Ko‘ksaroyda Ashraf G‘ani va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva
Vstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ochiq va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan muzokarada mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Ko‘ksaroy qarorgohida munosib hurmat ehtirom bilan kutib olindi.

Marosimda, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi, prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAshraf G‘ani va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul oldidan o‘tmoqda
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul oldidan o‘tmoqda
Shundan so‘ng Ashraf G‘ani va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar Ochiq va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. 

Ayni damda tor doiradagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bir necha daqiqa ichida kengaytirilgan doiradagi uchrashuv boshlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0