TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani muzokaralarni ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
“Keng ko‘lamli muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo va idoralararo darajadagi hujjatlar, ko‘plab tijoriy shartnomalarni imzolash mo‘ljallanmoqda.