Makron umumiy Yevropa armiyasini tuzishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishSammit YeS v Brussele
Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yevropa ichki demokratik jarayonlarga ko‘plab aralashish urunishlariga to‘qnash kelmoqda.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShdan mustaqil bo‘lgan “umumevropa armiya”sini tuzishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel  - Sputnik O‘zbekiston
Xrolenko: Yevropa Rossiya bilan kechadan oldin kuni urush boshlashi mumkin edi

“Haqiqiy umumevropa armiyasini tuzishga qaror qilmasak, yevropaliklarni himoya qila olmaymiz. Bizda asosan Qo‘shma Shtatlarsiz, mustaqil himoya qiladigan Yevropa bo‘lishi kerak”, - dedi Makron Europe 1 radiostansiya efirida.

Fransiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yevropa ichki demokratik jarayonlari va kiber sohasida ko‘plab aralashish urunishlariga to‘qnash kelmoqda.

 “Biz Xitoydan, Rossiyadan va hatto AQShdan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak!”, - deb yakun yasadi Makron.

Yevropa siyosatchilari muntazam ravishda Yevropa ittifoqining yagona armiyasini tuzish bo‘yicha takliflar bilan chiqishmoqda. Xususan, budjet masalalari bo‘yicha yevrokomissar Gunter Ettinger “Yevropa va chet eldagi missiyalarida demokratiya, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga birgalikda mas’ul bo‘lgan” armiya haqida orzu qilishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0