TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Buyuk Britaniya siyosatchilari Rossiyaga Uinston Cherchill ko‘zlari bilan qarashni bas qilishlari lozim. Cherchillning Rossiyaga nisbatan turlanib turadigan qarashlari haqida esa xalqimiz yaxshi xabardor, deb ta’kidlagan RIA Novosti nashriga Qrim hukumati rahbari o‘rinbosari Ruslan Bolbek.
Eslatib o‘tamiz, Bolbekning bu chiqishi yaqinda Buyuk Britaniya parlamenti Mudofaa qo‘mitasi tomonidan qilingan bayonotdan keyin bo‘lib o‘tdi. Britaniya Mudofaa qo‘mitasi mamlakat hukumatini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni imkon qadar kengaytirishga chaqirib, Moskvani "butun Yevropaga kiberhujumlar uyushtirganlikda", Ukraina va Gruziyada bir qator hududlarni bosib olganlikda ayblagan edi. Britaniya Kreml hukumatining bu harakatlarida "global ta’sirni tiklashga bo‘lgan intilishni" payqaganini yashirmagan.
"Britaniya qachondir o‘ziga kelishi kerak, Rossiyaga mudom Cherchill ko‘zlari bilan qarab bo‘lmaydi, axir, bugungi kunda britaniyalik siyosatchilarning ongini tumanlashtirib qo‘ygan antirossiya jazavasi — bu hech qayerga olib bormaydigan yo‘ldir", — deb aytgan Bolbek.
Siyosatchi shuningdek, Buyukbritaniya YeIdan ajralib chiqish borasida referendumdan keyin ham, Rossiyaga qarshi siyosat olib borishda davom etayotganidan, o‘zi kabi, Ukraina tarkibidan chiqish xohishini bayon qilgan Qrimni tan olmayotganidan afsusdaligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2014-yilning fevralida o‘tkazilgan edi. 2014-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimoroli vaqtincha okkupatsiya qilingan o‘ziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, qrim yarimoroli xohishi G‘arb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular o‘z noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanksiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.