Kreml Erdo‘g‘ondan Asadni ag‘darish haqidagi bayonoti uchun izoh kutmoqda

Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘onning so‘zlari 1-dekabr kuni Sergey Lavrov va Mevlyut Chavushog‘lu uchrashuvida muhokama qilinadi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik.  Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘onning Suriya yetakchisi Bashar Asadni ag‘darish haqidagi so‘zlari Moskvaning Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha tutgan pozitsiyasiga mos emas. Kremldagilar Anqara ushbu bayonot bo‘yicha izoh berishiga umid qilmoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Erdo‘g‘on Anqara Asad hokimiyatiga nuqta qo‘yish uchun Suriyada harbiy operatsiya boshlaganini aytgandi.

Suriyadagi harbiy harakatlar - Sputnik O‘zbekiston
Turk armiyasi Asadni taxtdan ag‘darish uchun Suriyaga kirdi - Erdo‘g‘on

Erdo‘g‘onning bayonoti "haqiqatan yangilik bo‘ldi", dedi Peskov. "Bu juda jiddiy bayonot. Bu bayonot ilgarigi bayonotlarga va bugungi vaziyatni bizning nuqtayi nazarimiz bo‘yicha baholashga ham zid", — dedi u. Matbuot kotibi Suriya hududida qurolli kuchlari qonuniy asosda faoliyat olib borayotgan yagona davlat bu Rossiya ekanligini eslatdi. "Buni yodda tutish juda muhim", — ta’kidladi u.

Kreml vakili shuningdek, Erdo‘g‘onning so‘zlari Rossiya-Turkiya munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida gapirishga hali erta ekanligini bildirdi.

"Bu yangi bayonot bo‘ldi. Shuning uchun biror fikr yuritishdan oldin mazkur pozitsiyani aniqlab olishimiz lozim", — dedi Peskov.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov Erdo‘g‘onning so‘zlari 1-dekabr kuni Sergey Lavrov va Mevlyut Chavushog‘lu uchrashuvida muhokama etilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0