lashkari ustida.// Yaqinda, albatta u // Taslim bo‘ladi, yakson qilinadi // Batamom!".

© Sputnik / Lev Nosov / Mediabankka o‘tishKorney Chukovskiy sredi detey. Moskva, 1961 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Korney Chukovskiy sredi detey. Moskva, 1961 god.

Chukovskiy S.Ya.Marshakka yo‘llagan maktublarida o‘zuning mushkul ahvoli to‘g‘risida gapirib o‘tgan. Kasal bo‘lishiga qaramay, u pedagogika institutida bolalar shoirlari haqida ma’ruzalar o‘qirdi, maktablarda, teatrlarda va adabiy klublarda chiqishlar qilardi va "Pravda Vostoka"da nashr etilardi. O‘zining o‘g‘li Nikolayga yo‘llagan maktublarida ijodkor Toshkentni qanday yaxshi ko‘rishini aytib berardi, uni "she’riy, o‘ziga xos shahar" deb atardi, ajoyib o‘zbek xalqining nafisligi va xushmuomalasiga qoyil qolishini aytib bergan.

Nadejda Mandelshtam va Mariya Belkina: xavfsizlikni qidirib

1942 yilning yozida shoir Osip Mandelshtamning rafiqasi, yozuvchi va memuarist Nadejda Yakovlevna Mandelshtam ham  (qizligida Xazina) Anna Axmatovaning yordami bilan Toshkentga ko‘chib keldi. Dastlab Nadejda Yakovlevna bolalar badiiy ta’lim markaziy uyida chet tillaridan dars berardi, 1944-yil may oyidan esa O‘rta Osiyo davlat universitetiga ishga kiradi.

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPoetessa Anna Axmatova v semye Mandelshtamov. Spravo nalevo: A. Axmatova, Osip Mandelshtam, Mariya Petrovix, Emiliy Mandelshtam (otes poeta), Nadejda Mandelshtam (jena poeta), Aleksandr Mandelshtam (brat poeta). Iz fondov Gosudarstvennogo literaturnogo muzeya SSSR. Moskva, 1933 god.
Toshkentga evakuatsiya qilingan yozuvchi va shoirlar hayoti - Sputnik O‘zbekiston
Poetessa Anna Axmatova v semye Mandelshtamov. Spravo nalevo: A. Axmatova, Osip Mandelshtam, Mariya Petrovix, Emiliy Mandelshtam (otes poeta), Nadejda Mandelshtam (jena poeta), Aleksandr Mandelshtam (brat poeta). Iz fondov Gosudarstvennogo literaturnogo muzeya SSSR. Moskva, 1933 god.

Mariya Iosifovna Belkina, rus yozuvchisi va adabiyotshunos, uzoq vaqt davomida noma’lum kelajak va qiyin yashash sharoitlari tufayli Toshkentga evakuatsiya qilishga qaror qila olmadi, ammo uni imkoniyat borligida ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishdi. Ko‘pchilik evakuatsiya qilinganlarning ko‘pligi sababli bu shaharda joylashishning ilojisi yo‘q va ish topish qiyin bo‘ladi deb hisoblashardi, ammo qo‘rquvga qaramay, xavfsiz kelajak umidida yo‘lga tushishardi.

Rossiya, Belarus va Ukrainaning fashistlar tomonidan bosib olingan hududlaridan evakuatsiya qilingan bir yarim milliondan ortiq odamlarning og‘ir taqdiri rejissor Hoji-Murod Valiyevning "Toshkentning katta yuragi" hujjatli filmida tasvirlangan.

Ko‘plab ijodiy intelligensiya vakillari uchun bu shahar ular boshpana topgan va o‘zlarining mashhur asarlarini yaratgan uyga aylangan.

* Anna Axmatovaning "Bu yerda yetti yuz yildan beri bo‘lmadim" she’ridan iqtibos.

Yangiliklar lentasi
0