Belarusga “Sputnik V” vaksinasi birinchi partiyasi yetkazib berildi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishPervaya v mire vaksina ot koronavirusa
Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) Belarusga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) Belarusga koronavirusga qarshi “Sputnik V”  vaksinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Ko‘ngillilarga emlash 1-oktabrdan boshlanadi.

Belarus Rossiyada ro‘yxatdan o‘tganidan keyin “Sputnik V”   vaksinasini klinik sinovlarini boshlagan birinchi mamlakat bo‘ldi.

"1 oktabr kuni Belarus Respublikasi “Sputnik V”   vaksinasini ko‘ngillilarga emlashni boshlaydi. RFPI 100 kishi ishtirokidagi ushbu klinik sinovni moliyalashtiradi", deyilgan xabarda.

Klinik sinovlar Belaruning ilmiy markazlari sifatida tanlangan 8ta tibbiyot muassasalarida o‘tkaziladi. Belarusning ikkita klinikasi vaksinaning birinchi partiyasini qabul qildi.

“Sputnik V” vaksinasining shu kabi klinik sinovlarini o‘tkazish boshqa qator mamlakatlarda, shu jumladan Braziliya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr va Birlashgan Arab Amirliklarida rejalashtirilgan.

RFPI rahbari Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya vaksinasi asosida bo‘lgan inson adenovirusi asosida vektor platformasi sog‘liq uchun xavfsizdir, o‘nlab yillar davomida 250 dan ortiq klinik tadqiqotlarda sinovdan o‘tgan. Shu o‘rinda, G‘arb vaksina  ishlab chiqaruvchilari uzoq vaqt davomida eksperimental, kam o‘rganilgan va sinovdan o‘tkazilmagan texnologiyalarga tayanib, klinik sinovlarida to‘siqlarga duch kelmoqda, bu esa preparatning fuqarolik muomalasiga kiritishni kechiktiradi va koronavirusga qarshi kurashga salbiy ta’sir qiladi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0