O‘zbekiston Afg‘onistonga mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston kadrlar tayyorlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida kelishib olishdi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari madaniy-gumanitar sohaning turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mavzoley v Kabule, v kotorom poxoronen timuridskiy pravitel Indii i Afganistana Babur - Sputnik O‘zbekiston
Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari birgalikda obodonlashtiriladi

Xususan, O‘zbekiston Surxondaryo viloyatida afg‘on mutaxassislariga o‘zbek tilini o‘rgatish, temir yo‘l  va boshqa sohalarda  mutaxassislar tayyorlash uchun maxsus ta’lim markazini tashkil etdi. Undan tashqari, Afg‘oniston uchun kerak bo‘lgan mutaxassislarni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qitib berishga tayyorligini bildirdi.

Undan tashqari, tibbiy yordam sohasida Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan bir vaqtda O‘zbekiston prezidenti Afg‘oniston bilan munosabatlar kelajakda yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli munosabatlarimiz bundan keyin yanada rivojlanadi, o‘zaro bordi-keldilar kuchayadi va bularning barchasi ikki xalq manfaatlariga javob beradi, deb ishonaman,” – dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Afg‘oniston va O‘zbekiston orasida 16 ta muhim shartnoma va memorandumlar imzolandi. Imzolangan tijorat shartnomalari umumiy qiymati 500 mln dollarni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0