Bashar Asad: Suriyada urush hali yakunlangani yo‘q

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishIntervyu prezidenta Sirii B. Asada RIA Novosti
Intervyu prezidenta Sirii B. Asada RIA Novosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ttizinchi sentabr kuni Rossiya qurolli kuchlari Suriyada operatsiya boshlaganiga besh yil to‘ldi. Ushbu sana arafasida Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti XAAga katta intervyu berdi.

Suriya prezidenti Bashar Asad nashrga bergan intervyusida o‘z mamlakatida urush yakunlangan-yakunlanmagani, rossiyalik harbiylarning qanday harakati uning yodida shunchalik qattiq muhrlangan-ki, u bu haqda hatto, o‘z nabiralariga gapirib berishi, Suriyadagi uzoqqa cho‘zilgan mojaroda tub burilish yasagan holatlar va Rossiya hamda Suriyani harbiy-texnik hamkorlik sohasida istiqbolda nimalar kutayotgani xususida so‘zladi. U, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘da avj olgan ziddiyat sabablari haqida qarashlari bilan bo‘lishdi, AQShdagi prezident saylovlari istiqbollariga baho berdi hamda Donald Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surilishiga o‘z munosabatini bildirdi.

Prezident Sirii Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

Bundan tashqari, Suriya yetakchisi, amerikaliklar unga suiqasd uyushtirishi mumkinligi haqida axborotga ega-egamasligiga ham aniqlik kiritdi. Zamonning eng so‘nggi "qaynoq" mavzusi - koronavirus haqida gapirar ekan, Asad, Rossiya vaksinasi bilan emlangan bo‘larmidingiz, degan savolga javob berdi va suriyaliklarning ushbu preparatga ehtiyoji darajasi haqida so‘zladi. 

- Janob prezident, Suriyada Rossiya tomonidan operatsiya boshlangani besh yilligi nishonlanayotgan ushbu kunlarda intervyuni o‘tkazish imkoniyati uchun sizga katta minnatdorlik bildiramiz. Oradan besh yil o‘tib, Suriyada urush yakun topdi, deya ayta olasizmi?

- Yo‘q, aniq yo‘q. Terrorchilar mamlakatimizning ayrim tumanlarini egallab turar ekan, ular turli xildagi jinoyat hamda qotilliklarni amalga oshirar ekan, urush yakun topmaydi. Meni fikrimcha, ularning rahbarlari mojaro hali uzoq vaqt davom etishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishadi. Bizga shunday tuyulmoqda.

- Rossiyaliklarning qaysi qahramonliklarini yodingizda, yuragingizda saqlab kelasiz? Sizningcha, ulardan qay biri bu haqda nabiralaringizga aytib berishga loyiq?

Na Zapad nelzya polagatsya – Bashar Asad ob urokax siriyskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston
Asad Erdog‘anni Qorabog‘ mojarosi tashkilotchisi deb atadi

- Bunday qahramonliklar bisyor. Ulardan ko‘pi yodimda, albatta. Suriya va Rossiya armiyasining beshafqat urushdagi besh yillik hamkorligi davrida, fikrimcha, qahramonlik - kollektiv aktga aylanmoqda. Bu allaqanday individuallik emas, yoki sizning yodingizda qoladigan bir necha aniq holatlar ham emas. Masalan, agar harbiy uchuvchilar, harbiy kuchlar haqida yodga olinsa, u holda, rossiyalik uchuvchilar o‘z hayotlarini xavf-xatarga qo‘ygan holda terrorchilarga qarshi hujum parvozlarini har kuni amalga oshirgan bo‘lib, bunda samolyotlarning bir nechtasi terrorchilar tomonidan urib tushirilgandi. Boshqa ofitserlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular to hozirgi kunda qadar Suriya armiyasini front ortida emas, balki oldingi pozitsiyalarda qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda, ularning ayrimlari shahidlar kabi halok bo‘lishdi. Shunday ekan, kunlarning birida, men o‘z nabiralarimga nafaqat qahramonlik, balki urush davomida bizni qardoshlarga aylantirgan armiyalarimizning umumiy qadriyatlari xususida ham hikoya qilib beraman. Oliyjanob qadriyatlar - o‘z ishiga sadoqat, tinch aholini muhofaza qilish, begunohlarni himoyalash. Bu urush haqida ko‘p narsalarni gapirish mumkin.

- Ushbu urushda siz uchun tub burilish yasagan davr haqida ayta olasizmi?

Na Zapad nelzya polagatsya – Bashar Asad ob urokax siriyskogo konflikta - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad Suriya nima uchun kurdlarga yordam berayotganini tushintirdi

- Urush boshlanganiga 10-yildan oshdi, shunday ekan, bir emas, bir nechta burilish nuqtalari haqida aytishim mumkin. Birinchisi 2013-yilda ro‘y bergan, biz o‘shanda "An-Nusradan" ko‘plab hududlarni, ayniqsa, Suriya markaziy qismida joylashgan tumanlarni ozod qilishga kirishgan edik. So‘ngra, 2014-yilda boshqa yo‘nalishda kutilmaganda amerika qo‘llab-quvvatlovida IShID jangarilari paydo bo‘ldi va bir vaqtning o‘zida Suriya va Iroqdagi muhim hududlarni qo‘lga kiritdi. Bu IShID SAR armiyasini mamlakatning g‘arbiy qismini ozod qilish bo‘yicha missiyasidan chalg‘ita olgani tufayli, terrorchilar boshqa tumanlarni bosib ola boshlagan bir davr edi. Shundan so‘ng, 2015-yilda Suriyaga rossiyaliklarning kirib kelishi yana tub burilish yasagan davr bo‘ldi, biz birgalikda ko‘plab tumanlarni ozod eta boshladik. Rossiyaliklar Suriya armiyasini qo‘llab-quvvatlashga kelgan bir vaqtda, Aleppo sharqiy qismining ozod etilishini yana bir tub burilish yasagan davr deb bilaman. Shu vaqtdan e’tiboran Suriyaning boshqa hududlari ozod etilishi boshlangan. Bu Alepponing ahamiyati tufayli juda muhim edi, chunki bu lahza keyinchalik Damashqda, so‘ngra, yaqinda, Alepponing qolgan qismida, shuningdek, Suriya sharqi va janubidagi boshqa tumanlarda davom etgan hududlarning keng ko‘lamli ozod etilishi debochasi edi. Bularning barchasi tub burilishlar bo‘ladi. Agar ularni bir joyga to‘plasak, barchasi strategik muhim sanaladi, chunki har biri urush borishini o‘zgartirgan.

- Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan vaziyatlar xususida gaplashsak. Biz hozirda Rossiyada Armaniston va Ozarbayjondagi mintaqaviy mojarolarni kuzatib borapmiz. Albatta, bu masalada Turkiyaning roli bor. Bu rol yaxshi yoki yomonligi borasida baho bermayman. Ammo Turkiya va Erdog‘anning siyosati haqida savol bermoqchi edim. So‘nggi yillarda Turkiya o‘z xalqaro ta’sirini oshirishga harakat qilmoqda. Biz Liviyada uning ishtirokini ko‘rapmiz, Suriyadagi vaziyatga aralashishga harakat qilmoqda, Gretsiya bilan hududiy bahsi bor, endi esa ochiqdan-ochiq Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlamoqda. Turkiyaning, shaxsan Erdog‘anning bunday hatti-harakati haqida qanday fikrdasiz? Xalqaro hamjamiyat ushbu neo-usmoniylik siyosatiga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakmi?

Bronirovanniy Tigr-baggi  - Sputnik O‘zbekiston
Suriya operatsiyasi ideal harbiy yo‘ltanlamas yaratishga yordam berdi

- Ochiq va aniq gapirishga ijozat bersangiz. Erdog‘an Suriyada terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, Liviyadagi terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, u yaqinda Tog‘li-Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida boshlangan mojaroning asosiy sababchisi va tashabbuskori edi. Shu bois, uning harakatlari, umuman olganda, xavfli. Turli sabablarga ko‘ra. Birinchidan, chunki bu harakatlar - ekstremistik, terroristik tashkilot sanalgan "Musulmon birodarlar" liniyasini takrorlaydi. Ikkinchidan, Erdog‘an o‘zining Turkiya ichidagi harakatlari, ayniqsa, Suriyadagi IShID bilan bo‘lgan janjalli aloqalaridan jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun turli mintaqalarda urush boshlaydi. IShID amerika HHK panohida Turkiya orqali suriya neftini sotganini hamma biladi, tabiiyki, turklar neft savdosida ishtirok etishganini ham. Uning maqsadi shundan iborat va bu o‘ta xavfli. Xalqaro hamjamiyat bu vaziyatdan xabardor bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q, degan masalaga kelsak. "Xalqaro hamjamiyat" degan atama haqiqatda unchalik katta bo‘lmagan davlatlar guruhini anglatadi: buyuk derjavalar va boy mamlakatlarni. Ularni siyosiy maydondagi obro‘li mamlakatlar, deb atay qolaylik. Shu xalqaro hamjamiyatning aksariyati - Turkiyaning terrorizmni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishtirokchilaridir. Shu bois, ular Turkiya nima qilayotganini bilishadi, u qilayotgan ishlar bu davlatlarga yoqadi, Turkiya - ushbu regionda ular siyosatini targ‘ib qilish uchun ularning qo‘lidagi instrumentdir, ular Turkiya orqali bu mintaqada o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etadilar. Shu bois - yo‘q, biz xalqaro hamjamiyatga tayana olmaymiz. Xalqaro huquqdan umid qilish mumkin edi, ammo u ham yo‘q: bu huquqni amaliyotda tatbiq etilishini ta’minlaydigan institutlar mavjud emas. Shu bois, biz Suriyada faqat o‘zimizga va do‘stlar ko‘magiga tayanishimizga to‘g‘ri kelmoqda.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Suriyadagi terrorchilar makonlari batamom yo‘q qilinadi

- Tog‘li-Qorabog‘dagi mojaro bo‘yicha bir holatga aniqlik kiritsangiz. Avvalroq, Suriyada jang qilgan uyushmalar terrorchilari Armaniston-Ozarbayjon mojaro hududiga o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Siz buni tasdiqlay olasizmi? Jangarilar Suriyadan o‘sha joyga yo‘l olayotgani haqida ma’lumotlarga egamisiz?

- Biz buni aniq tasdiqlay olamiz, ammo bizda dalillar mavjudligi uchun emas. Ba’zida dalillar bo‘lmaydi, ammo shunga ishoralar bo‘ladi. Turkiya Suriyada turli mamlakatlardan kelgan terrorchilardan foydalangan. U Liviyada ham shu metodlardan foydalandi – u yerda Suriyadan, ehtimol, boshqa davlatlardan ham terrorchilarni ishlatdi. Shu bois, u Tog‘li Qorabog‘da ham shu metodlardan foydalangani dalillarni talab qilmaydi, katta ehtimol bilan bu shunday, boya aytganimdek, aynan Turkiya shu muammoga olib keldi va ushbu mojaroni boshladi: u shuni qo‘llab-quvvatladi. Turkiya nimagadir erishmoqchi edi va u o‘sha metodlardan foydalanmoqchi. Biz uning Suriya va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan terrorchilarni Tog‘li Qorabog‘da ishga solganligini ayta olamiz.

- Keling, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarga o‘tamiz. Prezident Putin bilan qandaydir muloqot yoki uchrashuvlar rejalashtirilganmi?

- Biz doimo aloqadamiz, asosan, telefon orqali, biror voqea yuz bersa yoki muloqotga ehtiyoj bo‘lsa telefonlashamiz. Albatta, bu muloqotimiz davom etadi, va albatta, kelajakda uchrashamiz, ammo bularning barchasi Suriyadagi siyosiy vaziyatga bog‘liq. Xabaringiz bor, hozirda butun dunyo koronavirus pandemiyasi tufayli falaj bir holatga kelgan. Shu bois, yaqin vaqtlar oralig‘ida, bizning suhbatlarimiz, telefon orqali kechadi, deb o‘ylayman.

- Suriya uchun yangi kreditlar, yangi qarzlar haqidagi masalani ko‘tarishni rejalashtirapsizmi?

- Hozirgi iqtisodiy holatimizda kreditlar uchun murojaat qilishni muhim, deb hisoblaymiz, ammo bir vaqtning o‘zida, bu kreditlarni qoplashga imkoniyat bo‘lmasa, bunday qadamni qo‘yish nojoiz. Aks holda, bu iqtisodiyot uchun g‘oyatda og‘ir yukka aylanadi, bunday omillarni inobatga olish zarur. Biz kreditlar haqida o‘ylayapmiz, bu borada rossiyalik hamkasblar bilan ham muhokama qilgan edik, ammo bu haqda jiddiy so‘z ochishdan oldin, amaliyotda bunday qadamni tashlashga tayyorlanib olish lozim.

Amerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik O‘zbekiston
"Yanki, gou xoum!": Suriyada nimalar boshlandi

- Yaqinda Rossiya delegatsiyasi, jumladan, bosh vazir o‘rinbosari Borisov Suriyaga tashrif buyurdi. Suriya S-400 singari zenit tizimlarini xarid qilishga qiziqishi bildiradimi? Yoki qo‘shimcha S-300larga ehtiyojmandmi?

- Ikki yilcha oldin biz armiyamizni modernizatsiyalash bo‘yicha rejamizni amalga oshirishni boshlagan edik, hech kimga sir emas, biz ushbu modernizatsiya ishlarini Rossiya mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirishni xohlaymiz, nega deganda, bir necha o‘n yilliklar davomida bizning armiya to‘liq Rossiya qurol-aslahalariga tayanib kelmoqda. Ammo bizning ustuvorliklarimiz bor, bu yerda gap raketalar haqida ham emas. "Yerdagi" jang haqida to‘xtalar ekanmiz, ayni vaqtda boshqa ustuvorliklar ham bo‘lishi mumkin. Bizning keng ko‘lamli rejamiz bor, ammo biz ustuvorliklarga mos ravishda harakat qilmog‘imiz lozim. Odatda, harbiy rejalarimiz tafsilotlari haqida gapirmaymiz, ammo, umuman olganda, ta’kidlaganimdek, bu armiyani har tomonlama modernizatsiyalash bilan bog‘liq.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

- AQShdagi prezident saylovlarini kuzatib borayotgan bo‘lsangiz kerak. Yangi amerika prezidenti, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, Suriyaga nisbatan sanksiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishiga umid qilasizmi?

- Biz amerika saylovlaridan prezident emas, korporatsiya rahbari saylanishini kutamiz, nega deganda, direktorlar kengashi mavjud bo‘lib, bu direktorlar kengashi: banklar, qurol va neft kompaniyalari va hokazo singari yirik korporatsiyalardan, lobbichilardan iborat. Shu bois, u yerda korporatsiya rahbari saylanadi, uning hech qanday huquqlari, yoki qandaydir qarorlarni qayta ko‘rib chiqish vakolatlari bo‘lmaydi, u faqat bu qarorlarni ijro etishi kerak. Tramp prezident bo‘lganida u bilan aynan shunday holat sodir bo‘ldi.

- U avval ham ko‘p yillar bosh direktor bo‘lgan…

- Xuddi shunday! U bosh direktorligicha qoldi. Tramp o‘z siyosatiga amal qilishni va amalga oshirishni xohlagan edi va buning uchun deyarli jazolandi: impichment mavzusi yodingizdami? Tramp saylovlar oldidan aytgan har bir so‘zini ichga yutishga majbur bo‘ldi. Prezident saylanishini kutish kerak emas, gap bosh direktor haqida borapti deb aytganimning boisi ham shu. Agar siz siyosatni o‘zgartirish haqida so‘z ochishni istasangiz, unutmangki, sizda xuddi o‘sha direktorlar kengashi bor, u o‘z siyosatini o‘zgartirmaydi. Bosh direktor o‘zgarishi mumkin, ammo kengash eskiligicha qoladi, shunday ekan, hech narsa kutishning keragi yo‘q.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp uning Rossiya bilan “aloqalari” to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi

- Bu "direktorlar kengashi"ga kimlar kiradi? U odamlar kim?

- Aytganimdek, bu kengash lobbilar guruhidan iborat, ular o‘zlari istagan narsalarni amalga oshirishadi, ular kongress va boshqalarni, jumladan, ommaviy axborot vositalarini nazorat qilishadi... Boshqacha aytganda, bu AQShda o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun harakat qiladigan turli xildagi korporatsiyalar alyansidir. 

- Tramp Amerika kuchlarini Suriyadan olib chiqish va’dasini bergan edi, ammo buni amalga oshira olmadi. Endi uning nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taqdim etishdi. Siz nima deb o‘ylaysiz, agar u amerika askarlarini uyga qaytara olsa, tinchlik bo‘yicha mukofotni oladimi?

- Uni nomzodi ilgari surildimi?

- Ha.
- Xabarim yo‘q edi. Agar siz tinchlik bo‘yicha mukofot nominatsiyasi haqida gaplashmoqchi ekansiz, tinchlik bu faqat qo‘shinlarni chiqarish emas, garchi bu yaxshi va zarur qadam bo‘lsa-da. Ammo tinchlik - bu siz yuritayotgan siyosat, sizning hatti-harakatingizda aks etadi. Hududlarni okkupatsiya qilishni to‘xtatish, sizni qo‘llab-quvvatlamagani tufayli xush ko‘rilmagan hukumatlarni ag‘darishni to‘xtatish, turli mintaqalarda tartibsizliklarni yuzaga keltirishni to‘xtatish. Tinchlik - bu xalqaro qonunlar va BMT Nizomiga amal qilish. Tinchlik mana shu, shular uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berish kerak. Obama bu mukofotni oldi, vaholanki, u endigina saylangan va hali hech narsa qilmagan edi. Uning o‘sha vaqtdagi yagona yutug‘i u Oq uyga ko‘chib o‘tganidan iborat edi. Va unga Nobel mukofotini berishdi. Fikrimcha, Trampga ham shunga o‘xshash bir holat uchun bu mukofotni berishlari mumkin. Nima uchun, bilmayman. Ammo tinchlik uchun emasligi - bu aniq.

Kerri: Suriyada urush barham topishi uchun Bashar Asad prezidentlikdan ketishi kerak

- Yaqinda Tramp sizni o‘ldirishga buyruq bermoqchi bo‘lganini, ammo o‘sha paytdagi Pentagon rahbari Mettis uni bundan qaytarganini tan oldi. Bu haqda bilganmisiz? Qandaydir choralar ko‘rilganmi?

- Qotillik - bu amerikancha ish uslubi, modus operandi, ular bu ishga o‘nlab yillar davomida muntazam qo‘l urib keladilar. Hamma joyda, dunyoning har bir burchagida. Bu yangilik emas. Shu bois, turli sabablarga ko‘ra bunday rejalar har doim mavjud bo‘lganligini inobatga olish kerak. Suriyadagi mojaro sharoitida amerikaliklardan shunga o‘xshash narsani kutishimiz kerak. Ular bizning yerimizni okkupatsiya qilishdi, terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bu kutilgan holat. Agar bizda bunday ma’lumotlar bo‘lmasa ham, bu aniq bo‘lishi kerak. Buni qanday oldini olish mumkin? Gap u yoki bu shaxsga yoki prezidentga nisbatan biron bir aniq ish yoki rejalar haqida emas, balki xulq-atvor haqida ketmoqda.

Agar xalqaro munosabatlarda AQSh o‘z jinoyatlari uchun javobgarlikdan qochib qutula olmaydigan bir muvozanat bo‘lmasa, AQShni bu kabi shafqatsiz harakatlar va hujumlardan hech narsa to‘xtata olmaydi. Aks holda, bunday xatti-harakatlar turli hududlarda tobora ko‘proq yangi jinoyatlarni keltirib chiqaradi va ularni hech narsa to‘xtata olmaydi.

Suriya prezidenti Bashar Asad. - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: “Qanday prezidentligimni Suriya xalqi hal qiladi. Yevropaliklar emas”

- Sizga boshqa suiqasdliklar bo‘lganmi?  

- Men aniq holatlardan xabardor emasman. Ammo, aytganimdek, bunday urinishlar yoki, aniqroq aytsam, rejalar bor. Faqat qaysi rejalar hanuzgacha dolzarb yoki aytaylik, pauzaga qo‘yilgan, degan savol mavjud. Hech kim bilmaydi.

- Suriyadagi vaziyatga qaytarishga ijozat bersangiz. 2021-yilda yana prezidentlikka o‘z nomzodingizni qo‘yasizmi?

-  Bu haqda gapirish hali erta, oldinda hali bir necha oy bor. Kelasi yil boshida bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishim mumkin.

- Qiziq. Siz Aleksandr Lukashenkoni inauguratsiya bilan tabrikladingiz. Ehtimol, siz Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan qo‘llangan siyosiy texnologiyalar va Suriya davlatiga qarshi axborot urushida qo‘llanilgan usullar o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rmoqdasiz?

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri

- Men prezident Lukashenkoga tabrik yo‘lladim, bu tabiiy hol. Belarusda ro‘y berayotgan voqealarga kelsak: ikki mamlakat - Suriya va Belarus o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlardan qat’i nazar, mamlakatda real yoki sun’iy tashkil etilgan mojaro ro‘y berayotganidan qat’i nazar, G‘arb – toki u o‘zining butun dunyo bo‘ylab gegemoniya siyosatini o‘zgartirmas ekan – dunyoning istalgan burchagida ishlarga aralashaveradi. Agar mamlakatingizda qandadir aniq muammo bo‘lsa, - uning ko‘lami qandayligi mutlaqo farqi yo‘q - G‘arb baribir aralashadi. Agar bu ichki jarayon bo‘lsa, ular buni xalqaroga aylantiradi, bu faqatgina sizning ishlaringizga aralashish uchun qilinadi. Agar sizda muammo bo‘lmasa, ular uni yaratish va xalqaroga aylantirish uchun qo‘ldan kelgan ishni qiladilar - bu ham, faqat sizning ishingizga aralashish uchun. Bu ularning siyosati.

Shu bois, ish Belarusda aynan nima ro‘y berayotganida emas. Har qanday davlatda - Suriyada, Belarusda, sizning mamlakatingizda - o‘ziga yarasha muammolar bor. G‘arbning aralashishga haqqi bormi yoki yo‘q? Bu, biz qarshi turishimiz kerak bo‘lgan holat. Endi sizning savolingizga qaytsak. Ha, bu o‘sha hatti-harakat, o‘sha strategiya, xuddi o‘sha taktika. Yagona farqi - ular qo‘llayotgan atamalar va ishlatayotgan sarlavhalarda. Ular Rossiya uchun bir xil, Venesuela uchun boshqa bir xil va Suriya uchun uchinchi xil sarlavhalarni ishlatishadi va hokazo. Ya’ni, gap Belarusda emas, gap G‘arbning o‘zini tutishi va uning kelajakka strategiyasida, chunki ular Rossiya, Xitoy va dunyodagi boshqa kuchlarning ko‘tarilishi ular uchun ekzistensial tahdidni anglatishini va bunga qarshi turishning yagona yo‘li - bu butun dunyo bo‘ylab tartibsizliklarni vujudga keltirish deya tushunishadi.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Belarusga “Sputnik V” vaksinasi birinchi partiyasi yetkazib berildi

- Koronavirus va uning butun insoniyat uchun oqibatlari haqida tilga oldingiz. Suriya hukumatida kimdir bu virus bilan bemorlandimi? Ehtimol, o‘zingiz?

- Xudoga shukr, yo‘q. Bizning hukumatimizdan kimdir bu infeksiyani yuqtirgan, deb ham o‘ylamayman.

- Bu yaxshi. Shaxsan siz Rossiya vaksinasi bilan emlanishni istarmidingiz?

- Albatta, yuzaga kelgan vaziyatda har bir inson ushbu xavfli virusga qarshi vaksina olishni xohlardi. Meni tushunishimcha, bu vaksina hozircha xalqaro bozorda yo‘q, ammo biz Rossiya hukumati bilan u qachon Suriyaga keltirilishi mumkinligini muhokama qilishni rejalashtirapmiz. Bu juda muhim.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada vaksina necha pul turishi ma’lum bo‘ldi

- Ha, Rossiya vaksina bilan o‘zining xalqaro sheriklariga yetkazib berishga tayyorligini aytgan edi.

- U noyabrda bozorga chiqarilishini aytishgandi.

- Rossiya vaksinasi postavkasi bo‘yicha ariza yuborasizmi?

- Albatta. Bu hozir zarur.

- Qancha miqdorda?

- Hammasi vaksinaning qancha miqdorda bozorga chiqarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, Suriya Sog‘liqni saqlash organlari bilan bizga qancha kerakligi masalasini muhokama qilish lozim.

- Ya’ni siz Rossiya hukumati bilan batafsil muzokaralarni o‘tkazmoqchisiz?

- Albatta. Xuddi shunday. Suriyada hamma Rossiya vaksinasiga va u qachon savdoga chiqarilishiga qattiq qiziqish bilan qaramoqda.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlanish istagini bildirdi

- Koronavirus pandemiyasi fonida jamiyatda konstitutsiyani o‘zgartirishga xohish saqlanib qoldimi? Axir pandemiya dunyoda, va tabiiyki siyosat sohasida yangi paradigmani yaratdi. Bu muammolar va Jenevadagi muzokaralar bilan bog‘liq holat konstitutsiyani o‘zgartirish zaruratini shubha ostiga qo‘ymoqda. Siz bu haqda nima deysiz?

- Yo‘q, koronavirus va konstitutsiya o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Biz konstitutsiyani 2012-yilda o‘zgartirganmiz va hozirda Jenevadagi muzokaralar davomida muhokama qilyapmiz. Biz taxminan bir oy oldin bir raund muzokaralarni o‘tkazdik. Pandemiya tufayli raundlar orqaga surildi, ammo to‘xtatilgan emas.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov (o‘ngda) va AQSh davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov va Kerri Jenevada Suriya bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

Oxir-oqibat, jeneva muzokaralari - bu siyosiy o‘yin, bu suriya jamiyati o‘z diqqatini jamlagan narsa emas. Siriyaliklar konstitutsiya haqida o‘ylagan emas, hech kim bu haqda gapirgani ham yo‘q. Ularni biz ishga tushirishimiz lozim bo‘lgan islohotlar, hamda ularning ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zgartirishimiz lozim bo‘lgan siyosat ko‘proq o‘ylantiradi. Biz hozir aynan shuni muhokama qilyapmiz, biz shuning tashvishidamiz, va hukumatimiz ham aynan shu narsaga o‘z e’tiborini qaratgan.

- Ya’ni, aytmoqchisizki, Jenevadagi muzokaralar davom ettirilishi kerak, konstitutsiya masalasi kun tartibida va ko‘proq muhokama bo‘lishi lozim, shundaymi?

- Ha, albatta. Biz buni boshlaganmiz va bir necha haftalar davomida davom ettiramiz.

- Suriya "Oq kaskalar"ga qarshi sud jarayonini o‘tkazadimi? Sizning nazdingizda ular faoliyati xalqaro miqyosda tergov qilinishi kerakmi? Ehtimol, BMT shafeligi ostida? 

- Jinoyat ro‘y berganida, pichoq yoki boshqa qurolni emas, balki jinoyatchini sud qilishadi. Ayni holatda "Oq kaskalar" - bu shunchaki terrorizm tomonidan ishlatilgan aslaha, vosita, qurol edi. Ularni Buyuk Britaniya hukumati yaratdi, AQSh va albatta, Fransiya va boqa g‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatladi, Turkiya esa bevosita foydalandi. Bu rejimlarning barchasi - "Oq kaskalar"ning haqiqiy ota-onasidir, shu bois, "Oq kaskalar"dan ham oldin aynan ular javobgarlikka tortilishi lozim. Hozir masala boshqa narsada: xalqaro huquqda buni amalga oshirish uchun instrumentlar mavjudmi? Yo‘q, ular yo‘q. Aks holda, AQSh deylik, Iroq, Yaman va boshqa joylardagi jinoyatlari uchun jazodan qutula olmasdi. Nafaqat AQSh. Fransiya, Buyuk Britaniya, boshqa davlatlar ham, jumladan, Suriyadagi Qo‘shma Shtatlar ham. Ammo aytganimdek, tegishli qonunlarni harakatga keltira oladigan institutlar yo‘q. Shunday ekan, biz ko‘proq aybdorlarga, haqiqiy aybdorlarga, haqiqiy boshqaruvchilarga o‘z diqqatimizni jamlashimiz kerak. Bu esa - g‘arb davlatlari va ularning regionlardagi marionetkalaridir.

SPUTNIK_Lavrov viskazalsya o predpolagayemoy ximicheskoy atake v siriyskoy Dume - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Suriyadagi kimoviy hujum "Oq kaskalilar" tomonidan sahnalashtirilgan

- Lekin, ehtimol, "Oq kaskalar"ga nisbatan qandaydir aniq qadamlar bo‘lishi kerakdir? Axir ular hamon o‘z faoliyatini davom ettirmoqda?

- Ha, albatta, ular jinoyatchi. Men boshqa narsani nazarda tutganim ham yo‘q. "Oq kaska"ga aylanishdan oldin, ular "An-Nusra" bo‘lgan. Bu jinoyatchilarning video va fotosuratlari bor. Ularni Suriyada sud qilish lozim. Ammo siz "Oq kaskalar" to‘g‘risida tashkilot sifatida gapirar ekansiz, u holda, bu tashkilot G‘arbda yaratilgan. Undagi odamlar jinoyatchi, ammo "Oq kaskalar" - bu g‘arb instituti, "An-Nusra" bazasidagi ekstremist-terrorchi tashkilot.

- Siz amerika va turk harbiylari Suriyada noqonuniy bo‘lib turganini aytasiz. Bunga chek qo‘yish uchun nima qilasiz?

- Bu okkupatsiya. Ushbu holatda biz ikkita narsa qilishimiz kerak: birinchisi - ular okkupatsiya uchun foydalanayotgan bahona, ya’ni terrorchilar, shu o‘rinda "Islom davlati"dan qutulish. Dunyoning aksariyat davlatlari "ID" amerikaliklar tomonidan yaratilgani va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bilishadi, amerikaliklar ularga xuddi boshqa bir amerika kuchlariga singari topshiriq beradilar. Bu bahonadan qutulish lozim, shuning uchun Suriyadagi terrorchilarning yo‘q qilinishi - biz uchun bosh ustuvorlikka ega. Agar amerikaliklar va turklar shundan keyin ketishmasa, o‘z-o‘zidan tabiiy ravishda xalq qarshiligi boshlanadi. Bu yagona yo‘l. Ularni munozara yoki xalqaro huquq chiqib ketishga majbur etolmaydi, chunki bu yo‘q narsa. Qarshilikdan boshqa vosita yo‘q va Iroqda ham xuddi shu holat ro‘y bergan. 2007-yilda amerikaliklarni chiqib ketishga nima majbur etgan? Bu iroq xalqi ko‘rsatgan qarshilik natijasi bo‘lgan edi.

Amerikanskie soldati nablyudayut za poradkom na ulitse Bagdada - Sputnik O‘zbekiston
Iroqda urush boshlab, Amerikani boy berish: bu qanday ro‘y berdi

- AQSh va suriya qurdlari o‘rtasida neft qazib olish bo‘yicha tuzilgan bitim to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Shu munosabat bilan qandaydir choralar ko‘rasizmi?

- Bu talonchilik, va uni to‘xtatishning yagona usuli - bizning hududimizni ozod qilish. Agar buni amalga oshirmasa, hech qanday choralar ularni to‘xtata olmaydi, nega deganda ular talonchilardir. Siz o‘g‘rini uni qamoqqa tiqmasdan yoki u o‘g‘rilikni sodir etishi mumkin bo‘lgan hududdan qandaydir izolyatsiya qilmasdan turib, to‘xtata olmaysiz. Bu o‘g‘rilar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak. Ularni mintaqadan quvib chiqish lozim, bu yagona usul. Suriya hukumati holat normallashishi uchun Suriyaning har bir qismini nazoratda ushlashi darkor.

- Idlibdagi vaziyatni qanday baholaysiz? Suriya u yerdan terrorchilarni quvib chiqish muammosiga qay tarzda yechim topmoqchi? Sizningcha, u yerdagi terrorchilar soni qancha bo‘lishi mumkin?

- 2013-yildan biz terrorchilar tomonidan aholisi yoki shaharlarining kattagina qismi nazoratga olingan regionlarga nisbatan muayan ish metodologiyasini qabul qildik. Biz ularga qurolni tashlash evaziga hukumatdan amnistiya imkoniyatini taqdim etmoqdamiz. Bu Suriyaning ko‘plab viloyatlarida ish berdi. Ammo agar tinchlikka intilmasak, biz masalani harbiy yo‘l bilan hal qilishga majbur bo‘lamiz, 2013-yildan boshlab ozod etgan barcha hududlarda aynan shunday bo‘lgan. Bu metodologiya milliy murosa ro‘y bergan va jangarilar suriyaliklar bo‘lgan tumanlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ammo Idlib - bu boshqa holat: Suriyadagi aksariyat chet ellik terrorchilar aynan o‘sha joyda to‘plangan, shu bois, ular yoki Turkiyaga qarab chekinishlari - ular Suriyaga o‘sha yerda yoki uni hududi orqali kelishgan, - yoki o‘z davlatlariga qaytishlari yoki Suriyada jon taslim qilishlari kerak.

Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

- Yevropaga qaytishaptimi? 

- Asosan Yevropaga. Ularning ayrimlari Rossiyadan, arab mamlakatlaridan, dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelishgan. Bu jihodchilarning barchasi jang qilish uchun Suriyaga kelishni xohlagan.

- Hozirda bu hudud nazorat ostida, rus, turk, ba’zan amerikaliklarning hamkorlikdagi operatsiyalari o‘tkaziladigan bir sharoitda. Sizningcha, bu hamkorlik samaralimi? Bu tajribadan kelajakda qay yo‘sinda foydalanish mumkin?

- Yo‘q, men buni oddiy bir sababga ko‘ra, samarali deb hisoblamayman: agar bu samarali bo‘lganida, biz yaqinda Aleppo va Idlibning ko‘plab hududlarida harbiy harakatlarni boshlashga majbur bo‘lmas edik, chunki turk rejimi terrorchilarni ushbu hududni tark etishga ko‘ndirib, suriya armiyasi, suriya hukumati va muassasalariga uni nazorat ostiga olishga imkon berishi kerak edi, ammo ular bunday qilmadi.

Blokposti siriyskoy armii na trasse Damask-Aleppo (M5) v provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Jangarilar Idlibdagi patrulga qarshi mahalliy aholidan iborat "jonli devor" bilan chiqdi

Har safar ular bir xil majburiyatni o‘z zimmasiga oladilar, ammo berilgan va’da va majburiyatlarning birortasini shu vaqtgacha bajarishmadi. Shu bois, men bu hamkorlik samarali bo‘ldi, deya aytolmayman. Keling, kuzataylik. Ularning terrorchilarga ular shimoldagi Idlib M4 trassasidan ketishlari uchun bosim o‘tkazishga imkoniyatlari bor. Bu ularning Rossiya tomoni bilan tuzilgan oxirgi majburiyatidir, ammo ular buni hozircha bajarganicha yo‘q. Keling, kutamiz va kuzatamiz.

- Isroil bilan dushmanona harakatlarni to‘xtatish ma’nosida muzokaralarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqapsizmi? Yaqinda ba’zi arab davlatlari amalga oshirgani singari Suriya ham kelajakda Isroil bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatishi mumkinmi?

- Bizning bu boradagi pozitsiyamiz to‘qsoninchi yillarda tinchlik muzokaralari boshidanoq aniq edi. Ya’ni o‘ttiz yil muqaddam, biz o‘shanda Suriyadagi tinchlik - bu bizning huquqlarimiz haqida deb aytganmiz. Bizning huquqimiz - bu bizning yerimiz. Isroil bilan munosabatlarimiz normallashishi mumkin, qachonki bizga yerimizni qaytarib berishsa. Bu juda oddiy. Isroil shunga tayyor bo‘lsa, buning imkoni bo‘ladi, hozir esa u tayyor emas. U hech qachon tayyor ham bo‘lmagan: biz isroil rejimida tinchlik sari bir qadam qo‘yishga tayyor bo‘lgan birorta rasmiy shaxsni hech qachon ko‘rmaganmiz. Shu bois, nazariy jihatdan ha, ammo amaliyotda hozircha yo‘q.

- Meni boshqa arab davlatlarining Isroil bilan munosabatlari normallashuvi Suriya va Isroil o‘rtasida muzokaralar boshlanishiga turtki bo‘ladi, deb tuyulgan edi. Ammo, tushunishimcha, bunday muzokaralar yo‘q, shundaymi?

Zasedanie Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

- Mutlaqo hech qanday muzokaralar yo‘q, hech narsa yo‘q.

- Siz qurolli kuchlaringiz kuchaytirilishi haqida aytgan edingiz. Buning uchun qandaydir to‘siqlar mavjudmi?

- Yirik loyihalar haqida gapirar ekansiz, sizda hamisha to‘siqlar bo‘ladi. Ammo siz ularni yengishingiz mumkin. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Ba’zida bu moliyaviy to‘siq bo‘lishi mumkin, ba’zida bu ustuvorliklarga tegishli bo‘lishi mumkin, ba’zan esa yerdagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Bu yagona to‘siq. Qolganida - yo‘q, bizda hech qanday to‘siq yo‘q. Biz shu yo‘nalishda oldinga harakat qilyapmiz, ammo buning uchun vaqt kerak. Bu vaqtga bog‘liq masala, xolos.

- Ayrim xalqaro o‘yinchilarning aytishicha, ko‘plab g‘arb hukumatlari, va ehtimol, biznes uchun Eronning Suriyadan chiqishi  mamlakatning iqtisodiy tiklanishi hamda Suriya hukumat bilan hamkorlik uchun dastlabki shart hisoblanadi. Suriya bunga rozi bo‘ladimi? Damashq Erondan mamlakatdan ketishni so‘raydimi, agar shunday bo‘lsa, qachon?

Jenshina idet vdol steni zdaniya bivshego posolstva SShA v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston
Eronga qarshi sanksiyalar: AQSh fikri. Noto‘g‘ri fikri

- Birinchidan, bizda eron kuchlari yo‘q va bu mutlaqo ayon. Ular Suriyani qo‘llab-quvvatlaydilar, qo‘shinlarimiz bilan yerda ishlaydigan, Suriya armiyasi bilan birga bo‘ladigan harbiy ekspertlarni yo‘llashadi. Keling, aniq bir misolni ko‘raylik: bir yilcha oldin amerikaliklar rossiyaliklarga "eronliklarni isroilliklar tomonidan okkupatsiya qilingan Golan tepaliklari chegarasidan 80 kilometrga siljishga ko‘ndirish" to‘g‘risida murojaat qilishadi. U yerda eronning hech qanday harbiylari bo‘lmagani bilan, eronliklar o‘zlarini juda xush tutishdi, ular: "Yaxshi, eron personali bu liniyadan janubroqda bo‘lmaydi", deb javob qaytarishdi. Amerikaliklar, agar shu masalada kelishuv bo‘lsa, u holda ular Suriyaning Iroq bilan chegaradagi okkupatsiya qilingan sharqiy qismidan, ya’ni at-Tanfdan qo‘shinlarni chiqarishni ma’lum qilishdi. Ammo hech narsa yuz bermadi, ular (amerikaliklar) ketishmadi. Shunday ekan, Eron masalasi - bu Suriya yerini okkupatsiya qilish va terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun bahona. U real maqsadlarni yashirish maqsadida, niqob sifatida ishlatiladi. Ular o‘z aytganini bajarishlari uchun yagona yo‘l - bu Suriya Qo‘shma Shtatlar marionetka-mamlakatiga aylangandagina ro‘y berishi mumkin.

Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Ular ham aslida shuni istaydi. Ularning qolgan barcha gaplari - yolg‘on va uydirma ayblovlardir. Amerikaliklar o‘z hatti-harakatlarini o‘zgartirishni istamas ekan, ular bilan qandaydir masalaga yechim topish imkonsiz, deb o‘ylayman.

-So‘nggi savol. Siz faxrlanadigan narsa? Amalga oshirgan yoki amalga oshirmagan qanday ishingizdan afsuslanasiz?

- Urush davridagimi?

- Prezidentlik lavozimida bo‘lgan vaqtingizdagi.

Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Kreml Erdo‘g‘ondan Asadni ag‘darish haqidagi bayonoti uchun izoh kutmoqda

- Bunda siyosat va uning hayotga tatbiq etilishi o‘rtasidagi farqni ko‘ra bilish lozim. Siyosatga keladigan bo‘lsak, avval boshdan biz Suriya xalqiga quloq tutishni istashimizni aytganmiz, shu uchun ham, 2012-yilda konstitutsiyani isloh qildik. Terrorchilarga qarshi kurashmoqchiligimizni aytdik, oradan o‘n yil o‘tib ham bu bilan shug‘ullanishda davom etapmiz. Biz mustaqilligimizni asrab qolishimiz kerakligini aytdik – milliy mustaqilligimizni. Biz bu uchun kurashayapmiz va biz do‘stlar bilan ittifoq tuzishimiz lozim. Bu siyosatga keladigan bo‘lsak, meni fikrimcha, biz haq edik. G‘arbga bo‘lgan ishonchsizlik borasida to‘xtalsak, ko‘plab frontlarda biz haq edik. Siyosatning amalga oshirilishi haqida aytadigan bo‘lsak, gap taktika, shuningdek, ular xato bo‘lgan, deyishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab narsalar haqida bormoqda. Masalan, murosaga urinish holatlari to‘g‘ri bo‘lganmidi? Men bu haqda aytayotganim boisi, ko‘plab hududlarda amnistiya qilingan insonlar qonun bo‘yicha yashashni istamadilar. Shu bois, siz buni noto‘g‘ri bo‘lgan, deb aytishingiz mumkin, ammo aslida murosa bu o‘ta muhim qadam bo‘lgan edi. Shu bois, biz siyosat bobida nohaq edik, deb o‘ylamayman. Hayotga tatbiq etilishi sohasida esa hamma joyda ko‘plab xatolar bor, ba’zan bu xatolarga kunda yo‘l qo‘yiladi.

- Janob prezident, bizning vaqtimiz tugab bormoqda. Sizga yana bir bor ochiq va uzoq intervyu uchun tashakkurimni bildiraman! 

- Rahmat! Suriyaga kelganingiz uchun rahmat.

- Sizga katta rahmat.

Yangiliklar lentasi
0