Bashar Asad Suriya nima uchun kurdlarga yordam berayotganini tushintirdi

Obuna bo‘lish
Suriya prezidenti aytishiga qaraganda,  Idlib uchun bo‘layotgan janglar – bu Suriya hududida tinchlik o‘rnatish va terrorchilikka barham berishning kalitidir.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad Idlibda harbiylar bilan uchrashdi va nima sababdan Suriya kurdlarga yordam berishga qaror qilganini tushintirib berdi.

Suriya prezidenti aytishiga qaraganda, Suriya hukumati ushbu qarorni Turkiya mamlakat shimoliga qo‘shinlarini kiritishni boshlagan kunidayoq qabul qilgan. Suriya hukumatining o‘zi mamlakat shimolidagi Turkiyaga qarshi kurashayotgan barcha kuch vakillari bilan bog‘lanib ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirishgan.

“Bu nafaqat siyosiy qaror,  balkim konstitutsiyaviy va vatanparvarlik majburiyati. Biz shunday qilmaganimizda, ushbu yerda yashashga loyiq bo‘lmasdik”, - dedi Asad.

Suriya prezidenti aytishiga qaraganda, Idlib uchun bo‘layotgan janglar – bu Suriya hududida tinchlik o‘rnatish va terrorchilikka barham berishning kalitidir. Asad Suriyaning barcha hududlari bir xil darajada muhim ahamiyatga ega ekanini, lekin harbiy zarurat tufayli ayrim hududlarga kattaroq ahamiyat berilayotganini xabar qildi va Turkiyani bosqinchi deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr kuni Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” nomli harbiy operatsiyani boshlagan edi.

Turkiyaning ushbu harakatini dunyodagi ko‘plab mamlakatlar qoralab chiqishdi. Rossiya ushbu borada Turkiya Suriya hukumati bilan muzokaralar olib borishi kerak deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0