Bayden Trampni AQSh tarixidagi eng yomon prezident deb atadi

© AP Photo / Julio CortezPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umuman olganda, Donald Tramp va Jo Baydenning jonli efirdagi birinchi munozaralari o‘zaro bir-birini gapini bo‘lish va ayblovlardan boshlandi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden birinchi munozaralar chog‘ida amaldagi prezident Donald Trampni mamlakat tarixidagi eng yomon prezident deb atadi. Amerika markaziy telekanallari nomzodlar munozaralarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi.

Baydenning fikriga ko‘ra, hech kim Trampga qaraganda davlat rahbari majburiyatlarini yomonroq uddalamagan.

“Siz Amerika tarixida bo‘lgan eng yomon prezident”, - dedi Bayden.

Umuman olganda, munozaralar o‘zaro bir-birini gapini bo‘lish va ayblovlardan boshlandi. Tramp bir necha marta Baydenga gapini oxirigacha aytishga qo‘ymadi, shundan keyin Bayden undan ovozini o‘chirishni so‘radi.

AQSh prezidenti saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unga qadar prezidentlik kursisiga asosiy da’vogar Donald Tramp va Jo Bayden jonli efirda yana ikki marta yuzlashishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0