O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif — Shibirg‘on — Maymana — Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.
Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifiga oid eng yorqin suratlar bilan Sputnik foto jamlanmasida tanishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Marosimda, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi, prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Ko‘ksaroy qarorgohida munosib hurmat ehtirom bilan kutib olindi.

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydonining o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5-dekabr kuni Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Ashraf G‘ani Hazrati Imom majumasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliy martabali mehmonga majmua tarixi haqida ma’lumot berildi.

Afg‘oniston Prezidenti majmuada saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Tashrif davomida o‘zbek-afg‘on qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Samimiy do‘stlik nishoni sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 ta "Isuzu" avtobuslari va 3 ta "New Holland" traktorini janubiy qo‘shniga sovg‘a sifatida taqdim etildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.

Mirziyoyev O‘zbekiston bundan buyon ham qo‘shni Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlarini tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ko‘ksaroy qarorgohida imzolangan hujjatlar orasida "Termez-Xayraton" ko‘prigini muhofaza qilish va temir yo‘l qurilishi to‘g‘risida bitimlar bor.

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6-dekabr kuni Buxoroga keldi.

Afg‘oniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi va ular oldida ma’ruza qildi. Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.