"Aql bovar qilmas ish": G‘arb Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Uchinchisini qanday boshlamoqchi edi

© Sputnik / Georgiy Xomzor / Mediabankka o‘tishVstrecha sovetskix i amerikanskix voysk na Elbe v rayone Torgau.
Vstrecha sovetskix i amerikanskix voysk na Elbe v rayone Torgau. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gitlerga qarshi koalitsiyadagi g‘arblik ittifoqchilarimiz (hozir "sheriklar") kelishuvlarni ochiqchasiga buzishgan. Axir, 1945-yilning 25-aprelida ruslar va amerikaliklarning Elbadagi mashhur uchrashuvi ro‘y bermasligi kerak edi.

Vladimir Bichkov, Sputnik radiosi

... yil oldin xuddi shu kuni

1945 yil 22-may kuni Britaniya harbiylari bosh vazir Uinston Cherchill topshirig‘iga binoan "Aql bovar qilmas" operatsiyasi rejasini tayyorladilar. (Aslida, bu ikkita reja bo‘lgan, ammo muhimi bu emas. Asosiysi mohiyatida). Qisqacha aytib beraman. "Aql bovar qilmas" reja shuni anglatadiki, 1945-yil 1-iyulda 47 Britaniya va Amerika diviziyalari Germaniyaning sovet okkupatsiyasi hududiga bostirib kirib, Drezden, Berlin va Breslau shaharlarini egallab olishadi, Polshadan ruslarni siqib chiqarishib, Bolqonda hujum boshlashadi.

Sovetskie vrachi i predstaviteli Krasnogo Kresta sredi uznikov Osvensima v pervie chasi posle osvobojdeniya lagerya - Sputnik O‘zbekiston
Gitler avvalo SSSR xalqlarini yo‘q qilishni rejalashtirgan - nemis diplomati

Bundan tashqari, rejaga ko‘ra, SSSR aviatsiyasini yo‘q qilish, Baltikani dengiz tomonidan blokirovka qilish va sovet ichkarisida sabotaj tashkil etish kerak. Shuningdek, qizillar bilan urush uchun asirga olingan nemis SS va Vermaxt askarlaridan taxminan 10-12ta diviziya tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. SSSRga qarshi urush  1946-yil 1-yanvariga yakunlash rejalashtirilib, keyin Stalinni fakt oldida qo‘yib, uni G‘arb uchun manfaatli tinchlik shartnomasini tuzishga majbur qilish rejalashtirilgan bo‘lgan.

Undan oldinroq esa, urush hali tugamagan paytda, Cherchill qat’iy ravishda AQShning yangi prezidenti Garri Trumenga uqtirgan: har qanday holatda ham sovet qo‘shinlari tomonidan Berlin va Praga bosib olinishini oldini olish kerak. Shu bilan birga, SSSRning g‘arbiy ittifoqchilari (hozirda "hamkorlar") kelishuvlarni ochiqchasiga buzishgan. Axir, 1945-yil 25-aprelda Elbada ruslar va amerikaliklarning mashhur uchrashuvi umuman bo‘lmasligi kerak edi. Yalta bitimlariga asosan, amerika qo‘shinlari sovet askarlari va zobitlari bilan xursandchilik bilan uchrashgan joydan ko‘plab kilometr uzoqlikda to‘xtashlari kerak bo‘lgan. Ammo, Cherchillning "aqlga sig‘maydigan" tajovuzkor rejasini aynan ingliz harbiylari aqlga sig‘maydigan va amalga oshirib bo‘lmaydigan deb atab, to‘htatib qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Shtab boshliqlari qo‘mitasi SSSR bilan bliskrig ish bermaydi, xuddi Gitler va Napoleon bo‘lgani kabi - bu davomiy va qonli urush bo‘ladi deb hisoblashgan. Bundan tashqari, harbiylar Cherchillni ogohlantirishdi: jang paytida "ruslar Norvegiya, Gretsiya va ehtimol Turkiya va Iroqni egallab olishadi ... Gollandiya va Fransiya ular oldida himoyasiz qolishadi".

Kurskaya duga. Ataka soyedineniy 5 Gvardeyskoy tankovoy armii v rayone Proxorovki - Sputnik O‘zbekiston
"Kembrij beshligi" Proxorovkada nemis tanklarini yo‘q qilishda qanday yordam bergan

AQSh harbiylari aksariyati ham "Aql bovar qilmas" rejasini qo‘llab-quvvatlamadi, bu to‘g‘risida siyosatchilarni habardor qildi. Faqat o‘zining antika tutishi va qo‘li yugurikligi bilan mashhur bo‘lgan Djordj Patton g‘azabga to‘ldi: "Ruslarni tushunishning qiyinligi shundaki, biz ularning na Yevropaga va na Osiyoga tegishli ekanliklarini anglamayatkanimizda, shuning uchun ularning fikrlashi boshqacha. Biz xitoyliklar yoki yaponlarni tushunmaganimiz kabi ruslarni ham tushuna olmaymiz va ular bilan muloqotning mendagi katta tajribamga asoslanib shuni aytishim kerakki, men faqatgina ularni yo‘q qilish uchun qancha qo‘rg‘oshin va temir kerakligini tushunishdan boshqa, ularni tushunishni istamayman".

Ammo aynan biz amerikaliklarni va inglizlarni tushunishga qodirmiz, shuning uchun Qizil Armiya oldindan, tezlik bilan Berlinni bosib oldi. Ehtimol, bu Uchinchi jahon urushi oldini oldi...

Va keyin ham, Vashingtonda, Stalin o‘zining "ittifoqchilari"ning tajovuziga javoban Yaponiya bilan harbiy ittifoq tuzishi mumkinligini va bu Tinch okeanidagi Amerikaning g‘olib bo‘lgan barcha kampaniyalarini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini yaxshi tushunishgan. Ammo bunga hech ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi: AQSh Tinch okeanini deyarli o‘zining hududi deb hisoblaydi. Darvoqe, aynan shu yerdan ko‘plab zamonaviy Amerika-Xitoy ziddiyatlari chiqib kelmoqda.

Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

"Sheriklar", eslatib o‘taman, 1945-yilning 1-iyulida boshlashni rejalashtirgan "Aql bovar qilmas" operatsiyasi arafasida Qizil Armiya kutilmaganda o‘zining ko‘plab tuzilmalari joylashuvini o‘zgartirdi va o‘z kuchlarini qayta taqsimladi. Tushunib turibsizki, bu ishlarni u bejizdan amalga oshirmagan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, "Aql bovar qilmas" rejasi Moskvaga oldindanoq mashhur "Kembrij beshligi" tomonidan yuborilgan edi.

Eng qizig‘i, London 1998-yilga qadar "Aql bovar qilmas" operatsiyasi rejasi mavjud bo‘lganini qat’iyan rad etib kelgan. Go‘yo, bu rus targ‘iboti emish (Keyinchalik rus xakerlari va afsonaviy "Novichok" dunyoga keldi).

Yana bir eslatma - lend-liz haqida. Keling, ushbu yetkazib berishlar ahamiyatini ko‘pirtirmaylik. Bu dengizdan bir tomchi, xolos. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ulushi mamlakatimizda urush yillarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning atigi 4 foiziga to‘g‘ri keladi (G‘arbda bu ko‘rsatkich yuqoriroq deb hisoblashadi). Ikkinchidan, ehtimol, birinchidan: bu shunchaki amerikacha biznes edi, xolos (bunda eski texnika katta hajmda yetkazib berilgan). SSSR, keyinchalik Rossiya ham, ushbu "do‘stona" ta’minot uchun "sheriklarga" 2006-yilga qadar pul to‘lagan.

Yangiliklar lentasi
0