Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta ko‘rib chiqishni istasa - marhamat!

Obuna bo‘lish
Bugun Vladivostokda bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan uchrashuv oldidan Putin, faqatgina ikki mamlakat orasida o‘zaro ishonch paydo bo‘lganda, Kuril orollari muammosini hal qilish mumkinligini aytdi.

Rossiya prezidenti Blumberg agentligi muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, Kuril orollari  muammosi va Ikkinchi Jahon urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘layotgan urinishlar haqida gapirdi.

Putin va Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Biz yer sotmaymiz, garchi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish - o‘ta muhim masaladir

“Biz yer savdosi bilan shug‘ullanmaymiz, garchi Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuzish masalasi o‘ta muhimdir. Biz yaponiyalik do‘stlarimiz bilan ushbu muammoning yechimini topishni juda ham istardik” dedi suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Kuril orollari muammosi uzoq yillar davomida Rossiya va Yaponiya orasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga xalal berib kelmoqda. Tokio 1855-yilgi shartnomaga asosan Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari Yaponiyaga berilishini talab qilmoqda. Moskva esa, ushbu orollar Ikkinchi Jahon uchushi natijalariga ko‘ra qonuniy ravishda SSSR tarkibiga, kirganini da’vo qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0