Yegorov muzeyida ham sovet ham nemis askarlarining barcha qurollari, kiyim boshlari va hatto kundalik hayotda foydalangan buyumlarigacha jamlangan. Askarlar kiyim boshlari va qurollarini 40 nafar manekenlar namoyish qilishadi. Ularning yuz ifodalari o‘ta tabiiy qilib yasalgan, ba’zida hatto tirik deb o‘ylash ham mumkin.
Kolleksiyada, barcha kalibrli o‘q-dorilar, snarad va minalar ham bor. Jumladan nemislar tomonidan Stalingradga otilgan 211 millimetrli eng kattya snaradlar ham.