O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga
binoan 4-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul
qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy,
transport-kommunikatsiya, fan-ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama
hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va
idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi
kutilmoqda.