"Yanki, gou xoum!": Suriyada nimalar boshlandi

© Foto : Staff Sgt. Jacob ConnorAmerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya
Amerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy bazalar va patrullarga hujumlar, raketa zarbasi va kolonnalar yo‘nalishi bo‘ylab fugaslar portlatilishi - AQSh armiyasi harbiylari Suriyada o‘zini tobora noqulay sezmoqda

TOShKENT, 11 avg — Sputnik, Nikolay Protopopov. Hujumlar faqatgina terrorchilar uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgani yo‘q. Amerikaning Arab Respublikasida bo‘lishi yana kimga yoqmayotgani haqida RIA Novosti materialida o‘qing.

Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v siriyskoy provinsii Aleppo-Latakiya - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb birinchi marta ruslarning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatini tan oldi

Chor tomondan

Yaqinda Suriya shimoli-sharqidagi Xaseke provinsiyasida joylashgan AQSh noqonuniy harbiy bazasi raketa hujumiga duch keldi. Bu yerda, Al-Xasak shahridan oltmish kilometr janubda, amerikaliklar hujum va transport vertolotlari hamda samolyotlarini qabul qilish uchun aerodromni jihozlashgan. Suriya matbuotida berilgan xabarlarga ko‘ra, bazaga noma’lum qurollangan guruhlar hujum qilgan.

Suriyada so‘nggi oylarda amerikaliklarni muntazam o‘qqa tutishmoqda. Amerikaliklarda katta yo‘qotishlar bo‘lyapti. Mobil patrullar ayniqsa, "noma’lumlar" tomonidan uyushtirilayotgan hujumlar qarshisida zaif qolmoqda.

Suriyadagi mojaro: AQSh Rossiyaning “qo‘li qon” deb aytdi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qay tarzda Suriyani barbod qilmoqda?

Shunday qilib, may oyi oxirida Dayr az-Zor provinsiyasida AQSh armiyasi harbiy xizmatchilari va "Suriya demokratik kuchlari"  (SDK) guruhi jangchilari avtomobillar karvoniga avtomatlar, pulemotlar va granatalar bilan qurollangan otrad hujum qildi. Uch nafar amerikalik va besh nafar SDKning a’zosi jarohatlandi. 

Aprel oyida al-Xasake provinsiyasida qator hujumlar ro‘y berdi. Xususan, amerika harbiylari va SDK a’zolarini tashigan "Xammer" broneavtomobili "noma’lum shaxslar" tomonidan Ruvayshid qishlog‘i yaqinida o‘qqa tutilgan.

Bir necha kishi jarohatlangan. Dayr-az-Zordagiga o‘xshash hodisa oqibatida AQSh armiyasi zobiti va SDK jangchilari halok bo‘ldi. Yana bir hujumdan so‘ng ikki nafar harbiy xizmatchi izsiz yo‘qoldi — ular taqdiri hozirgacha ham noma’lum.

AQSh suriyaliklarni “ochlikdan o‘ldirish”ga uringani uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh suriyaliklarni “ochlikdan o‘ldirish”ga urinish uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi

Patrullar yo‘llarida ko‘pincha portlovchi qurilmalar ishga tushadi. Masalan, iyul oyida o‘sha Dayr-az-Zordagi Sabxa aholi yashash joyida avtomobil kolonnasi portlatib yuborildi. Ba’zan bunday hujumlar xudkushlar tomonidan minalashtirilgan avtomobillarda uyushtiriladi. O‘tgan yilning yanvar oyida amerikaliklar eng katta yo‘qotishni boshdan kechirdi: xudkush-terrorchi Suriya shimolidagi Manbijada piyoda patruli yaqinida fugasni portlatdi: ikki askar, AQSh Mudofaa xodimi va yollanma-jangchi halok bo‘ldi.

Pentagon Suriyadagi hujumlar haqidagi ko‘plab xabarlarni "feyk" deya, zo‘r berib rad etib kelmoqda.

Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi

Resurslar uchun kurash

Harbiy ekspert Yuriy Lyamin "RIA Novosti"ga bergan intervyusida amerika harbiy obyektlari va patrullariga AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan bosib olingan mahalliy qabilalar hujum qilishi mumkinligini aytdi.

"Bu Suriya shimoli-sharqida yashovchi arablar, — deya tushuntiradi Lyamin. — Hozirda ular ustidan amerikaliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurdlar hokimlik o‘rnatgan. Tabiiyki, odamlar norozi, ular hozirgi holatga keskin qarshilik bildirmoqda, ular region Damashq tomonidan boshqarilishi lozim, deb hisoblaydi. Turli besaranjomliklar shu tufayli yuzaga kelmoqda".

Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v Sirii  - Sputnik O‘zbekiston
Suriya kundaligi: Rossiya patrullariga hujumlar va AQSh faollashuvi

Shu bilan birga, ushbu qabilalar ko‘pdan ko‘p hollarda juda yaxshi qurollangan va tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘ladi.

"Mamlakatda fuqarolar urushi ko‘p yillardan buyon davom etmoqda, aholi qo‘lida keragidan ortiq qurol bor, - deydi Lyamin. - Nafaqat miltiqlar. Minomotlar, og‘ir pulemotlar va hatto Suriya va Iroqda juda keng tarqalgan Xitoy yoki Arabistonda ishlab chiqarilgan 107 millimetrli zalp bilan o‘t ochadigan yengil pulemotlar ham bor".

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, "Rossiya ofitserlari" tashkiloti ekspertlar kengashi a’zosi Aleksandr Perenjiyevning fikricha, Amerika harbiylariga uyushtirilayotgan hujumlar Suriyadagi tabiiy resurslar uchun koalitsiya o‘rtasidagi kurashning bir qismi ham bo‘lishi mumkin.

Amerikanskie voyennoslujashie v rayone naselennogo punkta Et-Tanf, Siriya - Sputnik O‘zbekiston
Qochqin jangari amerikaliklar Suriyada "ID" bilan hamkorlik qilayotganini aytdi

"Bu lo‘nda qilib aytganda, talonchilar o‘rtasidagi olishuv, — deya aniqlik kiritadi u. — Bir tomonda - Pentagon bo‘lsa, ikkinchi tomonda - xususiy harbiy kompaniyalar manfaatlarini ilgari suruvchi va xuddi shu terrorchilarni qurollantirishi mumkin bo‘lgan turli moliya-sanoat guruhlari mavjud".

Uning aytishicha, Pentagon ham Suriya o‘yinida mustaqil kuch emas, balki AQShdagi ba’zi guruhlarni taqdim qiladi. Bunday yashirin zarbalar esa Suriyadagi foydali qazilmalar uchun kurash kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

"Agar Suriya armiyasi hujum uyushtirganida, Pentagon buni darhol tan olgan bo‘lardi, — deya qo‘shimcha qiladi Perenjiyev. — Ammo "noma’lum otradlar" deyish orqali ular maxfiy, ichki urushni hammaga oshkor qilmayapti. Shu bilan birga, men aminmanki, amerikaliklar ularga kim zarba berganini yaxshi bilishadi".

Xalq nafrati

Amerikaliklar ustida muallaq turgan yana bir xavf - bu xalq qarshiligidir, uning asosiy maqsadi, prezident Bashar Asad ta’kidlaganidek, - Suriya hududlarini chet el okkupatsiyadan ozod qilish. Amerikaliklardan norozi bo‘lish uchun esa asoslar yetarlicha.

Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
"AQSh neftni o‘g‘irlamoqda, turklar esa Idlibga yurishmoqda": Suriyada nima boshlandi

Iyun oyida Xaseke provinsiyasi Tel-Abyad shahri aholisi o‘z bug‘doyining noqonuniy olib chiqib ketilishini oldini olish maqsadida, chegara o‘tish joyida piket uyushtirdilar. Hodisadan bir kun oldin Suriya TIV turk qo‘shinlari tomonida bo‘lgan jangarilar va AQShning ittifoqdosh jinoiy uyushmalari davlatdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida bir necha marotaba bug‘doy va boshqa donli o‘simliklar o‘sadigan dalalarga o‘t qo‘yishgani haqida bayonot bergan edi.

AQSh harbiy qo‘mondonligi va uning ittifoqchilari Suriya shimolidagi gumanitar vaziyatni qasddan murakkablashtirmoqda, ularning maqsadi aholini rasmiy hokimiyatga qarshi qayrash.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Suriya aholisi amerika askarlarini toshbo‘ron qildi - video

Ko‘pincha amerikaliklar aybi tufayli tinch aholi nobud bo‘ladi. May oyida AQSh askarlari Dayr-az-Zor provinsiyasida avtomobil haydovchisini otib tashlashdi — avtomobil go‘yoki "Konniko" neft koni yaqinidagi asosiy trassadan chiqqan. Harbiylar bu holatni tahdid, deya baholab, haydovchiga qarata ogohlantirishsiz o‘t ochgan.

Fevral oyida Qamishli shahri yaqinida suriyalik harbiy xizmatchilar kelishilmagan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan AQSh armiyasi kolonnasini to‘xtatib qoldilar. Shunda amerikaliklar mahalliy aholi bilan mojaroni keltirib chiqardi va natijada askarlar fuqarolarga qarata tartibsiz o‘q uza boshladilar. O‘shanda 14 yashar Feysal Holid Muhammad halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Faqatgina rossiyalik harbiylar aralashuvidan so‘ng mojaroni tinchlantirishga erishildi. Ruslar amerika avtokolonnasini joylashuv punktiga olib borib qo‘ydilar.

Yangiliklar lentasi
0