Kerri: Suriyada urush barham topishi uchun Bashar Asad prezidentlikdan ketishi kerak

Obuna bo‘lish
Toki Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat tepasida qolar ekan, Suriyadagi urushga barham berib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Toki Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatni boshqarishda davom etar ekan, Suriyadagi urushni to‘xtatishning iloji bo‘lmaydi, deb hisoblaydi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.

Kerri: AQSh Buyuk Britaniya YeI tarkibida qolishidan manfaatdor

“Juda ko‘plab odamlar Asad Suriya hukumati tepasida qolsa, tinchlikka erishib bo‘lmasligi haqida gapirmoqda. Urush barham topishi uchun u prezidentlikdan ketishi kerak, aks holda biz tinchlik o‘rnata olmaymiz” — dedi Kerri, Munxenda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik bo‘yicha anjumanda nutq so‘zlar ekan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Munxenda xavfsizlik bo‘yicha an’anaviy anjuman o‘tkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari o‘rtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0