Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari birgalikda obodonlashtiriladi

© AFP 2023 / NICOLAS ASFOURI Mavzoley v Kabule, v kotorom poxoronen timuridskiy pravitel Indii i Afganistana Babur
Mavzoley v Kabule, v kotorom poxoronen timuridskiy pravitel Indii i Afganistana Babur - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida turli yo‘nalishlarda madaniy-gumanitar hamkorlik haqida kelishib olindi

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Afg‘oniston hududida joylashgan Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari ikki mamlakat hamkorligida obodonlashtirishga kelishib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“O‘zbek va afg‘on umumiy madaniyati ramzi bo‘lgan Abu Rayhon Beruniy (G‘aznada), Alisher Navoiy (Hirotda), Zahiriddin Muhammad Bobur (Kobulda) kabi buyuk siymolar qadamjolarini birgalikda qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha ham kelishib olindi”, — deyilgan xabarda.

Undan tashqari 2018-yilda Afg‘onistonda Abu Rayhon Beruniyning ilmiy ijodiga bag‘ishlangan O‘zbekistonda esa — Gavharbegimga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin alohida o‘zbekistonlik ustalar guruhi katta mashaqqatlar bilan Afg‘onistondagi o‘zbek allomalari qabrlarini obodonlashtirgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0