TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahrining 150 ta sanoat korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar bilan ko‘rgazmada ishtirok etishdi, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarining ko‘rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Jumladan, Toshkent shahri korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirilgan holda 18 mln dollardan ortiq eksport shartnomalari va kelishuvlari imzolandi.
Ko‘rgazmada 5000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, Janubiy-Qozog‘iston viloyatining 9 ta (Qoratau, Abay, Al-Forobiy, Yenbekshi, Tolebi, Sayram, Turkiston, Ordabasi, Otirar) tumanidan 3500 nafardan ortiq tadbirkorlar hamda Chimkent shahridagi korxonalardan 1500 dan ortiq ishtirokchilar va viloyatdagi 100 ga yaqin qurilish korxonalari rahbarlari tashrif buyurishdi.