O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroy qarorgohida imzolangan hujjatlar orasida "Termez-Xayraton" ko‘prigini muhofaza qilish va temir yo‘l qurilishi to‘g‘risida bitimlar bor

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida ikki davlat o‘rtasida qo‘shma hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi:

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi

— Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bayonnoma;

— Termez-Hayraton ko‘prigini muhofaza qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— "Mozori Sharif-Hirot" temir yo‘lini moliyalashtirish, loyihalashtirish va qurish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— "Quvvati 500 KVt bo‘lgan "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish" loyihasini amalga oshirish hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— Yuklarni tranzit tashish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida davlatlararo shartnoma;

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
"Navoiydan bir bayt": Afg‘oniston prezidenti o‘z nutqini o‘zbek tilida boshladi

— Davlat chegaralaridan o‘tkazish punktlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

— O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi;

— O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo bitim;

— Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo anglashuv memorandumi;

Vstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston 500 mln dollarlikdan ziyod eksport shartnomasi imzoladi

— Sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitim;

— "O‘zbekenergo" AJ va Afg‘oniston energetika va suv resurslari vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi;

— O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo-sanoat palatalari o‘rtasida anglashuv memorandumi;

— Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida hukumatlararo bitim.

Shuningdek, Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi.

Ushbu imzolangan hujjatlarning ijrosi shaxsan ikki davlat prezidentlari nazoratida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0