G‘arb Rossiyani yana o‘z tuzog‘iga ilintirmoqchi yoki Katta yettilikka taklif nimani anglatadi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita "Gruppi dvadsati" v Osake
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp vo vremya vstrechi na polyax sammita Gruppi dvadsati v Osake - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar SSSRga qarshi kurashda AQSh Xitoyni o‘ziga ittifoqchi qilib olgani kabi, endi Xitoyga qarshi kurashda AQSh Rossiyani o‘ziga hamkor qilishga bel bog‘ladi.

Hozirda G‘arb Rossiyaga, Rossiya i  G‘arbga bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq ehtiyoj sezmoqda. Rossiya G‘arbdan qanchalik uzoqlashsa bu shunchalik ko‘proq namoyon bo‘ladi - bu oddiy fikrni nafaqat bizning g‘arbparastlarimiz, balki G‘arb rahbarlarining o‘zlari ham anglashi qiyin. Rossiya bilan munosabatlardagi o‘yin qoidalari va kun tartibini bugungi kunda kuchliroq G‘arb belgilamasligini anglash juda qiyin, ammo buni anglamaslikning o‘zi Atlantika dunyosi ortidan odatiy koliplarni qoldirib o‘tmishga g‘arq bo‘layotganidan dalolat bermoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Goroda mira. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Rossiya va Xitoyni asosiy tahdidlar ro‘yxatiga kiritdi

Mana, dushanba kuni Tramp yana Putinga qo‘ng‘iroq qildi - uni G‘arb klubiga qo‘shilishga taklif qilish uchun. Bu yil AQSh prezidenti "Katta yettilik" uchrashuviga mezbonlik qiladi - u iyun oyida rejalashtirilgan edi, ammo Tramp uni sentabrga ko‘chirishni ko‘rib chiqmoqda, chunki barcha Yevropa yetakchilarining hammasi ham (masalan, Merkel) hozirda AQShga kelishga tayyor emas. Shuning uchun ham prezident Rossiyani g‘arbiy stolga qaytarish zaruriyati haqidagi eski g‘oyasini ilgari surishga qaror qildi.

O‘tgan yili Kvebekda bo‘lib o‘tgan "Katta yettilik" sammiti arafasida Tramp bu haqda gapirib o‘tdi – ammo unda Italiya Bosh vaziridan boshqa hech kim uni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlamadi. Shunda Tramp boshqa tomondan yo‘l tutishga qaror qildi. O‘tgan dam olish kunlari u Floridadan parvozda u bilan hamroh bo‘lgan jurnalistlarga "Katta yettilik" eskirganini aytdi.

"Men Katta yettilik dunyoda bo‘layotgan voqealarga keraklicha to‘g‘ri aks ettira olyapti deb o‘ylamayman".

Shuning uchun uni sentabrgacha qoldirib, unda Xitoyning kelajagini muhokama qilish kerak - ammo Si Szinpin bilan emas, balki Putin bilan. Rossiyani va shu bilan birga Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilish kerak - "Bizda nima bor? Bizda mamlakatlarning yaxshi guruhi bor".

D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

G‘oya har jihatdan ajoyib: Tramp tinchlikka asosiy tahdid sifatida belgilagan Xitoyni muhokama qilish va AQShning avvalgi prezidenti ushbu rolga belgilagan Rossiyani qaytarish. Ya’ni, Tramp anchadan beri ta’kidlaganidek, Rossiya bilan tinchlik o‘rnatish va u bilan birga Xitoyga qarshi kurashni boshlash, bunga ba’zi Amerika strateglari uzoq vaqtdan beri da’vat qilib kelmoqda. Ammo Rossiyaning o‘zi ushbu “bayramda” ishtirok etishni istaydimi?

Xo‘sh, u qayergacha boradi – axir uning Xitoyning kengayishidan juda mahfiy qo‘rquvi borku. Va umuman, rus elitasi mentaliteti mutlaqo g‘arbparast va u "dunyo yetakchilari" klubiga qaytishni xohlamoqda. Ammo ularga hurmat ko‘rsatadigan bo‘lsak, ular yuzini shivit qilmasdan, va borar joyi qolmaydi, chunki ular o‘zlari buni xohlashadi. Endi barcha muammo shundaki, biz, ya’ni G‘arb, Putinga juda ko‘p ham pranik bermasligimiz kerak, aks holda ruslar kekkayib, o‘zlarini g‘olib deb hisoblashni boshlaydi. Pranik va tayoq bilan harakat qilishi kerak - keyin hech qayerga ketolmaydi.

Ajablanarlisi shundaki, dunyoning bunday manzarasi nafaqat G‘arb strateglari, balki G‘arbga moyil va go‘yoki vatanparvar ba’zi mahalliy tahlilchilarda ham uchrab turadi. Ularning fikricha, Rossiyaning o‘zi hech narsa qila olmaydi, biz faqatgina G‘arb bilan janjallashib qolganimiz sababli Xitoy bilan yaqinlasha boshladik, agarda hozir qarama-qarshilik yakun topsa, bizning millatchi elitalarimiz darhol G‘arbning kichik hamkorlari roliga qaytadilar - jamiyatimizda bunday g‘oyalar ham kam uchramaydi. Va shuning uchun biz "Katta yettilikning" takliflarini qabul qilmasligimiz kerak - Rossiya yo‘q bo‘ladi!

Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
AQSh dunyoda o‘z nufuzini yo‘qotmoqda va pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirdi - Luzanin

Haqiqatan ham qabul qilishning keragi yo‘q - ammo butunlay boshqa sabablarga ko‘ra. Elitalar Rossiyani berib qo‘yishi mumkinligi uchun emas, - Putin elitalarning tarkibini va kayfiyatlarini jiddiy o‘zgartirdi. Hozirda, 90-chi yillarda bo‘lgani kabi, Rossiyani G‘arbni namuna va katta ustoz deb biladigan odamlar boshqaradi, ruslarni esa Yevropa sivilizatsiyasining muvaffaqiyatsiz bir qismi deb ishonadigan odamlar qandaydir xayoliy dunyoda yashaydilar. Rossiyada elita va milliy o‘z-o‘zini anglashni tarbiyalash bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p - ammo bizning rahbariyatimiz mustaqilligi borasida hech qanday shubha yo‘q. Shuningdek, u milliy manfaatlar nima ekandigini tushunishiga, tarix va geografiyaga, ya’ni geosiyosatni bilishiga shubha yo‘q va Rossiya tarixiy tajribasidan kelib chiqib, o‘z o‘yinini jahon sahnasiga olib chiqmoqda. Ko‘plab raundlardan iborat, o‘zgaruvchi vaziyatlarga va atrof muhitga, ammo o‘zgarmas maqsadga ega Strategik o‘yinini. Rossiya XXI asrda dunyo tartibini belgilaydigan qudrat markazlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatadigan kuchli, o‘zini o‘zi ta’minlaydigan sivilizatsiya-davlat. XVIII asrda jahon sahnasida birinchi rollarga chiqqan Rossiya boshqa hech narsaga rozi bo‘lolmaydi - uni barbod qilishlari mumkin.

G‘arb bilan yaqinlashish ushbu maqsadga qanday yordam beradi? Hech qanday - hatto taktik o‘yin ham bizga zarar yetkazishi mumkin. Bunga sabab SSSR parchalanib ketganidan keyin ham G‘arb bizga hujum qilishni davom ettirdi – asta sekin iloji borki narsani tishlab tortib, biz uchun mumkin bo‘lmagan, ya’ni Malorossiyani, Ukrainani yetib borganida emas. Yo‘q, bu yerda hammasi ravshan - postsovet hududida hech qanday murosa bo‘lishi mumkin emas: Ukrainani atlantizatsiyasi, G‘arbning geosiyosiy maydoniga qo‘shilishi prinsipial jihatdan mantiqsiz va muhokama qilinmaydi.

Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi

Ammo yana bir narsa muhimroq: Rossiya o‘zi xohlagan taqdirda ham, qanday shakldagi G‘arb bilan yaqinlashishi kerak? Birlashgan G‘arb endi yo‘q - uning parchalanish jarayoni bir necha yillardan beri davom etmoqda va bizning milliy manfaatlarimizga to‘liq javob beradi. Biz G‘arbni tashkil etuvchi unsurlar bilan - alohida Yevropa mamlakatlari bilan va umuman Yevropa Ittifoqi bilan (faqat u geosiyosiy mustaqillikka erishgandan keyingina), hatto Trampning anti-globalistik Amerika bilan (agar u to‘satdan vujudga kelsa) ko‘priklar qurishimiz mumkin. Ammo biz kelajakka rejalarni Atlantik G‘arb (hozircha mavjud) bilan birga qura olmaymiz – chunki u bizning nafaqat kelishib bo‘lmas geosiyosiy raqibimiz, balki dushmanimizdir (u Rossiyani yakkalanishidan va kuchsizlanishidan manfaatdor) va chunki uning kelajagi yo‘q.

Bizning atlantikparast G‘arbga nisbatan strategiyamiz juda sodda: biz G‘arbning asrlar davomida hukmronligi shunchaki tugaganligi va Atlantika dunyosi Tinch okeani va Yevrosiyo dunyosiga almashayotganidan kelib chiqamiz. Ushbu jarayon  Rossiyaning bevosita ishtirokida sodir bshlmoqda. Rossiya nafaqat G‘arb bilan kelisha olmagani tufayli Sharq va janubga burilishni boshladi, balki tarix va geosiyosat qonunlarini tushungani uchun.

"Katta yettilik" allaqachon bo‘shab qoldi - garchi Tramp qayta saylanganidan keyin, uni shunchaki ko‘mishga qodir bo‘lolmasa-da, u asta-sekin ajralishga mahkum bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni oydinlashtirish uchun maydonga aylanadi. Qrimdan keyin G‘arb tomonidan muzlatilgan "Katta sakkizlik" (ya’ni Rossiya ishtirokidagi format) umuman tiklanishi mumkin emas - va hatto Rossiya yillar davomida o‘zining Xitoy bilan strategik ittifoqini mustahkamlaganligi sababli emas. G‘arb plyus Rossiya dunyoda o‘yin qoidalarini aniqlay olmaydi - buning uchun barcha asosiy o‘yinchilar kerak. Tabiiyki, Xitoy va Hindiston - shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Arab dunyosi, Janubiy Amerika va Afrikani namoyon etuvchi mintaqaviy integratsiya ittifoqlari. Bunga eng yaqin format bu "Katta Yigirmatalik"dir. Unga shunchaki mintaqaviy birlashmalar vakillarini kiritish lozim (ayniqsa YeI allaqachon uning bir qismi).

Sammit G20 v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 sammitini sentabrga ko‘chirdi va unga Rossiyani taklif qilish niyatida

Buning o‘rniga, Tramp "Katta yettilik" va "Katta yigirmatalik"ning o‘rtasidagi, 11 mamlakatdan iborat guruh yaratishni taklif qilmoqda. Agar G-11ni  G-20 bilan taqqoslasak, unda unga kim kirmaydi - barchasi qarshi boshlangan Xitoydan boshqa kim? Janubiy Amerika (Meksika, Argentina va Braziliya), Afrika (JAR) va Islom dunyosi (Turkiya, Saudiya Arabistoni va Indoneziya) - yana g‘arbiyparastlar guruhi (Anglo-Sakson (Avstraliya) ishtirokida yoki geosiyosiy jihatdan qaram davlatlar (Janubiy Koreya) ishtirokida) va unga nimagadir Rossiya va Hindiston qo‘shilishi kerak. Ammo Putin va Modi mustaqil sivilizatsiya-mamlakatlarni ifodalaydi – ularga bu kabi aynan aksil-xitoy hususiyatga ega o‘yinda ishtirok etishni taklif qilish ham kulgili.

Shu bilan birga, Trampni muloyimlik bilan to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi. Sammit mezboni sifatida u har kimni taklif qilish huquqiga ega va hatto Buyuk Britaniya yoki Germaniyaning Putinning ishtirokiga qarshi e’tirozlari ham e’tiborga olinmasligi mumkin. Bu "Katta sakkizlik"ning tiklanishi emas, balki atigi kengaytirilgan yig‘ilish.

Ammo, albatta, Vladimir Putin "Katta yettilik" bilan uchrashuvning hech qanday formatiga bormaydi - hatto u "Katta sakkizlik"ni qayta tiklash uchun chaqirilgan bo‘lsa ham. O‘tgan yilning kuzida "Katta sakkizlik" haqida, biz har qandayo‘zaro hamjihatlik formatlariga qarshi emasligim haqida bildirgan fikrida juda muhim ogohlantirish bor edi: G‘arb yetakchilarining o‘zlari Rossiyada 2014-yilda bo‘lishi kerak bo‘lgan navbatdagi sammitda ishtirok etishni rad etganligi sababli, agar hozir "bizning hamkorlarimiz bizga kelishni xohlasalar, biz xursand bo‘lamiz". Bir so‘z bilan aytganda, Qrimga tashrif buyuring.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
"O‘z yurtini o‘zlari himoyalasin": Tramp Afg‘onistondan amerika qo‘shinini chiqarishga chorladi

Shu bilan birga, shu yil sentabr oyida Nyu-Yorkda katta sammit bo‘lib o‘tishi mumkin - agar yanvar oyida Putin taklif qilgan "Katta beshlik" uchrashuvini to‘plashning ilojisi bo‘lsa: tarixda birinchi bor, beshta yadroviy davlat, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari rahbarlari o‘rtasidagi birinchi muzokaralar. Oldinroq uni BMT Bosh assambleyasining yubiley sessiyasiga bag‘ishlanishi, ya’ni sentabr oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan edi.

Biroq, Amerikaning Xitoyga tobora kuchayib borayotgan ayblovlari Tramp va Si Szinpin o‘rtasidagi aloqalarni yanada murakkablashtirmoqda - hatto ko‘p tomonlama formatda ham. Biroq, bu yil ular noyabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammiti paytida baribir uchrashishadi. Tramp u yerga qayta saylanib bo‘lgan prezident bo‘lib keladi - agar u g‘alaba qozonsa va raqiblari g‘alabani tan olsalar albatta. Putin va Si esa shu vaqtga qadar bir nechta ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadilar - bundan tashqari, ming yillik Rossiya va uch ming yillik Xitoy rahbarlari, albatta, Amerikaning kelajagini ham muhokama qiladilar. Ammo, bir laxzali va qayg‘uli narsa haqida gapirishdan ne hojat ...

Yangiliklar lentasi
0