Koen: Rossiya atrofida buncha dushman Ikkinchi Jahon urushi vaqtida ham bo‘lmagan

Obuna bo‘lish
Professor Koen Rossiya va NATO o‘rtasidagi inqirozni 1962-yildagi Karib oroli inqiroziga qiyosladi. Ammo hozirgi ahvol ancha xavfliroq. Jumladan, 1962-yilda sovet raketalari "Amerikadan 90 mil narida" joylashtirilgan bo‘lsa, NATO o‘z raketalarini Rossiyadan ikki qadam narida to‘g‘rilab qo‘ygan.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya chegarasi yaqinida dushmanlarning bu qadar uyushishi 1941-yil, natsistlar Germaniyasining hujumi davridan buyon kuzatilmagan edi, deb ta’kidladi amerikalik siyosatchi, Rossiya bo‘yicha ekspert, professor Stiven Koen Jon Batchelor ko‘rsatuvida. RIA Novosti xabari asosida.

NATO harbiy mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya generali yil davomida Rossiya bilan yadro urushi boshlanishi haqida bayonot berdi
So‘nggi paytlarda NATO Sharqiy Yevropada o‘z pozitsiyasini kuchaytirish bilan andarmon. Bunga misol qilib alyansning Ruminiyada barpo qilgan Raketalarga qarshi mudofaa bazasini keltirish mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, Moskva NATOning bu harakatlariga qarshi javob choralari ko‘rayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

"Mening Vashingtonga savolim bor, nima uchun NATOni aynan Vashington nazorat qiladi, — nahotki, biz, Rossiya bilan real urush sari qadam qo‘yayotganimizni anglamayapmiz, yoki maqsadimiz Rossiyani harbiy harakatlarga majbur qilishmi", — deb mulohaza qiladi professor Koen.

Agar, birinchi variant to‘g‘ri bo‘lsa, ya’ni, AQSh o‘z harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishini chindan anglamayotgan bo‘lsa, u holda, imkon qadar tezroq "uyg‘onmoq" kerak, deydi siyosatchi.

"Agar ikkinchi variant to‘g‘ri bo‘lsa, ya’ni AQSh Rossiyaga qarshi urush ochishga "qarshi bo‘lmasa", unda Amerika "aqldan ozgani aniq", deb qo‘shimcha qildi u. Professorning fikriga ko‘ra, bunday turdagi harbiy mojarolar oxir-oqibat tomonlarning biri yadro qurolini qo‘llashi bilan yakun topishi shubhasiz.

"Bir oydan beri NATO qanday qilib Rossiya chegarasi yaqinida — quruqlikda, dengizda va samoda o‘z harbiy kuchlarini tobora oshirayotganini kuzatapman", — dedi Koen. "Ikkinchi jahon urushi davridan buyon Moskva atrofida bu qadar ko‘p dushman kuchlar to‘planmagan edi. Rossiyaliklar Germaniya hujumini esdan chiqarmagan, shu bois, NATOning hatti-harakatlariga jiddiy qarashadi", — deb ta’kidladi u.

Bundesver ofitseri - Sputnik O‘zbekiston
Nemis siyosatchilari: Rossiya chegarasiga askarlarni yuborapmizmi, demak, tarixni unutibmiz
NATO o‘zining ushbu harakatlarini Rossiya tomonidan bo‘layotgan "agressiya" bilan oqlamoqchi bo‘lyapti. Professorning so‘zlariga qaraganda, bu o‘ylab topilgan baho, xolos. "Ular "aressiya" deganda nimani nazarda tutapti? Rossiyaning Suriyada "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ustidan qozongan g‘alabasinimi?".

"Lo‘nda qilib aytganda, Putin nima qildi? U agressiya bildirapti, yoki agressiyani kuchaytirapti, degan javobning bizga keragi yo‘q. Bu javob bilan AQShning Rossiyaga qarshi urush ochishga tayyorligini oqlab bo‘lmaydi", — deb ta’kidladi Koen.

Professor shuningdek, Rossiya shunchaki NATO harakatlariga o‘z munosabatini bildirapti va u bunga to‘liq haqli, dedi. "Vladimir Putin mujmallanib o‘tirmay, lo‘nda qilib: NATO Rossiya uchun xavf tug‘dirmoqda, dedi.

Alyansning "Rossiya o‘z harbiylarini NATOga tobora yaqin olib kelayapti" degan arz-dodi esa, surbetlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi professor.

Rossiya Suriyaga olib kirgan S-400 Zenit raketa kompleksi. - Sputnik O‘zbekiston
Independent: Rossiya G‘arbga o‘z harbiy texnikasi “zanglab qolmagan"ini ko‘rsatib qo‘ydi
Koenning fikricha, Rossiya o‘z hududida harbiy kuchlarni istalgan joyda qachon xohlasa va qayerda xohlasa joylashtirishi mumkin. Shu jumladan, Qrim va Kaliningradda ham.

Rossiya va NATO o‘rtasidagi ayni vaqtdagi inqiroz 1962-yildagi Karib oroli inqirozini eslatmoqda. Ammo hozirgi ahvol ancha xavfliroq. Jumladan, 1962-yilda sovet raketalari "Amerikadan 90 mil narida" joylashtirilgan bo‘lsa, NATO o‘z raketalarini Rossiyadan ikki qadam narida to‘g‘rilab qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0