Ostona - Toshkent: muz joyidan ko‘chdi

© Sputnik / Bolat ShayxinovNursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev
Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini "Karimov davridagi" bilan solishtirishga mahkum edi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga uyushtirgan birinchi rasmiy tashrifi davomida Nursulton Nazarboyev bilan birgalikda o‘zi bilib yoki bexosdan: Ostona va Toshkent munosabatlarida yangi sahifa boshlanmoqda, deya bot-bot ta’kidladi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Qozog‘iston bizning eng yaqin ishonchli qo‘shnimiz
Nashrga ko‘ra, bu "yangi sahifa" o‘tgan yilning sentabr oyidan beri, insult oqibatida mamlakatning Birinchi prezidenti Islom Karimov bevaqt vafot etganidan beri kutishayotgan edi. "Ammo tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tgan uchrashuvlar davomida Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev "do‘stlik va hamkorlik ko‘priklari" ikki xalq o‘rtasida O‘zbekistonning sobiq prezidenti davridayoq o‘rnatila boshlanganini ko‘p bor tilga oldilar", — deb yozdi nashr.

To‘siqlar yo‘q qilindi, imkoniyatlarga yo‘l ochildi

"So‘nggi vaqtlarda bizning munosabatlarimiz tamomila boshqacha rivojlana boshladi: o‘tgan yilning to‘rtinchi kvartali, yoxud so‘nggi besh oy ichida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi har bir tomondan 30%ga oshdi, — deb ta’kidladi Mirziyoyev bilan birgalikda o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng Nursulton Nazarboyev. — To‘rtta savdo uylari ochildi, biz tomondan 30 % ko‘proq don sotilgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomondan 25% ko‘proq meva va sabzavotlar import qilindi. Bularning barchasi O‘zbekistonning yangi rahbariyati savdo-sotiq uchun imkoniyatlarni keng ochgani va to‘siqlarni olib tashlagani tufaylidir", — deya qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: bugun deyarli milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda
Shu yerda bir voqeani eslamaslikning iloji yo‘q, deb yozadi nashr. Besh yil oldin Toshkentlik bir haydovchi uning qarindoshlari bog‘dagi gilosni terishni xohlamasligini, shu bois mevalar huzurini qushlar ko‘rayotganini aytib qolgan. "Ularning xohlamasliklariga sabab, gilosni qo‘shnilarga sotishning iloji yo‘q — ularning o‘z gilos daraxtlari bor, xorijga ham olib chiqolmaysiz — chunki olib chiqqani qo‘yishmaydi", — degan afsuslanib haydovchi. Shu o‘rinda nashr, qiziq, endilikda o‘sha haydovchining qarindoshlari bog‘idagi gilos mevalari qozoq bozorlarida paydo bo‘larmikin, degan savolni o‘rtaga tashlagan. Yoki o‘sha bog‘ egalari, besh oy oldin, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishini kutib o‘tirmasdan, bog‘dorchilikka qo‘l siltashga ulgurdimikin? Ammo, aytish joizki, Karimov davrida ham Ostona va Toshkent Markaziy-Osiyo regionida savdo-iqtisodiy hamkorlik tomonidan yetakchi o‘rinni egallar edi, deb qo‘shimcha qilgan nashr.

Qozog‘iston rahbarining ikkiyoqlama munosabatlar faqatgina yaxshilanayotgani haqidagi ta’kidi Mirziyoyev tomonidan ham ma’qullangan. "Regional hamkorlik o‘zining real hosilasini berapti. Biz siz bilan tor doirada kelishgandek, biz bu munosabatlarni faqat kengaytiramiz", — deb aytgan Mirziyoyev.

Xavfsizlik — eng muhim masala

O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiyot va transchegaraviy darolar masalasini muhokama qilish bilan chegaralanmadi, deb yozadi nashr.

Ikki o‘rtadagi muzokaralar, 23-mart kuni bo‘lib o‘tayotgani tufayli, Londonda yuz bergan navbatdagi terakt haqida xabarlar tarqalgan.

Va shundan so‘ng muzokaralar regiondagi terrorchilik va ekstremizm kabi illatlarga qarshi turish masalalariga ulanib ketgan.

Londonda amalga oshirilgan terakt - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Londondagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi
Regiondagi xavfsizlik masalasi haqida ko‘proq Mirziyoyev gapirdi, deb yozadi nashr.

"Bizning bugungi uchrashuvimiz biz jahonda kuzatayotgan tezkorlik bilan o‘zgarayotgan vaziyatlar va noaniq murakkab jarayonlar fonida kechmoqda, deb aytgan Mirziyoyev. — Mana shunday murakkab vaziyatlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston vujudga kelayotgan tahdidlar va chaqiriqlarga o‘z vaqtida javob qaytarish va ularning oldini olish uchun umumiy yondashuv ishlab chiqishlari favqulodda muhim. Negaki bizning davlatlarimiz bizning katta mintaqamizda farovonlik va tinchlik saqlanib turishi uchun alohida javobgarlik olib boradilar. Biz bu haqda tor doiradagi uchrashuv vaqtida ham kelishib oldik — huquqni muhofaza qilish organlarimiz uchrashuvi haqida. Biz sotalarimizni vaqti-vaqti bilan solishtirib turishimiz juda muhim, chunki tahdidlar — jiddiy muammo va biz ularga qarshi yagona yondashuvni ishlab chiqishimiz lozim", — deb fikr bildirgan O‘zbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0