Rossiyada vaksina necha pul turishi ma’lum bo‘ldi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinaning narxi mamlakat ichida eng arzon bo‘ladi. Xorijiy davlatlarda uning narxi referes stavka asosida belgilanadi.

TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Vaksinaning bitta dozasining narxi 1000 rubldan oshmaydi, deb e’lon qildi Federal monopoliyaga qarshi qo‘mita raisi Igor Artemyev.

“Biz vaksina arzon bo‘lmasligini tushunamiz, chunki hozircha ishlab chiqarish hajmi kichik, o‘rtacha ming rubl atrofida”, - dedi Artemyev.

Monopoliyaga qarshi qo‘mitas rahbarining so‘zlariga ko‘ra vaksina narxini belgilashda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan vaksinalar narxlari bilan muvofiqlashtiriladi, lekin Rossiyada uning narxi 1000 rubldan ortiq bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan dunyoda birinchi vaksina Rossiyada 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi. Gamaleya nomidagi Markaz tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina “Sputnik V” 2021-yilning 1-yanvaridan savdoga chiqrilishi kutilmoqda.

Undan tashqari Rossiyada hozir “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar markazi tomonidan ham ishlab chiqarilayotgan vaksinaning 2 bosqich sinovlari yakuniga yetay deb qolgan. Uni ishlab chiqarish noyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0