Siyosiy janjal: Chexiya rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPamatnik marshalu Konevu v Prage
Pamatnik marshalu Konevu v Prage - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovga ko‘ra, Rossiyaning ikki diplomati Chexiya tomonidan "persona non-grata" deya e’lon qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushiradi

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Chexiya hukumati Rossiya elchixonasining ikki vakilini chiqarib yubormoqda. Bu haqda matbuot-anjumani vaqtida mamlakat bosh vaziri Andrey Babish bayonot berdi.

Chexiya marshal Konev haykalini Rossiyaga qaytarishdan bosh tortdi - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya marshal Konev haykalini Rossiyaga qaytarib berishdan bosh tortdi

Siyosatchining aytishicha, ushbu qaror rossiyalik diplomatning Chexiyaga ritsin og‘usini olib kelishi bilan bog‘liqdir.

"Biz suveren davlatmiz va bu kabi aksiyalar bizlar uchun nomaqbul. Ushbu holatda biz shunday qaror qabul qildik: Rossiya elchixonasining ikki vakili mamlakatda "persona non-grata", deya e’lon qilindi", - deb aytgan bosh vazir.

Rossiya elchixonasi Praganing ushbu qarorini avval boshdan asossiz ayblovlarga yo‘g‘rilgan nodo‘stona qadam va "to‘qilgan fitna", deya baholagan edi. Dipmissiya Chexiya tomoni qo‘llagan choralardan g‘oyatda hafsalasi pir bo‘lganini va ushbu holat kollektiv muloqot uchun maydonni yanada toraytirganini ta’kidladi.

"Og‘u ko‘targan diplomat" atrofidagi janjal

Aprel oyi oxirida Respekt nashri Pragaga Rossiya pasportiga ega allaqanday erkak kirib kelgani haqida xabar bergan edi. Jurnalistlar ta’kidiga ko‘ra, u o‘zi bilan uch nafar mahalliy siyosatchilarni zaharlash maqsadida ritsin og‘usini olib kelgan. Bu siyosatchilar sovet marshali Ivan Konevning haykali olib tashlanishiga va Rossiya elchixonasi oldidagi maydonning Boris Nemsov sharafiga qayta nomlanishiga aloqasi bo‘lgan.

Shtab-kvartira Organizatsii po bezopasnosti i sotrudnichestvu v Yevrope (OBSE) - Sputnik O‘zbekiston
Siyosiy mojaro: qrimliklar chiqishidagi noxushlik tufayli Rossiya OBSEga norozilik kiritadi

Sal vaqt o‘tib, chexiya OAVlari o‘sha erkakning ismini oshkor qilishadi — ular versiyasiga ko‘ra, u Rossotrudnichestvo vakolatxonasining rahbari vazifasini bajaruvchisi Andrey Konchakov bo‘lgan.

Pragadagi Rossiya elchixonasi ushbu xabarlarni "chidab bo‘lmas va razil", deya atab, dipmissiya vakiliga politsiyachi qo‘riqchini biriktirishni so‘ragan. Sababi, OAVlarda keng tus olgan shaxsga nisbatan ta’qiblardan so‘ng Konchakov nomiga taxdidlar yog‘ila boshlagan.

Dalilsiz ayblov

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov chexiya OAVlarining xabarlari navbatdagi yolg‘onga o‘xshashini ta’kidlagan bo‘lsa, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva Chexiyada kimnidir zaharlashga uringani borasida hech kim negadir dalillarni taqdim etmayotganiga e’tibor qaratgan.

Lavrov o verbovke rossiyskix diplomatov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov diplomatlarning G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilishini surbetlik deb atadi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham zaharlashga urinish borasidagi xabarlar haqiqatligiga shubha bildirgan, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va IIV rahbari Yan Gamachek esa politsiya va maxsus xizmatlar, aftidan, hech qanday isbot-dalilga ega emasligini tan olgan.

Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov RIA Novostiga bergan intervyusida Chexiya tomonidan Rossiya elchixonasining ikki xodimi "persona non-grata" sifatida e’lon qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishiga olib kelishini aytdi.

Rossiya Praganing ushbu qaroriga munosib javob qaytaradi, deya ta’kidladi Jabarov.

Yangiliklar lentasi
0