Mirziyoyev Ashraf G‘anini "katta birodarim", deb atadi

© Ofitsialniy veb-sayt Prezidenta Respubliki UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Ashraf Gani
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroyda Afg‘oniston va O‘zbekiston prezidentlarining OAV vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida Ashraf G‘anini "Katta birodarim", deb atadi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi "Ko‘ksaroy" qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlarining qo‘shma bayonotlari o‘ta samimiy ruhda kechdi. Ashraf G‘ani va Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida bir-birlariga bir necha marotaba "birodarim" deya murojaat qildilar.

Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi
Afg‘oniston prezidenti o‘z nutqi davomida Mirziyoyev tomonidan Afg‘oniston bo‘yicha bildirilayotgan tashabbuslarni e’tirof etdi va bugungi uchrashuv davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda poydevor yasaganini ta’kidladi.

O‘zbekiston prezidenti o‘z navbatida Ashraf G‘aniga, uning yuzida butun afg‘on xalqiga yuksak hurmatini namoyish etdi va Afg‘oniston rahbarini "katta birodarim", deya e’zozladi.

"Katta birodarim bilan katta rejalar qildik. Ikki prezident-birodarlar ko‘p narsalarga qodirligimizni amalda ko‘rsatamiz", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati
Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif — Shibirg‘on — Maymana — Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Mirziyoyev Afg‘oniston bilan bog‘liq kelgusi rejalar haqida gapirar ekan, "birinchi galdagi vazifamiz Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga qo‘shilishi uchun har tomonlama ko‘maklashishdan iborat", dedi.

O‘zbekiston prezidenti bu jahon hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga uyg‘un va hamohang ekanligini alohida qayd etdi.

Mirziyoyev O‘zbekiston bundan buyon ham qo‘shni Afg‘onistonni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlarini tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0