Analitika

Mushketyorlar qonuni boʻyicha: "Katta yigirmatalik" nega toʻplandi?

© REUTERSTeleekran na kotorom vidnы liderы stran G20
Teleekran na kotorom vidnы liderы stran G20 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
RF Moliya universiteti siyosatshunoslik departamenti dotsenti Gevorg Mirzayan Sputnik uchun koronavirusga qarshi kurash choralariga bagʻishlangan G20 virtual sammiti natijalariga sharh berdi

26 mart kuni oʻtkazilgan "Katta yigirmatalik" (G20) sammiti noyobdir. "Onlayn" oʻtkazilgani uchunginamas, balki "yigirmatalik" biz bundan keyin qanday dunyoda yashashimiz: har kim oʻzi uchun boʻlgan yakkalangan dunyodami, yoki hamma bir kishi va bir kishi hamma uchun boʻlgan globallashgan - shuni hal qilish kerakligi uchun ham muhim edi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v sammite liderov Bolshoy dvadtsatki po koronavirusu v rejime videokonferentsii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Katta yigirmatalik" sammiti: eng muhim takliflar

Dunyoni suv bossa oʻrdakka ne gʻammi?

Avvalgi dunyo koronavirus tomonidan koʻmildi. Bu yerda gap, hatto ushbu kasallik insoniyat uchun jiddiy tahdidga aylanganida ham emas- yoʻq, bu zombi-apokalipsisi darajasiga hatto yaqin kelolmaydi. Avvalgi dunyo koronavirusning kichkina tahdidi globallashuvni tiz choʻktira olgani, shuningdek, "umumiy taqdir" haqidagi jamiki mantralarni chippakka chiqargani tufayli oʻlgan edi. Muammoga qarshi birgalikda kurashish, inson salomatligi va iqtisodiyotga taʼsirni minimallashtirish usullarini izlash oʻrniga, deyarli barcha mamlakatlar "mening kulbam bir chetda" yoʻsinida befarqlik pozitsiyasini tanladilar. Ular oʻz chegaralarini yopib oldilar, hatto, integratsiya bloklari doirasidagi ittifoqchilik munosabatlarida boʻlib turgan qoʻshnilardan ham.

Bu oʻta bemaʼnilik darajasiga yetdi: Yevropa davlatlari orasida eng koʻp jabrlangan Italiyaga qanchadir vaqt Germaniya yoki Frantsiya (YEI yetakchilari) emas, balki Rossiya va Xitoy, hatto yevropa ishlaridan yiroq boʻlgan Kuba yordam berib keldi.

Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

Koronavirus inqirozi baʼzi davlatlardagi madaniyatni shu qadar tez yoʻqqa chiqardiki, ular sheriklarini toʻgʻridan-toʻgʻri shantaj qilishga oʻtdilar. Xususan, sayyohlar orasida mashhur boʻlgan Chernogoriya, to Moskva oʻz hisobidan barcha chernogoriyaliklarni vatanlariga qaytarguniga qadar rossiyalik mehmonlarni oʻz chegarasidan chiqarishdan bosh tortdi.

Aftidan, dunyoning yirik davlatlari yetakchilari boʻy koʻrsatgan umumtarqoqolik darajasini baholab boʻlishdi, shuningdek, har kim oʻzi uchun boʻlgan dunyoda yashash naqadar qiyin boʻlishini tushunib yetishdi. Shuning uchun, rivojlangan va rivojlanayotgan dunyoning barcha yetakchilari boʻlgan "Katta Yigirmalik" vaxifasi - bu tuzilma oʻziga xos "Yer sayyorasi direktorlar kengashi"dir - xatolar ustida ishlash va nihoyat, muammolarni birgalikda hal qilishni boshlash edi.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Albatta, Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbarligida emas (endilikda u dunyo yetaksichi unvonidan mahrum boʻlgan, ayniqsa, koronavirusga qarshi kurashda, ustiga ustak – AQSH virusni yuqtirganlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqdi va u yerda epidemiya choʻqqisiga hali ancha bor), balki aynan G20 davlatlarining kollektiv yetakchiligi orqali.

Sammitning nominal mezboni, Saudiya qiroli Salmon juda toʻgʻri bir gapni aytdi: "Biz kuchlarni birlashtirish va uyushgan holda harakat qilish uchun yigʻildik". Biroq, faqat koronavirus ustidan gʻalaba qozonish uchun emas (yana bir toʻgʻri fikr - Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jalaliy "epidemiyani bitta mamlakatda yengib boʻlmas ekan, boshqa hech qaysi davlat oʻzini xavfsiz his qila olmaydi", deya oʻrinli gapni aytgan edi). Dunyo mamlakatlari oldida yanada jiddiyroq vazifa turibdi - jahon iqtisodiyoti uchun ushbu kasallik epidemiya (va uning atrofida boʻlayotgan jazavani) oqibatlarini yengib oʻtish.

Mutaxassislar hozircha zararlarni hisoblashdan choʻchimoqda, ammo ular yuzlab milliard, hatto trillionlab dollarni tashkil etishini tushunish qiyin emas. Rossiya prezidenti Vladimir Putin taʼkidlaganidek, "yangi koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq joriy muammolar, 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqirozga qaraganda ancha koʻlamliroq silkinishlarga olib keladi".

Meropriyatiya po predotvraщeniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha AQSH dunyoda birinchi oʻringa chiqdi

Ushbu silkinishlar ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarga tegib oʻtadi - Gʻarbning oʻz iqtisodini qutqarish yoʻlidagi baʼzi egoistik choralari ularni tamom bir yoqlik qilishi mumkin. "Oramizda hech birimiz protektsionizm siyosatini yoki bir yoqlama siyosatni olib borishga haqli emas", - deydi ishonch bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan.

Soʻzlar ortigʻidan koʻp

Majlisning oʻzi yopiq holatda oʻtkazildi, uning yakuni boʻyicha juda gʻalati deklaratsiya qabul qilindi. Unda G20 davlatlarining epidemiyaga qarshi kurashish, birgalikda vaktsina ishlab chiqish, JSSTni qoʻllab-quvvatlash, barchani va har kimni global iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashga daʼvat etish istagi bayon etilgan.

Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Tramp Ar-Riyodning Rossiyani neft bozorlaridan siqib chiqarish rejasini maʼqulladi

Ammo u yerda yetishmayotgani - bu dunyo iqtisodiyotini qutqarish va uni harakatga keltirish boʻyicha qandaydir real, inqilobiy choralar mavjud emasligidir. Vladimir Putin iborasi bilan aytganda, jahon iqtisodiyotini "siyosiy poʻchoq"dan tozalash boʻyicha choralar kamlik qilmoqda.

Masalan, Moskva va Tehron Gʻarbga hozirgi murakkab davrda siyosiy qarashlarga asoslangan iqtisodiy sanktsiyalardan voz kechishni taklif etgandi. Yoki virusdan aziyat chekayotgan mamlakatlar (xuddi shu Eron) dori-darmon va asbob-uskunalarni hotirjam sotib olishlari uchun hech boʻlmaganda ularni zaiflashtirishni.

"Inqiroz davrida dori-darmon, oziq-ovqat, asbob-uskunalar va texnologiyalarni oʻzaro yetkazib berish uchun savdo urushlari va sanktsiyalardan holi boʻlgan yashil koridorlarni yaratish muhim. Aslida, biz birinchi navbatdagi zarur tovarlarga nisbatan, shuningdek, ular xaridi uchun moliyaviy tranzaktsiyalarni cheklashga qoʻshma birdam moratoriy joriy etishimiz kerak, - deydi Putin. - Alalxusus, bu odamlar hayot-mamoti masalasi, bu sof gumanitar masaladir".

Tanker Prospekt Mendeleyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Neft Rossiya gazini pastga tortib ketolmaydi. Sababi quyidagicha

Biroq, Rossiya prezidentining taklifi qabul qilinmadi - buning oʻrniga AQSH sanktsiyalarni faqat kuchaytirdi. AQSH maxsus vakili Brayan Xuk soʻzlariga koʻra esa: "Eron rejimiga maksimal bosim siyosati davom ettiriladi". Bu bilan, ular yangi voqeliklarni tushunmasligini va dunyoni inqirozdan keyingi kelajakka olib kirishni istamasligini yana bir bor namoyish etdi.

Neft narxini barqarorlashtirish yana bir muhim umumiy javob boʻlishi mumkin edi. Ammo, tomonlar hozircha ushbu barqarorlashtirish usullari borasida kelisha olmadilar. Bir qator davlatlar va ekspertlar bu jarayon kalitlari Vladimir Putin qoʻlida ekanligiga ishonishadi - Moskva OPEK+ ga qaytishi va neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda cheklashni oʻz zimmasiga olishi kerak. Boshqa ekspertlar esa, ushbu oldingi shartlar boʻyicha qaytish befoydaligini aytmoqda.

OPEK+ davlatlari tomonidan ishlab chiqarishni qisqartirish, Amerika slanets neft kompaniyalari uchun maqbul boʻlgan neft narxigacha oshishiga olib keladi, ular oʻz navbatida OPEK+ ga aʼzo davlatlar ulushining pasayishi hisobiga jahon bozorida oʻz ulushini oshiradi. Bu, oʻz navbatida, taklif oshishiga, narxlar pasayishiga, OPEK+ davlatlari tomonidan ishlab chiqarishning yanada qisqartirilishiga olib keladi.

Shu bois, aslida, muammoni hal qilish kalitlari (narxlar dempingini toʻxtatishi lozim boʻlgan) Saudiya Arabistoni  va (kompaniyalari oʻzini madaniy tutishi kerak boʻlgan) AQSH qoʻlida. Na Vashington, na Ar-Riyod bu kalitlardan hozircha foydalanishga tayyor emas - shu bois, rasmiy maʼlumotlarga koʻra, "yigirmatalik" davomida neft narxlari borasidagi masala muhokama qilinmagan. Bu esa G20 mamlakatlari hozircha "siyosiy poʻchoq"dan holi dunyoda yashashga tayyor emasligini yana bir bor namoyish etdi.

Yangiliklar lentasi
0