"Katta yigirmatalik" sammiti: eng muhim takliflar

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite liderov "Bolshoy dvadsatki" po koronavirusu v rejime videokonferensii
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite liderov Bolshoy dvadsatki po koronavirusu v rejime videokonferensii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi Xalqaro valyuta jamg‘armasi shafeligi ostida maxsus fonda tashkil qilib, uning istalgan a’zosiga mablag‘larni qarzga olish huquqini berishni taklif etdi

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. G20 yetakchilari onlayn tarzda o‘tkazilgan sammit yakunida koronavirus bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Katta yigirmatalik" sammitida koronavirus tarqalishiga qarshi choralarni sanab o‘tdi.

Rossiya yetakchisi Xalqaro valyuta jamg‘armasi shafeligi ostida maxsus fonda tashkil qilib, uning istalgan a’zosiga mablag‘larni qarzga olish huquqini berishni taklif etdi.

Shuningdek, Rossiya yetakchisi koronavirusdan jabrlangan iqtisodlarni qayta tiklash bo‘yicha umumiy reja ishlab chiqishni, savdo va sanksiyalar urushidan holi bo‘lgan "yashil yo‘laklar" yaratishni, BSST sayi-harakatlarini testdan o‘tkazish imkoni mavjud bo‘lmagan davlatlarda koronavirusning yashirin holatlarini aniqlashga qaratishni taklif qildi.

Saudiya Arabistoni Qiroli, G20 raisi Salmon bin Abdul Aziz Al-Saud kelajakda xavfli kasalliklarga qarshi kurashda global majburiyatni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi.

"Biz kelajakda tarqalishi mumkin bo‘lgan yuqumli kasalliklarga qarshi global tizimning tayyorgarligini kuchaytirishimiz kerak", - dedi Al-Saud, G20 birinchi virtual sammiti ochilishida 24 mamlakat rahbarlariga videokonferensiya orqali.

Kompyuternoe izobrajenie, sozdannoe kompaniyey Nexus Science Communication sovmestno s Triniti kolledjem v Dubline, pokazivayet model, strukturno predstavlyayushuyu betakoronavirus, kotoriy yavlyayetsya tipom virusa, svazannogo s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalingan birinchi inson ismi oshkor etildi

U G20 davlatlarini ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga va koronavirus vaksinasini ishlab chiqish va zarur dori-darmon va uskunalar bilan ta’minlash uchun tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.

XXR Raisi Si Szinpin onlayn sammit chog‘ida G20 rahbarlarini global iqtisodiyotni tiklashga yordam berish uchun soliq yig‘imlari va tovarlarning erkin harakatlanishidagi to‘siqlarni olib tashlashga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh, sammit davomida "yigirmatalik" davlatlarini koronavirusga qarshi uyg‘unlashgan holda harakat qilishga chaqirdi. Guterreshga ko‘ra, har bir davlat tizimli ravishda COVID-19ga test o‘tkazishga va karantin choralarini amalga oshirishga qodir bo‘lishi kerak.

 

Eslatib o‘tamiz, bu yil G20 sammiti raisligi Saudiya Arabistoniga o‘tdi. Aynan Ar-Riyod global koronavirus pandemiyasi fonida favqulodda sammitni onlayn rejimida o‘tkash tashabbuskori bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0