Ashraf G‘ani O‘zbekistonda: xavfsizlik, eksport va sovg‘alar

© Instagram / Official Account of the Office of the President of AfghanistanPrezident Afganistana Ashraf Gani i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya soglasheniya o sotrudnichestve
Prezident Afganistana Ashraf Gani i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya soglasheniya o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan keldi. Ushbu tashrif natijalarini Sputnik muxbiri o‘rganib chiqdi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik, Anton Kurilkin. Afg‘oniston prezidenti o‘zining shimoliy qo‘shnisi — O‘zbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Uch kunlik tashrif dasturi doirasida Afg‘oniston rahbari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazdi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati

Respublikaning ishlab chiqarish sanoati bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, Buxoroga borib, u yerda mahalliy talabalar bilan muloqot qildi.

Yarim milliardlik o‘zbek eksporti

Yarim fuqarolik urush natijasida tilka pora qilinayotgan Afg‘oniston — uning asosiy eksport mahsuloti opium va geroindir — bu aksariyat qo‘shni davlatlarining bosh og‘rig‘i hisoblanadi.

Notinch qo‘shnichilikdan tashqari O‘zbekiston uchun terrorchilik dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Afg‘onistondagi beqarorlik sharoit tufayli u yerda terrorchilar panoh topishgan, masalan O‘zbekiston islom harakati.

Rasmiy Qobul ayni paytda mamlakatda tartib o‘rnatishga umid qoldirmayapti va bu borada o‘zining imkoniyatlarini yetarlicha baholamoqda. Afg‘oniston iqtisodiyotini va infratuzilmasini tiklash va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida boshqa mamlakatlardan yordam so‘rashni davom etmoqda.

Yubileyniy avtomobil ISUZU vipustil Samarkandskiy avtozavod - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Afg‘onistonga 25ta avtobus va 3ta traktor sovg‘a qildi

Toshkent harbiy harakatlarga aralashmayapti. So‘nggi bir necha yillar davomida qo‘shni mamlakatda bir necha infratuzilma loyihalarini amalga oshirdi. Hayratondan Mozori-Sharifgacha temir yo‘li tarmog‘ini qurib berdi. Elektr energiyasini yetkazib berishni tashkil qildi, o‘zbekistonlik muhandislari chegaradan Qobulgacha elektr uzatish liniyasini o‘rnatishdi.

Biroq, so‘nggi besh yil ichida mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi pasayib ketdi: agar 2014-yilda 600,9 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilga borib bu ko‘rsatkich chorakka — 444,5 million dollargacha kamaydi.

Ushbu qiymatnning aksariyat qismi o‘zbek eksporti hisobiga to‘g‘ri keladi — Afg‘oniston rasmiy ravishda deyarli hech narsa sotmaydi.

Masalan, mamlakatning savdo balansi shunday bo‘lgan: 600,1 million dollar — o‘zbek mahsulotlari, 800 ming dollar — afg‘on mahsulotlari.

"So‘nggi yillardagi Afg‘oniston savdo-sotiqning 25 foizga kamayishi mamlakatlar o‘rtasida aloqalar sovushi natijasida emas, balki mamlakat ichki muammolariga bog‘liq bo‘lgan", — deya ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga Yevroosiyo tahliliy klub rahbari Nikita Mendkovich.

Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi

"2013-2014 yillardagi savdo bilan bog‘liq qiyinchiliklar tashqi iqtisodiy sabablarga bog‘liq edi: gap xorijiy harbiy qo‘shinlarini kiritilishi haqida bo‘lib, Afg‘onistondagi prezidentlik saylovi natijalari bo‘yicha ziddiyatlar rivojlanayotgan ma’lum siyosiy inqirozga bog‘liq bo‘ldi va undan so‘ng Afg‘onistonda vaziyat yomonlasha boshladi", — dedi ekspert.

Kelgusida Toshkent va Qobul tashqi savdo aylanmasini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan — bu haqda 2016-yil yanvarda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tashrifi davomida bitim imzolangandi. O‘sha vaqtda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston yetakchisiga Toshkentga kelish taklifnomasini taqdim etgandi.

Prezidentlar nima haqida gaplashishdi

Ashraf G‘ani O‘zbekistonga 4-dekabr dushanba kuni kech payt keldi. Shuning uchun rasmiy tadbirlar kelgusi kunda boshlandi. 5-dekabr kunning birinchi yarmida G‘ani Mustaqillik va ezgulik monument poyiga gul qo‘ydi va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazish uchun bordi.

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani - Sputnik O‘zbekiston
"Navoiydan bir bayt": Afg‘oniston prezidenti o‘z nutqini o‘zbek tilida boshladi

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida umumiy hisobda 20 ta hujjat imzolandi. Hujjatlar ko‘lami — xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasini tuzishdan boshlab elektr tarmoq liniyalar va temir yo‘l qurilishigacha. Shuningdek o‘zbek-afg‘on qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Biroq loyihaning amalga oshirish tafsilotlari, harajatlari va muddatlari aniqlanmagan.

Bundan tashqari, yarim milliard dollarlik 40 ta savdo shartnomalar imzolandi. Barcha shartnomalar o‘zbek eksportiga taalluqlidir: Toshkent Qobulga elektr energiyasi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, dori-darmon, qurilish materiallari va transport vositalarini sotadi.

"Janubiy qo‘shnining mamlakat ichidagi vaziyatda bu bitimlarni imzolanishi — afg‘on diplomatiyasining muvaffaqiyatidir", — dedi Nikita Mendkovich.

Toshkent shu o‘rinda o‘z mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochilishiga manfaatdordir. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish esa birinchi navbatda iqtisodiy manfaat hisoblanadi.

Mavzoley v Kabule, v kotorom poxoronen timuridskiy pravitel Indii i Afganistana Babur - Sputnik O‘zbekiston
Bobur, Beruniy va Navoiy qabrlari birgalikda obodonlashtiriladi

Made in Uzbekistan mahsulotlari afg‘on tomonining qiziqishini uyg‘otmoqda. Tashrif dasturida Toshkentdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga tashrif tasodifiy emas edi. U yerda Abdulla Oripov barcha mahsulotni ko‘rsatib berdi.

G‘ani nafaqat o‘zbek sanoati ishlab chiqarish mahsulotlarini nafaqat ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, balki unga ayrimlarini sovg‘a sifatida taqdim etildi — samimiy do‘stlik nishoni sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 25 ta "Isuzu" avtobuslari va 3 ta "New Holland" traktorini janubiy qo‘shniga sovg‘a sifatida taqdim etildi.

Tashrifning uchinchi kuni, 6-dekabr kuni Ashraf G‘ani Buxoroga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston hukumati rahbari va Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev kutib oldi.

Afg‘oniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi va ular oldida ma’ruza qildi.

Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.

Yangiliklar lentasi
0