Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

© Press-slujba prezidenta Sirii Bashara Asada / Sputnik / Mediabankka o‘tishPrezident Sirii Bashar Asad
Prezident Sirii Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bashar Asad aytishiga qaraganda, AQSh Suriyaga bostirib kirishda o‘z taktikasini o‘zgartirgan. Ular o‘z qurolli kuchlari o‘rniga boshqa kuchlardan foydalangan.

TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Suriya urushi bu – uchinchi jahon urushining kichik modeli, deb  hisoblaydi Bashar Asad. AQSh Suriyaga kirib kelishining asl maqsadi - bu neft konlarini bosib olish, deydi Suriya prezidenti. RT xabariga asosan. 

Dunyoda Ikkinchi jahon urushi yakunida o‘rnatilgan tartib Sovet Ittifoqi tugashi bilan o‘z kuchini yo‘qotdi. AQSh o‘zini yakkahokim hisoblab, boshqa davlatlardan istagan narsasini tortib ola boshladi – neft, oltin, pul va siyosiy huquqlarini.  

“Dunyoda Ikkinchi jahon urushi yakunida o‘rnatilgan tartib Sovet Ittifoqi tugashi bilan o‘z kuchini yo‘qotdi. AQSh o‘zini yakkahokim hisoblab, boshqa davlatlardan istagan narsasini tortib ola boshladi – neft, oltin, pul va siyosiy huquqlarini. Lekin bir qutbli dunyo modeli endi ishlamaydi. Dunyoda yangi kuch markazlari paydo bo‘lmoqda – Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqalar”, - dedi Suriya prezidenti.

“Shuni unutmangki, AQSh butun dunyo bilan urush olib bormoqda. Dunyoga hokimlik qilishda ular hech kimni tan olmaydi. Hatto – Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa yirik davlatlarni”,  - deydi Suriya prezidenti.

Bugungi kunda AQShning asosiy muammosi – ular o‘z kuchini yo‘qotayotganini his qilishmoqda. Bir necha davlatlar AQSh gegemonligiga “yo‘q” deyishmoqda va Vashington Rossiya, Eron va Suriyaga qarshi kurashishga bel bog‘lagan. AQSh o‘zining yakkahokimligiga qarshi  bo‘lgan har qanday davlat, hatto o‘zining G‘arbdagi ittifoqchilariga ham qarshi kurashishga tayyor, deydi Suriya prezidenti.

Udari rossiyskix Vozdushno-kosmicheskix sil po kolonnam benzovozov - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi AQSh Suriyada neft kontrabandasi bilan shug‘ullanishini isbotladi

Asad aytishiga qaraganda, Iroqqa o‘z qurolli kuchlari bilan kirib kelgan AQSh ko‘p yo‘qotishlarga duch kelgan. Shundan so‘ng AQSh boshqa mamlakatlarga bostirib kirishda o‘z taktikasini o‘zgartirgan.

“Ular Afg‘onistonga bostirib kirishdi – hech narsaga erisha olishmadi, Iroqqa bostirib kirishdi – natija bo‘lmadi. Keyin ular boshqa mamlakatlarga bostirib kira boshlashdi, lekin boshqacha taktika bilan”, - deydi Asad.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Bashar Asad AQSh prezidenti Donald Trampni – so‘nggi vaqtdagi prezidentlar orasida eng yaxshisi degan edi. Bunga sabab Donald Trampning ochiq siyosat olib borishi, asl maqsadini yashirmasligi degan edi Suriya prezidenti.   

“Haqiqiat shundaki, AQSh prezidentlari bu – o‘z lobbilari manfaati yo‘liga xizmat qiluvchi bir guruh jinoyatchilar. Ular orasida neft kompaniyalari va qurol ishlab chiqaruvchilar lobbilari bor. Shunday ekan, bizga ochiq raqibdan boshqa kim kerak ?”, - degan edi Bashar Asad.

Yangiliklar lentasi
0