Lavrov va Kerri Jenevada Suriya bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

© Sputnik / Eduard Pesov / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari Sergey Lavrov (o‘ngda) va AQSh davlat kotibi Jon Kerri
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov (o‘ngda) va AQSh davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Jenevaning "Prezident Uilson" otelida muzokaralarni boshladilar.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Lavrov va Kerri bu galgi uchrashuvda terrorchilarga qarshi Suriyada olib borilayotgan urushda koordinatsiyani yo‘lga qo‘yish haqida muzokara o‘tkazadilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya TIV rahbari S.Lavrovning AQSh Davlat kotibi Dj.Kerri bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Kerri Lavrovni 39 yoshi bilan tabriklab, "o‘zingdan kattalarni hurmat qil" deya uqtirdi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri va AQSh Davlat kotibi o‘rtasidagi muzokaralar Jenevadagi "Prezident Uilson" otelida bo‘lib o‘tayotgani ma’lum. "Bino tongdan buyon politsiyachilar va xavfsizlik xizmati tomonidan o‘rab olingan", — deyiladi xabarda.

"Bu uchrashuv biror bir hujjat ishlab chiqilishiga asos bo‘la oladimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum, ammo Lavrov va Kerrining bu galgi uchrashuviga rossiyalik va amerikalik diplomatlar va harbiylarning birgalikdagi faol faoliyati turtki bo‘lgan", — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lavrov va Kerri Suriyada tinchlik tartibini ushlab turish va siyosiy jarayonni ishga tushirish masalalarini ko‘rib chiqadilar. Tomonlar Turki-Suriya chegarasida rasmiy Anqara tomonidan amalga oshirilgan operatsiya masalasini ham ko‘rib chiqishlari ehtimoldan holi emas.

Bundan sal oldin Vashington Rossiya va Eronni kimoviy quroldan foydalanganligi uchun "Suriyani javobgarlikka tortishga" chaqirgan edi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: G‘arb har borada Rossiyani ayblashga urinyapti

Sergey Lavrov esa Vashingtonning talabiga javoban Amerikaga Suriyada tinchlik jarayoni bitimiga amal qilmaganligini eslatib qo‘ydi: "Ularga oynaga yaxshiroq qarab, yanvar oyidan buyon berib kelayotgan va’dalarining ustidan chiqishni maslahat beraman. Amerika oppozitsiyani terrorchilardan ajratib olsin oldin. Ular bunday qila olmaydi — chunki yo qo‘lidan kelmaydi yoki istashmayapti"

Yangiliklar lentasi
0