TOSHKENT, 15 mar – Sputnik. Rossiya-Turkiya hamkorligida Idlibda amalga oshirilgan birinchi patrul marshruti bosqinchilik uyushmalari tomonidan uyushtirilgan fitnalar tufayli qisqartirildi.
Maʼlum qilinishicha, jangarilar mahalliy aholidan "jonli devor" sifatida foydalangan.
Yakshanba kuni Suriyadagi M4 trassasining ziddiyat kuchaygan boʻlagida ilk marta Rossiya-Turkiya qoʻshma patruli amalga oshirildi.
"Hamkorlikdagi patrul marshruti Turkiya nazorati ostida boʻlmagan bosqinchilik uyushmalari tomonidan rejalashtirilgan fitnalar tufayli qisqartirildi. Oʻz fitnalarini amalga oshirish maqsadida terrorchilar tinch aholi, shu jumladan ayollar va bolalardan "jonli devor" sifatida foydalanishga harakat qilishgan", - deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, tinch aholi jabrlanishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldini olish maqsadida Rossiya-Turkiya qoʻshma koordinatsiya markazi tomonidan hamkorlikdagi patrul marshruti davomiyligini qisqartirish qarori qabul qilingan.