Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni O‘zbekistonga keladi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay
Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi rahbari Abdulaziz Kamilov chorshanba kuni Afg‘oniston rahbariyati vakillari bilan Ashraf G‘anining respublikaga tashrifini muhokama qildi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani 4-dekabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, bu haqda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi
Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati bilan ikkiyoqlama hamkorlik masalalari muhokama etilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2017-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va Prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Muzokaralarda oliy darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Afg‘oniston uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0