Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Polshani Ikkinchi jahon urushi boshlanishida asosiy aybdor deb atadi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa Gitlerni SSSRga qarshi tarbiyalagan va Polsha ham Gitlerga qarsak chalganlar qatorida bo‘lgan”.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Polshani Ikkinchi jahon urushi boshlanishida asosiy aybdor deb atadi.

Shuningdek, u aynan Yuzef Pilsudskiy boshchiligidagi Polsha 1930-yillarda Adolf Gitlerning birinchi ittifoqchilaridan biri bo‘lganini qayd etdi.

Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp Polshaga safar qilishdan bosh tortdi

“Pilsudskiy-Gitler shartnomasi 1934-yilda imzolangan. 1938-yilda Munxen shartnomasini imzolagan Fransiya va Buyuk Britaniya singari Polsha ham nemislari tomonidan Chexoslovakiyaning Sudet viloyati bosib olinishi, Avstriyaning  qo‘shib olinishi paytida jim qarab turgan. Busiz 1941-yilda Germaniya va SSSR o‘rtasida biron bir urush bo‘lishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi”, - deb Jirinovskiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “Yevropa Gitlerni SSSRga qarshi tarbiyalagan va Polsha ham Gitlerga qarsak chalganlar qatorida bo‘lgan”.

Kuni kecha Polshada Ikkinchi jahon urushi boshlanishining 80-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Varshava Rossiya delegatsiyasini chaqirmadi. Polsha xotirlash marosimiga  NATO va Yevropa Ittifoqidagi hozirgi ittifoqchilarini, jumladan, Germaniya hamda Sharqiy Hamkorlik davlatlarini taklif qilgan.

Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Svetov: Trampning Polshaga borishdan voz kechgani - buringa chertishdir

Polsha TIV o‘rinbosari Shimon Shinkovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu yil tadbir ishtirokchilari “zamonaviy mezonlar” bo‘yicha tanlangan. U mamlakat go‘yoki Moskvani qiziqtirmaydigan “tarixiy haqiqat ruhida” sodir bo‘layotgan voqealarni hurmat qilishni istashini ta’kidlagan.

Bunga javoban Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ulug‘ Vatan va Ikkinchi jahon urushi yilligiga bag‘ishlangan har qanday mamlakatdagi har qanday tadbirni Rossiya ishtirokisiz to‘liq deb hisoblash mumkin emasligi ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova esa Polsha hukumatini ahmoqlikda aybladi.

Yangiliklar lentasi
0