Maduro COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlanish istagini bildirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Venesueli Nikolas Maduro
Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venesuela prezidentining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining klinik sinovlarida uning o‘g‘li va opasi ishtirok etadi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ommaviy emlanish vaqtida koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining klinik sinovlarida uning o‘g‘li va opasi ishtirok etadi.

“O‘g‘lim Nikolas Maduro Guerra menga Rossiya vaksinasi bilan emlanish, sinovlarida ishtirok etishga qaror qilganini ma’lum qildi”,  -dedi u Twitter᾽da efirga uzatilgan chiqishi paytida.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro i prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Venesuela prezidenti “Sputnik V” vaksinasi uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

U opasi Mariya Teresa Maduro ham Rossiya vaksinasi sinovlarida ishtirok etishi va emlanishini qo‘shimcha qildi.

“Ommaviy emlanish boshlanishi bilan birinchi bo‘lib emlanaman”, - dedi Maduro.

2 oktabr kuni Rossiya Venesuelaga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu Rossiya vaksinasining uni Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin klinik sinovlarini o‘tkazadigan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Uning sinovlarida ikki ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Veneueliklarni emlash yaqin kunlarda boshlanadi. Mamlakatning ijro etuvchi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Venesuela “Sputnik V”ni o‘z hududida ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0