Yaqinda Vilnyusda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tixanovskayaning aytishicha, fransuz yetakchisi "belaruslarni erkinlik uchun kurashda qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatdagi siyosiy inqirozni bartaraf etishda yordam berish uchun barcha ishni amalga oshirishga va’da bergan".
Germaniya kansleri Angela Merkel ham shunga o‘xshash pozitsiyani egalladi. Merkel Belarus saylovlari natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi va Tixanovskaya bilan uchrashish istagini bildirdi.
Belarusdagi to‘ntarishga umid bog‘lab va Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlab, YeI mamlakatlari yetakchilari "amerika kun tartibi bo‘yicha harakatlanishmoqda", deb hisoblaydi siyosatshunos Sergey Markov.
Uning ta’kidlashicha, bularning barchasi - Rossiyaga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotganini payqash qiyinmas.
"Nega Merkel va Makron Rossiya bilan muloqotni tobora yaxshilash g‘oyasiga xoinlik qilib, kuch ssenariysi, xususan, Belarusdagi to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlash va Navalniy zaharlanishi voqeasidan foydalanib Kremlni rasvo qilib ko‘rsatishga umid bog‘lashmoqda? Bu Merkel va Makronning dahshatli xatosidir va ozod Yevropa g‘oyasiga xoinlik qilish YeIdagi xavfsizlik va taraqqiyotning barbod bo‘lishiga olib keladi", - deya qayd etdi Markov.
Ekspertning to‘liq izohini radiopodkastda rus tilida tinglang.