TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Rossii prezidenti Vladimir Putin MDH ishtirokchi davlatlari yig‘ilishida o‘z hamkasblariga bir qancha hujjatlarni taqdim etdi. Ularda turli davlatlarning Ikkinchi jahon urushidan oldin Germaniya bilan kelishuvlari aks etgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya yetakchisi materiallarni taqdim etar ekan, xususan, maxfiy hujjatlar rasshifrovkasidan foydalandi va Molotov-Ribbentrop pakti fashist Germaniyasi va Yevropa davlatlaridan biri tomonidan imzolangan yagona hujjat bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi. Unga qadar, ya’ni 1934-yilda, Varshava va Berlin o‘rtasida kuch ishlatmaslik to‘g‘risida deklaratsiya imzolangan.
Shundan so‘ng, Putin, 1935-yildagi ingliz-german bitimini yodga oldi. "Buyuk Britaniya Gitlerga o‘z harbiy flotiga egalik qilish imkoniyatini taqdim etdi, garchi mazmunan, Birinchi jahon urushi natijalariga ko‘ra, Germaniya uchun bu ta’qiqlangandi yoki juda kam miqdordagi flotga egalik qilishga ruxsat berilgandi. So‘ngra, 1938-yilning 30-sentabrida Chemberlen va Gitler o‘rtasida imzolangan ingliz-german deklaratsiyasi (1937-1940 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Nevillning – tah.) Chemberlen tashabbusi bilan ular tomonidan tasdiqlangan", – deya aniqlik kiritdi davlat rahbari.
Shundan so‘ng, Germaniya bilan hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni Fransiya (1938 yil dekabri), Litva (1939 yil mart) va Latviya (1939 yil iyul) imzoladi.
"Shu tariqa, SSSR va Germaniya o‘rtasidagi kelishuv Yevropada tinchlikni saqlashga qaratilgan boshqa Yevropa davlatlari bilan imzolangan shartnomalar qatorida eng oxirgilaridan biri edi. Shu bilan birga, qayd etmoqchiman-ki, SSSR bu hujjatni barcha imkoniyatlar yo‘qqa chiqgach, SSSRning ...Yevropada yagona xavfsizlik tizimini yaratish bo‘yicha bergan barcha takliflari rad etilgach imzolagan", - deb ta’kidladi Vladimir Putin.
Shundan so‘ng prezident ba’zi bir arxiv hujjatlaridan parchalarni keltirib o‘tdi. U, xususan, Fransiya bosh vaziri (1938-1940 yy. – tahr.) Eduar Daladyedan iqtibos keltirdi: "Polsha ko‘magiga ishonmaslik u yoqda tursin, hatto, Polsha orqadan zarba bermasligiga ham kafolat yo‘q".
Putin ta’kidiga ko‘ra, Daladye Polsha elchisiga qator savollarni bergan. "U elchidan polyaklar sovet qo‘shinlarini o‘tkazib yuboradimi, deb so‘ragan. (Yuzef) Lukasevich salbiy javob bergan. Daladye undan sovet aeroplanlarini o‘tkazasizlarmi, deb so‘ragan. Lukasevich polyaklar ularga qarata o‘t ochishlarini aytgan. Agar... Germaniya Fransiyaga urush e’lon qilsa... Polsha yordamga keladimi, deya berilgan savolga Lukasevichdan salbiy javob yangragach... Daladye farang-polsha ittifoqidan ma’no ko‘rmayotganini ma’lum qilgan", - dedi prezident.
Rossiya yetakchisi, ushbu holat "SSSR Germaniya tomonidan o‘marilmoqchi bo‘lgan Chexoslovakiyaga yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lganiga ishora qiladi", deya qo‘shimcha qilgan. Lekin Sovet Ittifoqi va Chexoslovakiyaning majburiyatlari shunga borib taqaldi-ki, Praga oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatining bir qismini birinchi bo‘lib Parij bajaradi.
O‘z navbatida, Fransiya hukumati o‘z ko‘magini bu kabi hamkorlikdan tamomila voz kechgan Polshaning qo‘llab-quvvatlovi bilan bog‘laydi.
Putin, shuningdek, rasmiy Varshavaning Chexoslovakiyani bo‘lib olish bo‘yicha Munxen til biriktiruvi oldidan qo‘ygan harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. "Ular xuddi Germaniya o‘z o‘ljasiga chang solgani singari bir vaqtning o‘zida (Chexoslovakiya yerlarining bir qismiga - tahr.) talabgir bo‘lgan", – dedi Rossiya davlati rahbari va Polsha hukumati hatto Teshin viloyati anneksiyasi uchun qo‘shinlarni tayyor holatga keltirgani haqida gapirdi. "Ular diversiya va teraktlar sodir etish uchun jangarilarni yuborishgan, Chexoslovakiyani bo‘lib olish va okkupatsiya qilish uchun faol tayyorgarlik ko‘rganlar".
Shu bilan birga na London va na Parij o‘sha vaqtda Pragani qo‘llab-quvvatlamagan, uni "bu zo‘ravonlikka tan berishga" majbur etgan, deb xulosa qildi RF prezidenti.
"Germaniya talablarini turli usulda bajargan, unga yon bosishga harakat qilgan Fransiya va Angliya Chexiya davlatini qutqarishni istagan edi. Ammo buning o‘rniga ular Chexoslovakiya bo‘linishiga erishmoqchi bo‘lgan uchta davlatdan iborat yagona frontga yuzma-yuz bo‘ladilar. Maqsadi Chexoslovakiyani Yevropa xaritasidan yo‘q qilish ekanligini hech kimdan hatto yashirmagan Reyx rahbarlari Polsha va Vengriya demarshidan shu zahotiyoq foydalanishadi", – dedi Putin.
U shuningdek, ikki urush o‘rtasi davridagi jahonning eng obro‘li siyosatchilarining aksariyati 1938-yil Gitler, Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasida imzolangan va tarix ilmini o‘rganuvchilar orasida Munxen til biriktiruvi, deb nom olgan bitimni, umuman olganda pozitiv baholaganlar. Faqatgina Uinston Cherchill vaziyatni to‘g‘ri baholagan va hammasini boricha gapirgan, dedi Putin.
Rossiya yetakchisi tashqi ishlar xalq komissari Maksim Litvinovning 1938-yil Millatlar Ligasida so‘zlagan nutqidan iqtibos keltirdi. "Bugun urushni chetlab o‘tish va ertaga yanada keng ko‘lamli urushga yuzma-yuz bo‘lish, va bularning barchasi yeb-to‘ymas agressor va suveren davlatlarning yo‘q qilinishi hisobiga amalga oshsa, demak, bu Millatlar Ligasi pakti ruhida harakat qilmaslikdir. Ya’ni Sovet Ittifoqi bu hodisani qoralagan", - deb ta’kidladi RF prezidenti.
Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy matbuot-anjumani oldidan Rossiya prezidenti Ikkinchi jahon urushi haqida tarixiy haqiqatning buzib ko‘rsatilishi mavzusini ko‘targan edi. Putin so‘zlariga ko‘ra, sovet qo‘shinlari Polshaga "Polsha hukumati o‘z qurolli kuchlari hamda mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar ustidan nazoratni yo‘qotganidan so‘nggina kirib borganligini qayd etgandi".
Ilgariroq Sputnik O‘zbekiston Vladimir Putin matbuot-anjumanida yangragan eng yorqin fikrlar haqida material e’lon qilgandi.