O‘zbekiston Ikkinchi Jahon urushidagi MDH xalqlari qahramonligini abadiylashtirmadi - Rossiya

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi binosi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hali hanuzga qadar Ikkinchi jahon urushida MDH xalqlari ko‘rsatgan qahramonlikni abadiylashtirish haqidagi bitimga imzo chekkani yo‘q. Hujjatning maqsadi - MDH mamlakatlari hududidagi qabrlarning butunligini ta’minlashdir

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston Ikkinchi jahon urushidagi MDHga a’zo mamlakatlar xalqlari jasorati va qahramonligi xotirasini abadiylashtirish uchun bitimga imzo chekkani  yo‘q.

Bu haqda seshanba kuni ossiya Mudofaa vazirligining Ikkinchi jahon urushida o‘z vatanini himoya qilgan qurbonlar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Vladimir Popov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan parlament eshituvida xabar qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi natijalari haqida - Sputnik O‘zbekiston
Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta ko‘rib chiqishni istasa - marhamat!
Ushbu bitim 2011-yil 3-sentabr kuni imzolangan. Hujjat maqsadi — MDH mamlakatlari hududidagi qabrlarning butunligini ta’minlashdir.

"Ayni vaqtda ushbu bitim Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Armaniston, Rossiya va Moldova davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Bitim Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston tomonidan imzolanmagan", — deya sanab o‘tgan Popov.

Ushbu bitim bo‘yicha har bir mamlakatda ishlarni muvofiqlashtirish MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, Harbiy-Memorial qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0