TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining bir necha yildan buyon Suriya hududida olib borayotgan operatsiyasi ideal harbiy yo‘ltanlamas avtomobilini yaratishga yordam berdi, deb yozmoqda Avtovzglyad.
Yaqninda Moskvada bo‘lib o‘tgan "Armiya-2020" harbiy texnika forumida Rossiya harbiy sanoatchilari "Tigr" zirhli avtomobilining yangi versiyasini namoyish qildi. Ushbu avtomobilni yaratishda Suriyada orttirilgan harbiy tajribadan keng foydalanilgan.
Xususan, yangi "Tigr" po‘lat zinapoya, plastik qanot va yangi yoritish chiroqlari, qo‘shimcha zirhli himoya va zavodda o‘natilgan videregistratorlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, avtomobilga Xitoyda ishlab chiqilgan 3 pog‘onali avtomat korobka hamda Yaroslavlda ishlab chiqarilgan 240 ot kuchiga ega bo‘lgan YaMZ-534 turbodizel dvigateli o‘rnatildi.
Undan usti va yonlari ochiq, "baggi" ko‘rinishidagi varianti ham ishlab chiqilgan. Uning eshiklari o‘rniga brezent matodan parda o‘rnatilgan. Injenerlar aytishiga ko‘ra, ushbu avtomobil Suriyadagi jangovor tajribadan kelib chiqqan holda, harbiylar talabiga muvofiq yasalgan. Avtomobildan razvedka-shturm harakatlarni amalga oshirishida, dushman hudududi ichkarisiga kirishda foydalanish mumkin.
Avtomobil 5 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, yo‘lovchilarning har biri uchun alohida xavfsiz o‘rindiq o‘rnatilgan. 12,7 millimetrli KORD pulemoti, 7,62 millimetrli "Pecheneg" nomli qo‘l pulemotlari hamda RPB va PZRK tizimlari o‘rnatilgan.
Avtomobilni ko‘zdan kechirgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Shoygu uni yaqinda bo‘lib o‘tadigan "Kavkaz-2020" qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.