TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonda davom etayotgan tashrifi davomida ko‘plab muhim shartnomalar imzolanmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Xususan, "Termiz shahrida Afg‘onistonning konsulxonasini ochish to‘g‘risida kelishib olindi", — deyilgan xabarda.
Undan tashqari muzokaralar davomida «Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot» temir yo‘lini barpo etish bo‘yicha bitimni imzolandi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imzolangan bitimlarning umumiy qiymati 500 mln dollarga yetgan.