Ashraf G‘ani O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Albatta, bu yerda barchani xavfsizlik masalalari qiziqtirmoqda. Siyosatshunos Qodirovga ko‘ra, Afg‘onistondagi tinchlik missiyasini bajarayotgan AQSh harbiylari vaziyatni barqaror saqlab tura oladi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Shu yilning 4-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga doir qadamlar 29-noyabr kuni qo‘yildi — shu kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahridan ilk samolyot to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Toshkent aeroportidan Qobuldan amalga oshirilgan birinchi avia qatnovni tantanali kutib olishdi - Sputnik O‘zbekiston
Qobuldan birinchi parvozni kutib olish
Ushbu tashrifdan maqsad nima? Afg‘oniston tomon qanday takliflar bildiradi? O‘zbekistonni rejalari qanday? Bu haqda ekspertlar bildirgan fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Iliqlashuv bor, lekin to‘siqlar ham yo‘q emas…

Siyosatshunos Muhammadjon Qodirovga ko‘ra, bu tashrif asnosida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarida yaqin qo‘shnichilik munosabatlarining yanada iliqlashishi kutilmoqda. Bir vaqtning o‘zida bu ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlarda ayrim to‘siqlar bo‘lishi ham mumkin.

Kabul - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga tonnalab mineral o‘g‘itlar, texnika va bug‘doy yetkazib beradi

O‘tgan asrning 80-yillarida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan Qodirovga ko‘ra, Afg‘onistonda iqtisodda, ma’naviy hayotda davlatning o‘rni anchayin pastligi, O‘zbekistonda esa aksincha, ushbu sohalarda davlat muhim rol o‘ynashi, ikkala davlatning o‘zaro hamkorligi to‘laqonli amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Chunki, tijoratda erkinlikka ko‘nikkan afg‘onlarga O‘zbekistondagi tijorat va xususiy tadbirkorlik borasidagi tartib-qoidalar, meyorlar yoqmasligi mumkin.

Savdo-sotiq, konlar va TAPI

Ekspert fikricha, ikkala davlatning bugungi kunda o‘zaro manfaatdor bo‘lgan sohalari talaygina. Bu, avvalambor, afg‘on tomonini qiziqtirayotgan savdo-sotiq sohasi. Afg‘oniston o‘z tovarlari bozorini kengaytirish bilan bir vaqtda, o‘zbek tovarlari bilan jahon maydonida sovdo qilishga qiziqish bildirishi mumkin.

Bunda tashqari, Afg‘onistonda bugungi kungacha foydalanilmayotgan temir rudasi, mis konlarining mavjudligi ularni ushbu sohada O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borishga undashi mumkin.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston rahbari Aripovga TAPI gaz quvur loyihasiga qo‘shilishni taklif qildi
Ismini oshkor etishni xohlamagan yana bir ekspert esa Afg‘oniston prezidentini qiziqtirgan bosh masala bu — CASA-1000 (Afg‘oniston, Pokiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarini o‘zida mujassam qilgan energetik loyiha) va  (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) transmilliy gaz quvuri loyihalariga O‘zbekiston tomonini jalb etish, degan fikrni bildirdi.

Mazkur loyihalar Afg‘onistonni mintaqadagi energetika tizimidagi bosh bo‘g‘inga aylantiradi. O‘zbekiston Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining mazkur taklifiga qiziqish bildirishi mumkin, deya taxmin qildi ekspert.

Ekspert Qodirov ikki davlat energetika, temir yo‘l qurilishi sohalarida muzokaralar o‘tkazishi, Afg‘on tomoni O‘zbekistonda yaxshi rivojlangan sanoat sohasini rivojlantirishda yordam so‘rashi mumkinligini qayd etdi.

Mutaxassisga ko‘ra qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik borasida qandaydir muzokaralar uyushtirilishiga shubha bor.

Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligi xususiy qo‘llardaligi, bunda davlatning o‘rni deyarli yo‘qligi sababli, Afg‘on hukumati bu borada yirik takliflar kiritmaydi. Shunga qaramay, O‘zbekiston tomoni loviya, mosh kabi dukkakli ekinlar, go‘sht xarid qilish borasida takliflar kiritishi mumkiligini bildirdi.

Xavfsizlik masalalari nima bo‘ladi?

Albatta, bu yerda barchani xavfsizlik masalalari qiziqtirmoqda. Siyosatshunos Qodirovga ko‘ra, Afg‘onistondagi tinchlik missiyasini bajarayotgan AQSh harbiylari vaziyatni barqaror saqlab tura oladi.

Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi
Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qolishi haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida alohida ta’kidlagan edi.

Mirziyoyev Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borilishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgandi.

"Bu jafokash yurtda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish yo‘lidagi bizning umumiy qat’iy harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim", — deb fikr bildirgan Mirziyoyev qanchalik haq bo‘lganini vaqt, albatta, ko‘rsatadi.

Chunki, har qanday tashqi kuchlar aralashuviga qaramasdan, oradan ma’lum vaqt o‘tib, Afg‘oniston masalasi baribir shu mintaqada joylashgan mamlakatlar zimmasiga tushishi aniq. Shunday ekan, nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqadagi barcha mamlakatlar Afg‘oniston bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, uning iqtisodiy tiklanishi, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, xuddi O‘zbekiston singari kirishishlari lozim, chunki bu nafaqat Afg‘oniston, balki mintaqadagi har bir davlat taraqqiyoti garovidir, deb o‘z fikrini yakunladi Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0