Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

© Sputnik / Aleksei Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii
Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Toyib Erdo‘g‘on Suriya bo‘yicha muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldilar.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik. Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari chorshanba kuni Suriyaga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan neft daromadlarining noqonuniy egallab olinishi va topshirilishini ma’qullamasliklarini bildirdilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘onning tegishli bayonoti Kreml saytida e’lon qilingan.

Neftanie tankeri u prichala - Sputnik O‘zbekiston
Neft urushida AQSh Rossiyaga qanday yordam berdi?

Eslatib o‘tamiz, bugun uch davlat prezidentlari video-sammit o‘tkazdilar. Uchrashuv Tehronda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli qoldirildi.

"Bizning uchligimiz mojarodan keyingi davrda Suriyada iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tiklash, qochqinlar va majburiy ko‘chirilganlarning qaytishi uchun ko‘p ish qilishi mumkin. Koronavirus infeksiyasining tarqalishi sharoitida bizning gumanitar yo‘lda sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirish yanada dolzarb bo‘lib qolmoqda", - dedi Rossiya prezidenti.

"Men Suriyada tinchlik, tartib va ​​xavfsizlikning imkon qadar tezroq o‘rnatilishini istardim. Biz Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va mojaroni uzoq muddatga hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz", -dedi Erdo‘g‘on.

Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Toyyib Erdo‘g‘on Suriya bo‘yicha muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib oldilar.

“(Prezidentlar) o‘zaro kelishuvlar asosida uch tomonli muvofiqlashtirishni kuchaytirish tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar", - deyiladi chorshanba kungi uch mamlakat prezidentlarining videokonferensiya yakuniy bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0