TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmonida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarini rag‘batlantirish maqsadida "GM Uzbekistan" AJ tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz shartnomaviy buyurtma berish orqali xarid qilish hamda xarid qilingan avtomobillarga birinchi va ikkinchi texnik xizmatni bepul ko‘rsatish bo‘yicha muddatli imtiyozlar berish belgilangan.
Shu kunlarda esa Prezident Farmoniga asosan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinmoqda.
Xabarda Uchtepa tumanida istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullayevga "Damas", Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga "Lasseti", Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga "Lasseti", Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga "Damas" rusumli yengil avtomobillar tantanali ravishda topshirilgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikada 1542 nafar urush faxriysi yashab kelmoqda. Prezident qaroriga muvofiq ularning har biriga 2 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari hokimlar, keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.