O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 22-23 mart kunlari Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi. Ostonada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.